16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 12:45
Jamiyat 👁 404

Prezident qarori bilan tadbirkor xotin-qizlar safi yanada kengayadi

Prezident qarori bilan tadbirkor xotin-qizlar safi yanada kengayadi

Mamlakatimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faol ishtirokini taʼminlash, tadbirkorlik salohiyatini roʻyobga chiqarish, kasb-hunar oʻrganishi va oliy taʼlim bilan qamrab olishini ragʻbatlantirish maqsadida tizimli va maqsadli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, soʻnggi yillarda ayollar manfaatiga qaratilgan islohotlar va qarorlar ularning jamiyatdagi oʻrnini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Shu maʼnoda, Prezidentimizning 2025-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qarori ayollar hayotida sifat jihatdan yangi bosqichni boshlab berdi. Mazkur qaror bilan xotin-qizlarning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirishga qaratilgan aniq vazifalar, maqsad va mexanizmlar belgilab berildi.

Qarorga muvofiq, 2025-yilda 2 million nafar xotin-qizning bandligini taʼminlash, 250 ming nafarini kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish, yana shuncha xotin-qizni oliy taʼlimga qamrab olish, 50 ming nafar ehtiyojmand xotin-qizni sanatoriylarda sogʻlomlashtirish va tadbirkorlik koʻnikmalariga ega qilish boʻyicha motivatsion seminarlar tashkil etish belgilandi.

Ayollarni tadbirkorlikka jalb qilish va yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida 2025-yil 1-may kunidan “HAMROH” dasturi doirasida “yashil loyihalar” va IT sohasidagi tashabbuslarni amalga oshirishga grantlar ajratish yoʻlga qoʻyildi. Jumladan, kamida 5 nafar xotin-qizning tadbirkorligini yoʻlga qoʻyishga koʻmaklashgan “ustoz” tadbirkorlarga 50 million soʻmgacha grant ajratiladi. Shuningdek, ijobiy kredit tarixiga ega boʻlgan xotin-qizlarga 100 million soʻmgacha garovsiz kredit berish tizimi joriy etildi.

Bundan tashqari, “Xalq banki” va Savdo-sanoat palatasi hamkorligida 2025-yil 1-iyulga qadar “Tadbirkor ayollar” platformasi ishga tushirilishi belgilangan. Bu platforma orqali xomashyo xarid qilish, mahsulotni bozorga chiqarish, mutaxassis topish va muammolarni hal etish imkoniyatlari yaratiladi. Platforma tijorat banklari, davlat organlari va manfaatdor tashkilotlar oʻrtasidagi axborot almashinuvini ham taʼminlaydi.

Shuningdek, 2025-yil 1-maydan boshlab Savdo-sanoat palatasi “Hamkor tadbirkor” dasturini amalga oshiradi. Dastur orqali oʻz biznesini boshlamoqchi boʻlgan xotin-qizlarga zarur koʻnikmalar beriladi, kooperatsiya asosida faoliyatni yoʻlga qoʻyish va elektron platformalarda mahsulot sotishga koʻmaklashiladi.

Tadbirkorlikni rivojlantirishda bosqichma-bosqich yondashuv ham yoʻlga qoʻyilgan. “Biznesga ilk qadam” bosqichida tashabbuskor xotin-qizlar aniqlanib, tadbirkorlikka oʻqitiladi. Keyingi bosqichlarda esa ularning kichik biznes loyihalariga koʻmaklashiladi, moliyalashtirish, bozorga chiqish, biznes-reja tuzish boʻyicha koʻnikmalar beriladi hamda aylanma mablagʻni 100 milliard soʻmgacha oshirish koʻzda tutilgan.

Amudaryo tumanida ham mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida Oila va xotin-qizlar boʻlimi, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bir qator amaliy chora-tadbirlar olib borilmoqda. Belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida va samarali bajarilishi tuman prokuraturasi tomonidan qatʼiy nazoratga olingan.

Tumanda bajarilayotgan ishlarga nazar tashlasak, Durunki mahallasida yashovchi Sevara Xudoyberganova “Ayollar daftari”ning II toifasiga — tadbirkorlik qilish istagida boʻlgan ehtiyojmand xotin-qizlar qatoriga kiritilib, 30 million soʻmlik kredit mablagʻi asosida oʻz tomorqasida issiqxona faoliyatini yoʻlga qoʻydi va shu orqali oʻzini oʻzi band qildi.

Shuningdek, Olmazor mahallasidan Dildora Matsapayeva ham yuqoridagi qaror asosida 30 million soʻm kredit olib, tikuvchilik faoliyatini boshladi. Ushbu mahallada yashovchi Muqaddas Ibodullayeva esa 50 million soʻm kredit evaziga issiqxona tashkil etgan holda, oʻz tomorqasidan samarali foydalanib, daromad manbaini yaratdi.

Taʼkidlash joizki, yuqoridagi qaror bilan belgilangan vazifalar joriy yilda ayollarning jamiyatdagi oʻrnini mustahkamlash, iqtisodiy va ijtimoiy faolligini oshirish, tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni yangi bosqichga olib chiqadi. Bunda davlat va nodavlat tuzilmalarning birgalikdagi harakatlari, zamonaviy moliyaviy yechimlar, taʼlim va psixologik qoʻllab-quvvatlash kabi omillar ayollarning faol hayotga yanada kengroq jalb etilishiga zamin yaratadi. Bu yoʻlda amalga oshirilayotgan ishlar xotin-qizlar faolligini yanada oshirishga xizmat qiladi.

Shohzod Qurbonboyev

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026