16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Fan va taʼlim 👁 214

AMUDARYo TUMANIDAGI 56-SONLI MAKTABDA “JASORAT SINFI” TAShKIL ETILDI

AMUDARYo TUMANIDAGI 56-SONLI MAKTABDA “JASORAT SINFI” TAShKIL ETILDI

Esini tanigan oʻgʻil bola borki, ulgʻaygach, albatta harbiy libos kiyishni, qoʻlida qurol tutib, ona Vatan himoyachisi degan sharafli nomga ega boʻlishni orzu qiladi. Mamlakatimizda ana shunday ulugʻvor tuygʻular ogʻushida, qalblarida harbiy hayotga boʻlgan mehr va intilish bilan yashayotgan yosh avlodni qoʻllab-quvvatlash, ularning ezgu orzularini roʻyobga chiqarishlarida koʻmaklashish maqsadida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar esa vatanparvar, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqatli, harbiy boʻlish, ona Vatanga sidqidildan xizmat qilishni oʻzlari uchun yuksak shon-sharaf deb bilguvchi Yangi Oʻzbekistonning olovqalb yoshlarini kashf etish imkonini bermoqda.

Prezidentimiz rahbarligida 2023-yilning 13-yanvar kuni oʻtkazilgan Oʻzbekiston Respublikasi Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yigʻilishida Oʻzbekistonning davlat suvereniteti, daxlsizligi va hududiy yaxlitligini taʼminlash – tarix va kelajak avlodlar oldidagi muqaddas burch ekani taʼkidlanib, qator vazifalar qoʻyilgan edi.

Ushbu yoʻnalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish maqsadida 2024-yilning 15-noyabr sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi 393-sonli qarori qabul qilindi va ushbu Qaror bilan mamlakatimizning barcha hududlarida “Jasorat maktablari”, har bir tumanda esa Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablaridan birida “Jasorat sinflari”ni tashkil etish belgilab berildi.

“Jasorat maktablari”ni tashkil etishdan maqsad oʻsib kelayotgan yosh avlodni harbiy-vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, yuksak maʼnaviy-axloqiy fazilatlar ruhida tarbiyalash, ularning ongiga tinchlik va millatlararo totuvlikni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylash zarurligini chuqur singdirish, yoshlarning barcha yoʻnalishlarda bilim va koʻnikmalarini oshirish, “Oʻzbekiston—2030” strategiyasida mamlakatimizni har tomonlama rivojlantirish boʻyicha belgilangan keng koʻlamli vazifalarni samarali amalga oshirish orqali oʻquvchi-yoshlarni chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorlash tizimini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat.

Ushbu keng koʻlamli vazifalarni amalga oshirish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi Vazirligi hamda Mudofaa Vazirligining 2025-yil 23-maydagi qoʻshma Qarori asosida “Umumiy oʻrta taʼlim muassasalaridagi “Jasorat maktablari”ga oʻquvchilarni qabul qilish va oʻquv-tarbiyaviy jarayonini tashkil etish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizom tasdiqlandi.

Ushbu Nizom talablaridan kelib chiqib, ana shunday “Jasorat maktabi”ning ilk “Jasorat sinfi” Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabida ham tashkil etilib, joriy yilning 2-iyun sanasidan mazkur sinfga oʻquvchilarni qabul qilish jarayoni boshlandi.

Mazkur Nizom talabiga koʻra, “Jasorat sinfi”ga umumtaʼlim maktablarining 4-sinfini bitirgan oʻquvchilar 5-sinf uchun qabul qilinadi va oʻqish muddati 7-yildan iborat boʻladi.

Taʼlim jarayonlari 5-11-sinflarda kunduzgi taʼlim shaklida, umumtaʼlim muassasalari uchun belgilangan davlat taʼlim mezonlariga muvofiq amalga oshiriladi va “Jasorat sinfi”ga 26 nafar oʻquvchi shaffoflik asosida tashkillashtiriladigan test sinovlari orqali tanlab olinadi. Sinfda matematika, chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik, tarix, jismoniy tarbiya, chet tili va fizika fanlari chuqurlashtirilgan tarzda oʻqitiladi. Oʻquv yili davomida ikki marta harbiy poligonlarda, har chorakda bir marta harbiy qismlarda mashgʻulotlar olib boriladi. Shuningdek, 9-sinfni bitirgan oʻquvchilarga tayanch oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi, 11-sinfni yakunlaganlarga umumiy oʻrta taʼlim toʻgʻrisidagi shahodatnoma beriladi.

“Jasorat maktablari”ni aʼlo baholarga bitirgan va “Vatan tayanchi” otryadining aʼzosi boʻlgan bir nafar oʻquvchiga Mudofaa Vazirligi tomonidan oliy harbiy va harbiylashtirilgan hamda yuridik taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish uchun imtiyozli tavsiyanoma taqdim etiladi.

Amudaryo tumanidagi 56-sonli umumtaʼlim maktabida tashkil etilgan ilk “Jasorat sinfi”ga qabul jarayonining birinchi kunidayoq 10 nafardan ziyod oʻquvchilar kelajakda ona Vatan himoyachisi boʻlish istagini bildirib, hujjat topshirishdi.

Ayni paytda maktabga qabul jarayoni uyushqoqlik bilan davom etmoqda. Oʻz farzandlarining orzu-intilishlarini qoʻllab-quvvatlash istagida boʻlgan ota onalar taʼlim-tarbiya ishlari yaxshi yoʻlga qoʻyilgan 56-sonli maktab negizida ilk faoliyatini boshlayotgan “Jasorat sinfi” oʻquvchilari kelajakda haqiqiy vatanparvar, jasoratli insonlar boʻlib voyaga yetishlariga katta ishonch bildirishmoqda. Zero, vatanparvarlik – xalqimiz uchun oliy qadriyat, ana shu qadriyatga sodiqlik esa chinakam jasorat timsolidir.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019