16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:35
Fan va taʼlim 👁 213

26-SONLI MAKTABDA "DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI MUVAFFAQIYaTLI AMALGA OShIRILMOQDA

26-SONLI MAKTABDA "DOLZARB 90 KUN" LOYIHASI MUVAFFAQIYaTLI AMALGA OShIRILMOQDA

Taʼlim va tarbiya ishlarida qachon muvaffaqiyatga erishiladi? Albatta, milliy-maʼnaviy qadriyatlar bilan taʼlim-tarbiyaviy ishlarning oʻzaro uygʻunligida! Bola ongiga nazariy, ilmiy tafakkurni qanchalik zoʻr berib singdirishga harakat qilmang, unda maʼnaviy ruh boʻlmasa, bolaning oʻzini anglash qobiliyati sustligicha qolaveradi. Shu bois, mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosatini hayotga keng joriy etishda maʼnaviyat bilan maʼrifat – taʼlimning uzviyligiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Oʻsib kelayotgan yosh avlodning milliy oʻzlikni anglash, ularni oʻz qiziqishlari va qobiliyatlari doirasida rivojlantirish, bobomeros qadriyatlarga hurmat va ehtirom, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash borasidagi chora-tadbirlar, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga xizmat qiluvchi saʼy-harakatlarning barchasi ana shu mezonlar asosida amalga oshiriladi. Ayniqsa, bu kabi ishlar umumtaʼlim maktablari oʻquvchilarining yozgi taʼtil mavsumini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan rejaviy tadbirlarda yaqqol namoyon boʻladi.

Butun mamlakatimizda boʻlgani kabi Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchilari ham 2024-2025 oʻquv yilining yozgi taʼtil damlarini biri-biridan qiziqarli koʻngilochar tadbirlar, turli sport musobaqalari, keksa avlod vakillari bilan uchrashuvlar va davra suhbatlarida ishtirok etish, taʼtil vaqtida tashkillashtirilgan toʻgaraklar mashgʻulotlarida qatnashish orqali yoqimli va koʻngilli tarzda oʻtkazishmoqda.

Prezidentimiz tashabbuslari bilan yoshlar hayotiga keng joriy etilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tadbirlarda oʻquvchi-yoshlar nafaqat intilish va qiziqishlari, balki iqtidor va qobiliyatlarini, shu bilan birga milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga boʻlgan cheksiz hurmat-eʼtiborlarini amalda namoyon etishmoqda.

Joriy yilning 5-iyun sanasida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 26-sonli umumtaʼlim maktabida “Biz kelajak bunyodkorlarimiz!” shiori ostida boʻlib oʻtgan maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-musiqiy tadbir oʻzining tarbiyaviy va taʼlimiy hamda oʻsib kelayotgan yosh avlodni yuksak maʼnaviyat sari undovchi daʼvatkor ruhda tashkillashtirilgani bilan ishtirokchilarga yorqin taassurotlar bagʻishladi.

Tadbir avvalida mazkur taʼlim muassasasida tashkil qilingan ingliz tili va matematika toʻgaraklari aʼzolarining 2024-2025 oʻquv yili davomida erishgan yutuqlari, shuningdek, mazkur toʻgaraklarda “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida yozgi taʼtil paytida amalga oshirilishi rejalashtirilgan taʼlimiy dasturlar hamda yangiliklar namoyish etildi.

Shuningdek, shaxmat-shashka toʻgaraklari faoliyati haqida hikoya qiluvchi lavhalar, maktab havaskor teatr jamoasi tomonidan tayyorlangan qoʻgʻirchoq teatri spektakllari tadbir ishtirokchilarining samimiy olqishlari bilan kutib olindi. Ayniqsa, maktabning masʼul oʻqituvchilari tomonidan zamonaviy kasb-hunarlar xususida taqdim etilgan maʼlumotlar oʻquvchi-yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi.

Bundan tashqari, yozgi taʼtil davrida oʻquvchi-yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan va ularning intilish va qobiliyatlarini yuzaga chiqarishlarini taʼminlashga xizmat qiluvchi interaktiv treninglar ham tashkil etilmoqda. Maktabning yuqori sinf oʻquvchilaridan iborat “Pazanda qizlar” toʻgaragi aʼzolari karving usulida turli xil meva va sabzavotlardan vitaminga boy salatlar, assortilar tayyorlashdi.

“Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan taʼlim muassasasida tashkil qilingan bichish-tikish, toʻqish toʻgaraklari aʼzolarining amaliy ishlari ham koʻrgazma sifatida namoyish etildi. Mazkur koʻrgazma maktab oʻquvchilarining oʻz kelajagiga befarq boʻlmagan masʼuliyatli, bilimdon, intiluvchan yoshlar sifatida voyaga yetayotganining amaliy ifodasi boʻldi.

Maktabda boʻlib oʻtgan “Dolzarb 90 kun” doirasidagi tadbir toʻrt avlod vakillarini yagona bir maqsad – oʻsib kelayotgan yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol insonlar qilib tarbiyalashdek ezgu maqsad yoʻlida bir davraga jamlagani bilan juda katta maʼnaviy-maʼrifiy va tarbiyaviy ahamiyat kasb etdi.

“Biz kelajak bunyodkorlarimiz!” shiori ostida oʻtgan tadbir 26-sonli maktabni 1985-yilda tamomlagan sobiq oʻquvchilar, ularga taʼlim-tarbiya bergan katta avlod vakillari – faxriy oʻqituvchilar, maktabni joriy oʻquv yilida tamomlayotgan bitiruvchilar hamda muassasada tahsilni davom ettirayotgan va yozgi taʼtilda maroqli dam olayotgan oʻquvchi-yoshlarning samimiy, dildan muloqotlari bilan ishtirokchilarga yanada joʻshqin va koʻtarinki kayfiyat ulashdi.

Tadbirda ishtirok etgan “Nuroniy” jamgʻarmasi Amudaryo tuman boʻlinmasi jamoatchilik Kengashi raisi Bekman Allamberganov, tuman Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Islom Matkarimov hamda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi xodimi Zafar Abdullayevlar 26-sonli maktab pedagogika jamoasi bilan ota-onalarning oʻzaro hamkorligi oʻquvchi-yoshlarning intilishlarida, amalga oshirilayotgan ijobiy ishlarda oʻz aksini topayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar.

Tadbir maktabda tashkil qilingan badiiy havaskorlar jamoasi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi bilan davom etdi va sanʼatga oshno oʻquvchi-yoshlar ijrosidagi ona Vatan, doʻstlik va tinchlikni, ezgulikni madh etuvchi kuy-qoʻshiqlar, dilbar raqslar barchaga quvonch, xush kayfiyat ulashdi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019