16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Fan va taʼlim 👁 221

“Qaldirgʻoch” bolalar oromgohida bolajonlar yozgi taʼtilning har bir kunini mazmunli oʻtkazishmoqda

 “Qaldirgʻoch” bolalar oromgohida bolajonlar yozgi taʼtilning har bir kunini mazmunli oʻtkazishmoqda

Qilichboy zamini Amudaryo tumanining tabiati goʻzal va soʻlim goʻshalaridan biri. Ayniqsa, oʻzining musaffo havosi, serhosil bogʻ-u chamanlari, yoʻl boʻylarida saf tortgan osmonoʻpar teraklari-yu yam-yashil archazorlari bilan koʻngillarni rom etuvchi Doʻrman qishlogʻi manzaralari bu hududda bir bora boʻlgan kishining xotirasida abadiy saqlanib qoladi. Qoʻshni tumanlardan, Xorazm viloyati va Qoraqalpogʻistonning turli hududlaridan Doʻrmanga tashrif buyurgan mehmonlar bu maftunkor qishloqni bekorga: “Amudaryo tumanining marvaridi” deb atashmagan. Turli sanalar munosabati bilan oʻtkaziladigan tuman miqyosidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar bu goʻzal oshyonga yanada fusunkorlik bagʻishlashi ham shundan!

Qishloq markazidagi 84-sonli umumtaʼlim maktabi binosida deyarli har yili yoz oylarida tashkil etiladigan va Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablari oʻquvchi-yoshlarini oʻz bagʻriga oladigan “Qaldirgʻoch” oromgohi esa qishloq tonglariga fayz, koʻngillarga koʻtarinki kayfiyat bagʻishlaydi. Chunki oromgohda dam olayotgan bolalarning quvnoq kulgulari, ular ishtirokidagi madaniy-musiqiy dam olish dasturlari, intellektual oʻyinlar, sport musobaqalari oʻtayotgan har bir kunga oʻziga xos maʼno-mazmun olib kiradi.

Ayni paytda paytda “Qaldirgʻoch” bolalar oromgohining birinchi mavsumida tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumtaʼlim maktablaridan 7 yoshdan 14 yoshgacha boʻlgan 100 nafar bolalar yozgi taʼtilni maroqli oʻtkazishmoqda. Yozgi taʼtil davrida, 5ta mavsumda 500 nafar bolani oʻz bagʻriga olish va ularni milliy-maʼnaviy qadriyatlar asosida tarbiyalash, muhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan butun mamlakatimiz boʻylab keng quloch yoygan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida taʼlimiy va tarbiyaviy tadbirlar tashkil etish orqali oʻquvchi-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirishga qaratilgan rejaviy tadbirlar ishlab chiqilib, amaliyotga joriy etilmoqda. Oromgohda bolalarning har bir kunni koʻngilli oʻtkazishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

Xususan, ularning intellektual salohiyatlarini rivojlantirish, iqtidor va qobiliyatlarini yuzaga chiqarish, aqlan va jismonan yetuklik sari qoʻygan har bir qadamini ragʻbatlantirish maqsadida tashkil etilgan turli yoʻnalishlardagi toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilgan boʻlib, bu toʻgaraklarda 12 nafar malakali pedagoglar tomonidan qiziqarli mashgʻulotlar olib boriladi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilarning osoyishtaligini taʼminlash, salomatligini muhofaza qilish maqsadida tibbiy xodimlar, tuman Ichki ishlar boʻlimi va Milliy gvardiya xodimlari ham jalb qilingan.

Oromgoh tarbiyalanuvchilarining boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishga qaratilgan kitobxonlik kechalari, taniqli shoir va yozuvchilar bilan uchrashuvlar bolalarbop kitob jamgʻarmasiga boy oromgoh kutubxonasida oʻtkaziladi. Maʼnaviy-maʼrifiy mavzudagi uchrashuvlar va davra suhbatlarida tarbiyalanuvchilar faol ishtirok etishib, albatta, tadbir mehmonlariga ona Vatanni, mustaqillikni, doʻstlik va tinchlikni, millatlararo totuvlikni madh etuvchi sheʼrlar, qoʻshiqlar aytib berishadi.

“Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan tashkil etilgan bichish-tikish va toʻqish toʻgaragi mashgʻulotlari esa ushbu hunarga qiziquvchi qiz bolalarni kasb-hunarga yoʻnaltirish, ularning bu boradagi qiziqishlarini ragʻbatlantirish imkonini bermoqda.

Shuningdek, oromgohda oʻtkaziladigan turli sport musobaqalari, madaniy dam olish dasturlari, tuman Madaniyat boʻlimi tasarrufidagi madaniyat markazlari sanʼatkorlari tomonidan namoyish etiladigan koʻngilochar kontsert dasturlari bolalarning maroqli dam olishlarini taʼminlamoqda.

Ayniqsa, ona tabiat bagʻriga sayr, tumanning tarixiy joylariga, “Chilpiq” qalʼa-qoʻrgʻoniga, Amudaryo ustiga qurilgan Doʻstlik koʻprigi hamda Amudaryo tarixiy-oʻlkashunoslik muzeyiga uyushtirilayotgan sayohatlar bolalar qalbida ona tabiatga mehr, Vatanga muhabbat, milliy-maʼnaviy qadriyatlarga chuqur hurmat va ehtirom tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qilayotgani yanada quvonarli.

Shuningdek, oromgohda bolalarining sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlanayotgani, oromgoh pazandalarining oʻz ishiga masʼuliyat bilan yondashayotgani bois, tarbiyalanuvchilar shinam va orasta oshxonada taomlanib, ozoda, havosi moʻʼtadil oromxonalarda dam olib, har bir kunini mazmunli oʻtkazishmoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019