16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:07
Jamiyat 👁 177

Yoshlar yetakchilari orqali davlat eʼtibori har bir yoshga yetib bormoqda

Yoshlar yetakchilari orqali davlat eʼtibori har bir yoshga yetib bormoqda

Yurtimizda yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, har bir yoshning orzu-maqsadlarini roʻyobga chiqarish, ularning manfaatlarini himoya qilish hamda mavjud muammolarini hal etishda mahalla va ovullarda samarali faoliyat yuritayotgan yoshlar yetakchilari muhim oʻrin tutadi. Prezidentimiz tomonidan 2022-yil 19-yanvarda qabul qilingan “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaror asosida joriy etilgan yoshlar yetakchisi lavozimi bugungi kunda davlat va yoshlar oʻrtasidagi ishonchli koʻprikka aylandi.

Yoshlar yetakchisi — mahalladagi har bir yosh bilan yaqindan ishlaydigan, ularning hayot tarzi, muammolari va maqsadlarini oʻrganib, tegishli yechimlar taklif etadigan, tashabbuskor va masʼuliyatli shaxs hisoblanadi. Xususan, ishsiz, uyushmagan hamda ehtiyojmand yoshlarni aniqlash va ular bilan individual tarzda ish olib borishda yetakchilarning roli tobora mustahkamlanib bormoqda.

Amudaryo tumanidagi Jumur ovul mahallasining yoshlar yetakchisi Zafar Otaboyev 2022-yildan buyon ushbu masʼuliyatli vazifani sidqidildan ado etib kelmoqda. Mahallada umumiy aholi soni 4 ming 255 nafar boʻlib, 755 ta xonadonda 1 ming 255 ta oila istiqomat qiladi. Ularning 1 ming 214 nafari yoshlardir. Aholi zich joylashgan ushbu hududda 3 ta maktabgacha taʼlim tashkiloti, 10 ta kichik savdo doʻkoni va 1 ta umumiy ovqatlanish shoxobchasi faoliyat yuritmoqda.

Yoshlar yetakchisi Zafar Otaboyev tomonidan 2024-yil davomida bir qator amaliy ishlar bajarildi. Xususan, ishsiz yoshlarning bandligini taʼminlash maqsadida ularning roʻyxati shakllantirilib, 40 nafar yoshga yer ajratib berildi. Ularning oʻzini oʻzi band qilishi uchun subsidiya asosida motokultivator, tikuv mashinalari, payvandlash uskunasi va noutbuklar taqdim etildi. Shuningdek, mahalladagi yosh tadbirkor Xushnud Oʻrinboyevga imtiyozli kredit ajratilib, avtomashina yuvish shoxobchasini tashkil etishda amaliy koʻmak berildi. Bu orqali mahalladagi transport egalariga qulaylik yaratildi — endi ular mashinalarini yuvish uchun uzoqqa bormasdan mahallaning oʻzida xizmatdan foydalanish imkoniga ega boʻlishdi.

Qishloq xoʻjaligida ham yoshlarning faolligi ortib bormoqda. Xususan, mahallada istiqomat qiluvchi yosh oila — Surayyo Xalillayeva va turmush oʻrtogʻi Azizbek Boltaboyevga yer ajratilib, ular poliz mahsulotlari — qovun, tarvuz, kartoshka va sabzi yetishtirish bilan shugʻullanmoqda. Bu orqali nafaqat oʻz oilasi daromadini oshirdi, balki ish bilan band boʻlish imkoniga ham ega boʻldi. Ammo yosh oilani ekinlarni oʻz vaqtida sugʻorish masalasi oʻylantirib kelmoqda. Bu muammoni bartaraf etish yuzasidan “yettilik” aʼzolari, jumladan, yoshlar yetakchisi tomonidan tegishli choralar koʻrilmoqda.

Mahalladagi boshqa tashabbuskor yoshlar ham oʻz mehnati bilan tengdoshlariga namuna boʻlmoqda. 2022-yildan buyon tikuvchilik bilan shugʻullanayotgan Mahfuza Oʻrazimbetovaga subsidiya asosida tikuv mashinasi ajratilgan. Hozirda u oliy taʼlim muassasasida tahsil olmoqda, ammo oʻqishdan boʻsh vaqtlarida buyurtmalarni qabul qilib, ularni sifatli tayyorlab topshirmoqda. Qolaversa, oilaning kelini Mohigul Davlatboyeva ham ushbu kasbni puxta oʻzlashtirib, oila daromadiga munosib hissa qoʻshib kelmoqda.

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida kitobxonlik va sport tadbirlari muntazam oʻtkazib kelinmoqda. Joriy yil boshida mahallaning yoshlar balansi shakllantirildi. Oliy taʼlim muassasasida tahsil olayotgan 3 nafar yoshga toʻlov-kontrakt summasining 30 foizi qoplab berildi. “Kelajak kasblari” loyihasi doirasida 3 nafar yosh kasb-hunarga oʻqitildi. Shuningdek, hokim yordamchisi bilan hamkorlikda 24 nafar yoshga imtiyozli kreditlar ajratilib, ular tadbirkorlik faoliyatini boshladi.

Shuningdek, xatlov natijalariga tayanilgan holda mehnatga layoqatli boʻlgan, ammo ishsiz 14 nafar yosh bilan yakkama-yakka uchrashuvlar oʻtkazilib, ularning qiziqishlari va qobiliyatiga mos ish bilan taʼminlanish choralari koʻrildi.

Darhaqiqat, mahallalardagi yoshlar yetakchilari faoliyati orqali davlatning yoshlarga boʻlgan eʼtibori har bir xonadongacha yetib boryapti. Jumur ovul mahallasida yoshlar yetakchisi Zafar Otaboyevning saʼy-harakatlari mahallaning ijtimoiy muhitini mustahkamlash, yoshlar oʻrtasida faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, ularning taʼlim, tadbirkorlik va bandlikdagi ishtirokiga keng yoʻl ochishga xizmat qilmoqda.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019