16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 07:22
Iqtisodiyot 👁 712

Mahallaga biriktirilgan soliq xodimlarining samarali faoliyati orqali iqtisodiy oʻsish taʼminlanyapti

Mahallaga biriktirilgan soliq xodimlarining samarali faoliyati orqali iqtisodiy oʻsish taʼminlanyapti

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda mahallaning iqtisodiy salohiyatini yuksaltirish va soliq tizimi samaradorligini oshirish boʻyicha keng koʻlamli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, “Mahalla byudjeti” tizimining joriy etilishi va “Mahalla yettiligi” institutining shakllantirilishi bu sohadagi jiddiy yondashuvning yaqqol isbotidir.

Amudaryo tumanidagi 49 ta fuqarolar yigʻiniga jami 17 nafar soliq xodimi biriktirilgan. Yaqin vaqtlarga qadar mahallalarda soliqlarni yigʻishda manfaatdorlik tizimi mavjud emas edi. Bugungi kunda esa mahalliy infratuzilma muammolarini hal qilish maqsadida mahalla byudjetiga belgilangan miqdorda soliq tushumlari ajratilib, ularni samarali yoʻnaltirish orqali joylarda ijobiy oʻzgarishlar kuzatilmoqda.

“Mahalla yettiligi” instituti doirasida biriktirilgan soliq inspektorlari oʻz faoliyatini mahalladagi har bir soliq toʻlovchi bilan yaqindan ishlashish orqali amalga oshirmoqda. Ular tadbirkorlar bilan uchrashib, mavjud muammolarni oʻrganmoqda, soliq qonunchiligidagi yangiliklarni tushuntirish orqali yashirin iqtisodiyotning oldini olmoqda. Bu jarayonda jismoniy va yuridik shaxslarning soliq toʻlovlari boʻyicha masʼuliyatini oshirish hamda davlat byudjetiga tushumlarni koʻpaytirish asosiy maqsad qilib olingan.

2024-yilning oʻzida Amudaryo tumani boʻyicha jismoniy shaxslarning turar joy obʼektlari uchun 29 milliard 130,4 million soʻm soliq hisoblandi. Ushbu tushumning 10 foizi, yaʼni 2 milliard 913 million soʻm mahalla byudjetiga qoldirildi. Joriy yilning 5 oyi mobaynida esa 13 milliard 859,6 million soʻm soliq undirilishi taʼminlandi.

Tumanning Boʻz solma, Qoramon va Boʻz yop ovul hamda mahallalarida faoliyat yurituvchi soliq inspektori Shavkat Hayitboyev 2 ming 953 ta soliq toʻlovchiga masʼul. U tomonidan 2024-yilda 3 milliard 391 million 555 ming soʻm soliq yigʻilgan. Joriy yilning shu kuniga qadar esa 1 milliard 720 million 159 ming soʻm soliq undirilib, mahallar jamgʻarmasiga mol-mulk va yer soliqlarining belgilangan 10 foiz qismi yoʻnaltirilmoqda.

Mahalla jamgʻarmalariga tushgan mablagʻlardan samarali foydalanish doirasida qator ustuvor yoʻnalishlar belgilangan. Eng avvalo, ichki infratuzilmani yaxshilashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Jumladan, mahallaning ichki yoʻllari, elektr va tabiiy gaz tarmoqlari, shuningdek, ichimlik va oqova suv tizimlari taʼmirlanmoqda.

Ikkinchi muhim yoʻnalish — mahalla va jamoat binolarini qurish, taʼmirlash hamda zarur jihozlar bilan taʼminlashdir. Bu borada sport va bolalar maydonchalari, kutubxona, madaniyat markazlari kabi obʼektlar yangidan barpo etilishi yoki taʼmirlanishi nazarda tutilgan. Ularni mebel va texnika jihozlari bilan taʼminlash ishlari ham shu mablagʻlar hisobiga amalga oshiriladi.

Kelgusi bosqichda esa “Yashil makon” loyihasi doirasida koʻkalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlari amalga oshiriladi. Mahallalar atrofiga koʻchatlar ekish, hududlarni tozalash va yashil maskanlarga aylantirish vazifalari ustuvor ahamiyatga ega.

Shu bilan birga, ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam taʼminlangan oilalarni qoʻllab-quvvatlash, ularning turar joylarini taʼmirlash va zarur jihozlar bilan taʼminlash ishlari ham soliq tushumidan ajratilgan mablagʻlar hisobidan moliyalashtirilmoqda.

Bu borada mahallaga biriktirilgan soliq inspektorining oʻrni alohida. Mahalladagi soliqlarni toʻliq va oʻz vaqtida undirish, soliq toʻlovchilarga xizmat koʻrsatish, shuningdek, yashirin iqtisodiyotni kamaytirish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish yoʻnalishlarida soliq xodimlari samarali faoliyat olib bormoqda. Bu esa soliq organlari va mahalla tuzilmalari oʻrtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, jamoatchilikning xabardorligini yanada oshirishga xizmat qilmoqda. Soliq inspektori Shavkat Hayitboyev tomonidan amalga oshirilgan ishlar bunga yaqqol misoldir. Vaqtinchalik faoliyatini toʻxtatgan 4 ta tadbirkorlik subʼekti uning saʼy-harakatlari bilan faoliyatini qayta tiklandi. Korxonalarda norasmiy tarzda mehnat qilayotgan 14 nafar ishchilarning faoliyati legallashtirildi. Shuningdek, 5 nafar noqonuniy ishlayotgan fuqaro tadbirkor sifatida davlat roʻyxatiga olindi. Natijada 25,8 million soʻm miqdorida qoʻshimcha soliq manbalari aniqlanib, mahallaning iqtisodiy oʻsishiga hissa qoʻshildi.

Amalga oshirgan bu kabi samarali faoliyati uchun Shavkat Hayitboyev 2024-yilda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi raisi Sherzod Qudbiyev tomonidan “Tashakkurnoma” bilan taqdirlandi.

Shohzod Qurbonboyev.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019