16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:05
Jamiyat 👁 205

Amudaryo tumanida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Amudaryo tumanida korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi

Bugungi kunda korruptsiya nafaqat bir tizimning, balki butun jamiyatning eng asosiy muammolaridan biriga aylangan. U jamiyat taraqqiyotini sekinlashtiradi, insonlar orasidagi ishonchni yemiradi, davlat va fuqarolar oʻrtasida masofa paydo qiladi. Aynan shuning uchun ham mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishiga aylantirilgan.

Shu maqsadda Amudaryo tumanida keng qamrovli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Yaqinda tuman hokimligida oʻtkazilgan navbatdagi yigʻilish ham aynan shu dolzarb masalaga bagʻishlandi. Mazkur yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korruptsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Batir Matmuratov hamda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boʻlim boshligʻi Rashid Sadikov ishtirok etdi va mavzu yuzasidan atroflicha maʼruza qildi. Yigʻilishga tuman Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti masʼullari, hokim oʻrinbosarlari, deputatlar, mahallalar raislari, hokim yordamchilari jalb etildi.

Batir Matmuratov oʻz chiqishida korruptsiyaga qarshi kurashish borasida davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan strategik vazifalarga alohida eʼtibor qaratdi. U korruptsiya – jamiyat rivojiga qarshi qaratilgan yashirin toʻsiq ekanini, unga qarshi faqat qogʻozdagi chora-tadbirlar bilan emas, balki amaliy ishlar, ochiqlik va halollik orqali kurashish zarurligini taʼkidladi.

Qayd qilinganidek, korruptsiyaning ildizi koʻp hollarda oddiy befarqlikdan, loqaydlikdan boshlanadi. Har bir xodim oʻz vijdoni oldida masʼuliyatni his qilmasa, hech qanday qonun uni halol boʻlishga majbur qila olmaydi.

Tadbir davomida yigʻilish ishtirokchilariga korruptsiyaga qarshi kurashishga oid maxsus videorolik namoyish etildi. Unda korruptsiyaning davlatga, iqtisodiyotga, eng muhimi oddiy insonlar hayotiga qanday taʼsir oʻtkazishi aniq misollar bilan yoritildi.

Videorolik namoyishidan keyin ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Unda mutasaddilar va tashkilot rahbarlari oʻz fikrlarini bildirdilar, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yoʻllari xususida bahs-munozara yuritildi. Yigʻilish ishtirokchilari korruptsiyaga qarshi kurashish borasida har bir xodimning shaxsiy masʼuliyati muhim oʻrin tutishini yana bir bor anglab yetdilar.

Batir Matmuratov Amudaryo tumanidagi korruptsiyaga qarshi kurashish holatini nafaqat yigʻilish doirasida, balki joylarga chiqqan holda ham oʻrgandi. Xususan, u 36-sonli umumtaʼlim maktabi, Boyovul mahallasi va Tuman tibbiyot birlashmasida boʻlib, bu yerda davlat xizmatlarining shaffofligi, murojaatlar bilan ishlash tartibi, ichki nazorat tizimining samaradorligi kabi jihatlarni oʻrgandi.

Tashrif davomida tibbiyot muassasasida aholiga koʻrsatilayotgan xizmat sifati, navbatlarni samarali boshqarish, dorixona va laboratoriya tizimining ochiqligi, tibbiy xodimlarning halollik meʼyorlariga amal qilishi alohida tahlil qilindi. Joylardagi muloqotlar davomida aniqlangan muammolar yuzasidan mutasaddilarga aniq koʻrsatmalar, tavsiyalar va takliflar berildi.

Bugun har bir mutasaddining oldida turgan eng katta vazifa halollik tamoyillarini shunchaki targʻib qilish emas, balki amalda unga rioya etish, halol mehnat qilish va el ishonchini oqlashdir. Amudaryo tumanida oʻtkazilgan ushbu yigʻilish va joylardagi oʻrganishlar aynan shu yondashuvni amalda taʼminlashga xizmat qildi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019