16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 17:49
Jamiyat 👁 224

Amudaryo tumanida Yoshlar kuni munosib nishonlandi

Amudaryo tumanida Yoshlar kuni munosib nishonlandi

Yurtimizda 30-iyun – Yoshlar kuni har yili oʻziga xos shukuhda, yuksak koʻtarinkilik va quvonch bilan nishonlanadi. Amudaryo tumanida ham sana munosabati bilan katta bayram tadbiri  tashkil qilindi.

Doʻstlik mahallasi Vaxum aholi punktida joylashgan bolalar oʻyingohida tashkil etilgan tantanali tadbirda yoshlar, ota-onalar, nuroniylar hamda mehmonlar ishtirok etdi.

Bayramni kirish soʻzi bilan ochib bergan tuman hokimi Sobir Xoʻjametov barchani Yoshlar kuni bilan samimiy muborakbod etdi. U oʻz nutqida yoshlar – davlat eʼtiborining markazida ekanini, bugun ularning bilim olishi, kasb-hunar egallashi, ijodiy salohiyatini roʻyobga chiqarishlari uchun barcha sharoitlar yaratilayotganini alohida qayd etdi.

Darhaqiqat, muhtaram Prezidentimizning gʻamxoʻrligi, eʼtibori tufayli mamlakatimizda yoshlarga oid davlat siyosati yangi bosqichiga koʻtarildi. Bundan sakkiz yil muqaddam – 2017-yilda davlatimiz rahbarining tashabbuslari bilan 30-iyun kuni “Yoshlar kuni” bayrami sifatida belgilangani nafaqat yoshlarimiz, balki butun xalqimiz hayotida tarixiy voqea boʻlgan edi.

Ushbu bayram eʼlon qilinganidan hozirgi kunga qadar amalga oshirilgan jami bunyodkorliklar, barcha sohalardagi tub islohotlar, kundalik turmushimizdagi shiddatli oʻzgarishlar, avvalo, yoshlarimiz kelajagi uchun, ularning ozod va obod vatanda, hech kimdan kam boʻlmay, baxtli hayot kechirishi uchun qilinayotgan saʼy-harakatlar natijasi, desak, aslo mubolagʻa boʻlmaydi.

Bayram tadbirida turli sohalarda faolligi, oʻz kasbi va hunari, ilm-fan sohasidagi yutuqlari bilan ajralib turgan bir guruh namunali yoshlarga tuman hokimining tashakkurnomalari tantanali ravishda topshirildi. Ular orasida davlat tashkilotlarida, “Mahalla yettiliklari” safida samarali faoliyat olib borayotgan yoshlarning mehnatlari alohida eʼtirof etildi. Bu esa ularning harakatlariga ragʻbat, kelajakdagi ishlariga ishonch bagʻishladi.

Shundan keyin tadbirning eng hayajonli va kutilgan daqiqalari – kontsert dasturi boshlandi. Bayram sahnasida respublika miqyosida tanilgan estrada xonandalari bilan birga Amudaryo tumanining umidli yosh ijodkorlari oʻzlarining yorqin chiqishlari bilan tomoshabinlarga shodlik ulandi. Quvnoq kuy-qoʻshiqlar, raqslar, jonli ijrolar tadbirga oʻzgacha fayz va zavq bagʻishladi.

Taʼkidlash joizki, bugun yoshlar zamonaviy sharoitlardan foydalangan holda chuqur bilim olib, raqobatbardosh kasblarni egallab, yurt ravnaqi yoʻlida fidokorona xizmat qilmoqdalar. Mamlakatimizdagi har bir islohot, har bir yangilik yoshlarning ishtiroki, kuch-gʻayrati bilan amalga oshmoqda.

Keyingi paytlarda kelajagimiz egalari boʻlgan oʻgʻil-qizlarimiz bilan ishlashning mutlaqo yangi tizimi – “Yoshlar daftari” va “Yoshlar dasturi” hayotga keng tatbiq etilmoqda. Tumanda olib borilgan amaliy ishlar natijasida oʻtgan 6 oy mobaynida “Yoshlar daftari”ga kirgan 213 nafar yigit-qizlarning muammolarini hal etish uchun “Yoshlar jamgʻarmasi”da 624 mln soʻm mablagʻ shakllantirilgan. Ushbu mablagʻlar hisobidan “Yoshlar daftari”ga kiritilgan professional va oliy taʼlim tashkilotlari oʻquvchi-talabalarining 136 nafariga toʻlov-shartnoma summasining bir qismi qoplab berildi. 3 nafar yoshlarning davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlaridagi avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash oʻquv kursi xarajatlari uchun subsidiya ajratildi. Shuningdek, 8 nafar yoshlarning safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni oʻtash badali toʻliq miqdorda qoplab berildi.

Yoshlar bandligini taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar natijasida joriy yil boshidan shu kunga qadar 1 ming 319 nafar yoshlar ish oʻrinlariga ega boʻldilar. Amudaryolik yoshlar bu kabi eʼtibor va imkoniyatlardan unumli foydalangan holda ilm-fan, madaniyat va sport, tadbirkorlik hamda biznes, qoʻyingki, barcha sohalarda yuksak natijalarga erishmoqdalar.  

Tadbir yakunida osmon turfa rangli chiroqlar bilan charogʻon boʻldi. Namoyish etilgan mushakbozlik shousi barchaga bayramona kayfiyat ulashdi, yoshlar va mehmonlarning yuzida porlagan quvonch, hayrat va olqishlar kechaning ajoyib yakuniga aylandi. Bu goʻzal daqiqalar qalblarda unutilmas taassurot qoldirdi va yana bir bor yoshlar eʼtibor va gʻamxoʻrlik markazida ekanini amalda isbotladi.

Charos Arslonova, tuman hokimlining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026