16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:55
Fan va taʼlim 👁 191

Taʼlim – jamiyat taraqqiyotining asosi

Taʼlim – jamiyat taraqqiyotining asosi

Bugungi kunda har qanday rivojlangan davlat yoki millat taraqqiyotining poydevori sifatida taʼlim tizimi eʼtirof etilmoqda. Zero, jamiyat taraqqiyoti toʻgʻridan-toʻgʻri inson salohiyati, dunyoqarashi, bilim darajasi va fikrlash qobiliyatiga bogʻliq. Aynan taʼlim maʼrifatli, masʼuliyatli, yuksak tafakkurga ega bilimdon shaxslarni jamiyatga yetkazib beradi. Shu bois taʼlim — bu qisqa vaqtda emas, balki uzoq muddatda oʻz samarasini beruvchi muhim ijtimoiy sarmoyadir.

Yurtimizda taʼlim sohasini zamon talablari asosida isloh qilish, yosh avlodga chuqur va puxta bilim berish, ularni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalash yoʻlida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda. Taʼlim tizimining barcha bosqichlarida yangilanishlar va izchil islohotlar kuzatilmoqda. Eng muhimi, yoshlarning taʼlim olishi, ilmga qiziqishi va orzularini roʻyobga chiqarishi uchun imkoniyatlar kengaymoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev nutqlaridan birida shunday degan edilar:

“Kelgusida Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulugʻbek va Alisher Navoiylar qayerdan paydo boʻladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi? Men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman: albatta, bu ezgu gʻoyalarni sizlar – bugungi Yangi Oʻzbekiston yoshlari amalga oshirasizlar.”

Ushbu soʻzlar biz — yoshlarda yurt oldidagi masʼuliyatimizni yanada chuqurroq anglash, oʻz ustida tinimsiz ishlash va kelajak uchun sidqidildan harakat qilish tuygʻusini oshiradi.

Shu oʻrinda taʼlimda ustoz shaxsining oʻrniga alohida toʻxtalib oʻtish lozim. Oʻqituvchi faqat dars oʻtuvchi emas, balki yoʻl koʻrsatuvchi, ruhlantiruvchi va hayotga tayyorlovchi insondir. Oʻquvchi ustozidan nafaqat bilim, balki munosabat, masʼuliyat, sabr va hayotiy qarashlarni ham oʻrganadi. Shu sababli, ustozlik kasbi jamiyatda munosib eʼtirof va ehtiromga sazovor boʻlishi shart.

Bugungi kunda taʼlim jarayoniga zamonaviy texnologiyalar keng tatbiq etilmoqda. Raqamli platformalar, onlayn darslar, elektron kutubxonalar – bularning barchasi yoshlar uchun yangi imkoniyat eshiklarini ochmoqda. Biroq shuni unutmaslik lozimki, hech qanday texnologiya inson qalbi va mehriga ega boʻlgan ustoz oʻrnini bosolmaydi. Taʼlimda qalb, samimiy muloqot va mehr har doim eng muhim omil boʻlib qoladi.

Olib borilayotgan islohotlar oʻz samarasini bermoqda. Soʻnggi yillarda minglab oʻzbekistonlik yoshlar dunyoning nufuzli oliy taʼlim muassasalarida tahsil olish imkoniyatiga ega boʻlmoqda. Ularning ayrimlari xalqaro tanlovlarda gʻoliblikni qoʻlga kiritayotgan, boshqalari esa yetakchi kompaniyalarda mehnat faoliyatini boshlagan. Bu esa taʼlim sohasiga qaratilayotgan eʼtibor, yaratilayotgan sharoit va eng muhimi, yoshlarga boʻlgan ishonch samarasidir. Bugungi kunda dunyodagi yetakchi oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Bu – mamlakatimiz taʼlim tarixi uchun yuksak natijadir.

Xulosa qilib aytganda, bugun taʼlimga qaratilayotgan eʼtibor — ertangi kunga qoʻyilayotgan mustahkam poydevordir. Bu vazifa nafaqat davlat, balki har bir oila va har bir fuqaro zimmasiga tushadigan masʼuliyatli burchdir. Men, talabalardan biri sifatida, taʼlim jarayonida faol ishtirok etish bilan birga, kelajakda olgan bilimlarimni boshqalarga yetkazish, yosh avlodni oʻqitish va tarbiyalashdek sharafli vazifaga tayyorlanmoqdaman. Chunki men uchun taʼlim — faqat shaxsiy taraqqiyot emas, balki butun jamiyatga xizmat qilishning eng yuksak yoʻlidir.

Chin dildan ishonaman: taʼlim — jamiyat taraqqiyotining eng mustahkam tayanchi va eng bardavom yoʻlidir.

Diyorbek Bozorboyev, Oʻzbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019