16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:32
Qishloq xoʻjaligi 👁 262

Arna boʻyi mahallasida asalarichilik maktabi shakllanmoqda

Arna boʻyi mahallasida asalarichilik maktabi shakllanmoqda

Amudaryo tumanida, xususan, Arna boʻyi mahallasida soʻnggi yillarda asalarichilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan xonadonlar va tadbirkorlar soni ortib bormoqda. Bu esa mahalladagi “yettilik” aʼzolarining saʼy-harakatlari bilan bevosita bogʻliq. Hududda asalarichilik boʻyicha tajriba va bilimlar avloddan-avlodga oʻtishi orqali bugungi kunda oʻziga xos “asalarichilik maktabi” shakllanmoqda.

Sohadagi har bir ustaning tajribasi va yillar davomida toʻplangan amaliy bilimi mahalliy anʼanalar bilan uygʻunlashib, samarali ish uslubini vujudga keltirmoqda. Ayniqsa, asalari oilalarni mavsumiy iqlim sharoitiga mos ravishda parvarish qilish, ularning oziqlanish tartibini toʻgʻri tashkil etish va uyalarni qulay joylashtirish borasida boy tajriba shakllangan.

Mahalladagi faol tadbirkorlardan biri — Maqsud aka Abdurahmonov bu sohaning sir-asrorlarini chuqur oʻzlashtirgan. U 10-yildan buyon aholi dasturxonini sifatli asal bilan taʼminlash orqali asalarichilikdan barqaror daromad ham topmoqda. Maqsud aka oila aʼzolari bilan birgalikda asalari oilalari sonini 80 tadan oshirgan.

Qahramonimiz asal yetishtirishdan tashqari, “Humoyun Suhrob mebel” MChJ rahbari ham hisoblanadi. Ushbu korxona tomonidan uy-roʻzgʻor buyumlari, oshxona jihozlari, shuningdek, asalari boqiladigan maxsus uyalar ishlab chiqariladi.

Asalarichilik boʻyicha har yili 1–10-dekabr kunlari Toshkent shahrida oʻtkaziladigan anʼanaviy “Asal yarmarkasi”da Maqsud aka oʻz mahsulotlari bilan ishtirok etadi. Mazkur yarmarka Markaziy Osiyo davlatlari va Rossiyadan kelgan tajribali mutaxassislarni bir maydonda jamlab, oʻzaro fikr almashish, yangi bilimlarni egallash imkonini beradi.

Joriy yilda tadbirkor mahalliy asalarilar bilan bir qatorda, Fargʻonadan keltirilgan “Karpat” va “Karlinka” turlarini sinov tariqasida parvarishlashni boshlagan. Qahramonimiz oʻnlab yoshlarga ustozlik qilmoqda.  Bugungi kunda uning 3 nafar shogirdi mustaqil faoliyat yuritadi.

Mahalladagi yana bir faol tadbirkor – “Farhod Qoʻchqorovich asali” dehqon xoʻjaligi rahbari, asalarichilik ustasi Farhod aka Bekimbetov uchun bu soha ota kasb sanaladi. Qahramonimiz 20-yildan buyon sohada mustaqil shugʻullanib kelmoqda. 2016-yildan esa dehqon xoʻjaligi faoliyatini yoʻlga qoʻygan. Bugungi kunda qahramonimiz oila aʼzolari va shogirdlari bilan birgalikda 550 ta quti asalari oilasini parvarishlamoqda.

“Farhod Qoʻchqorovich asali” dehqon xoʻjaligida asalari uyalari ham ishlab chiqariladi. Farhod akaning farzandi Otabek ham sohaga juda qiziqadi. Hali yosh boʻlishiga qaramay, Otabek asalari parvarishiga doir koʻplab amaliy bilimlarni egallagan. Bundan tashqari mazkur dehqon xoʻjalida asalari parvarishida keng qoʻllaniladigan dori-darmon mahsulotlari savdosi ham yoʻlga qoʻyilgan.

Farhod aka sohaga yondashuvi bilan ajralib turadi. Asalarilarning asosiy qismini Qoraoʻzak, Taxtakoʻpir va Xoʻjayli tumanlarida parvarishlashni maʼqul koʻradi. Bu hududlarda kunjut, beda, yantoq, yulgʻun va xalq tilida “boʻyan” deb ataluvchi qizilmiya kabi oʻsimliklar keng maydonlarni egallaydi. Mana shunday tabiiy muhitda yetishtirilgan asal nafaqat moʻl, balki yuqori sifati va shifobaxshligi bilan ham ajralib turadi.

Qahramonimiz bilan suhbat davomida sohaning bir qator nozik jihatlari haqida maʼlumot oldik. Asalarilarni har 20 kunda yangi hududga koʻchirib turish tavsiya etiladi. Bu ularning oziqlanish ehtiyojini taʼminlash va sifatli hosil olish uchun muhim omil hisoblanadi. Agar har koʻchirishdagi masofa kamida 5 km boʻlsa, asal hosildorligi oshadi. Asalda inson salomatligi uchun foydali boʻlgan 70 dan ortiq modda mavjud. U immunitetni mustahkamlash, shamollashni yengish, oshqozon faoliyatini yaxshilash, terini parvarishlashda qoʻl keladi.

Asalarilar tomonidan ishlab chiqariladigan yana bir qimmatli mahsulot — propolisdir. U yopishqoq, xushboʻy, sargʻish-yashil yoki jigarrang modda boʻlib, tabiiy antiseptik sifatida bakteriya va viruslarga qarshi kuchli taʼsir koʻrsatadi. Shu bois, teri kasalliklarida surtiladigan malhamlarga qoʻshiladi.

Taʼkidlash joizki, agar tabiatda fasllar tabiiy tartibda kechsa, yil davomida 5-martagacha asal hosili olish mumkin. Ammo oxirgi yillarda kuzatilayotgan iqlim oʻzgarishlari, fasllarning notabiiy kechishi asalarichilik sohasida ham muayyan muammolarni keltirib chiqarmoqda.

Asal taʼmi, hidi va rangi bilan farqlanadi. U qaysi faslda, qaysi oʻsimlik gulidan yigʻilganiga qarab har xil boʻladi. Bizning hududda beda, yantoq, kungaboqar, gʻoʻza va boshqa oʻsimliklardan asal yigʻiladi. Ayni vaqtda asalarilar gʻoʻza gullaridan neʼmat toʻplamoqda.

Farhod Bekimbetov joriy yilda hozirga qadar 2-marta asal hosilini yigʻib oldi. Har bir qutidan oʻrtacha 10 – 15 kilogrammgacha sifatli mahsulot yetishtirildi. Agar oʻtgan mavsumda 1800 kilogramm asal olingan boʻlsa, joriy mavsumda bu koʻrsatkich 2500 kilogrammga yetdi.

Asalarilar — tabiatning sukutdagi mehnatkashlari. Arna boʻyi mahallasidagi asalarichilik faoliyatida mehnatning barcha jihatlari — bilim, tajriba, yangilikka intilish va avlodlar davomiyligi uygʻunlashgan. Shu bois, bu mahallada yetishtirilayotgan asalning taʼmi ham, qadri ham boshqacha. Chunki unda mehnat  uzviyligi  bor.

Muxtasar aytganda, asalarichilik — faqat asal yetishtirish bilan cheklanib qolmaydi. Bu soha yuqori qiymatli, shifobaxsh va eksportbop mahsulotlarni qamrab olgan ulkan iqtisodiy salohiyatga egadir. Shu jihatdan qaraganda, Arna boʻyi mahallasini asalarichilik boʻyicha boy tajriba va anʼanalarga ega maskan, deyish mumkin. Mahallada shakllanib borayotgan “asalarichilik maktabi” esa nafaqat mahalliy aholining barqaror daromad manbai, balki yosh avlod uchun amaliy bilim va koʻnikmalarni mustahkamlashga xizmat qiluvchi muhim oʻquv maydoniga aylanmoqda.

Shohzod Qurbonboyev.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019