16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:39
Fan va taʼlim 👁 259

3-SONLI DAVLAT MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTINING "WUNDERKIND" BOLALAR" JAMOASI QORAQALPOGʻISTONDA 2-OʻRINNI EGALLAShDI

3-SONLI DAVLAT MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTINING "WUNDERKIND" BOLALAR" JAMOASI QORAQALPOGʻISTONDA 2-OʻRINNI EGALLAShDI

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti namunali taʼlim-tarbiya muassasalaridan biri sanaladi. Muassasaning quvvati 50-oʻringa moʻljallangan boʻlib, ayni paytda 3 ta toʻliq kunlik guruhlarda 90 nafar bola tarbiyalanmoqda. Bolajonlarning miriqib dam olishlari, tabiat qoʻynida sayr qilishlari, oʻyin maydonchalarida bolalarbop sport mashgʻulotlarida ishtirok etib, qiziqarli oʻyinlar bilan shugʻullanishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Ular oʻz qiziqishlari doirasida shaxmat-shashka oʻynashlari, xorijiy til oʻrganishlari, "Quvnoqlar va zukkolar" sport musobaqalarida ishtirok etish orqali jismonan chiniqib borishlarida malakali tarbiyachi-pedagoglar masʼul. Kichkintoylarga oʻz yosh toifalari doirasida taʼlim-tarbiya berishda interfaol usullardan foydalanishga asosiy eʼtibor qaratiladi. Xususan, bolajonlarning fikrlash qobiliyatini, nutqini rivojlantirish va xotirasini mustahkamlashga qaratilgan mashgʻulotlardagi uzviylik tufayli, ayniqsa, 5-6-7 yoshdagi bolalar orasida hissiy bilish qobiliyatining shakllanishini taʼminlab, alohida iqtidorga ega bolalarni kashf etish imkonini bermoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 19-maydagi "Oʻzbekiston Respublikasida xorijiy tillarni oʻrganishni ommalashtirish faoliyatini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi Qarori ijrosini taʼminlash hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining 2024-yil 26-yanvardagi tegishli buyrugʻi bilan tasdiqlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi sohasini rivojlantirish boʻyicha tasdiqlangan ish-rejasiga muvofiq maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari orasida ingliz tilida "Wunderkind" tanlovini tashkil etish belgilangan edi. Unga koʻra, tanlovning birinchi, tuman bosqichini yuqori saviyada oʻtkazish, birinchi bosqichda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan MTTlar jamoalarining keyingi bosqichda muvaffaqiyatli ishtirokini taʼminlash orqali alohida iqtidorli bolalarni aniqlash hamda bolalarni mazkur tanlovga tayyorlashda namunali faoliyat olib borgan pedagoglarni ragʻbatlantirish nazarda tutilgandi.

Yaqinda "Wunderkind" tanlovining tuman bosqichida faxrli 1-oʻrinni egallagan Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 3-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotining "Wunderkind" bolalar" jamoasi aʼzolari mazkur tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichida ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, gʻoliblik shohsupasidan joy oldilar. DMTTning jajji bilagʻonlari Abdumalik Soliyboyev, Afruza Rahimboyeva, Umida Ataxanova, Ravshanbek Toʻrayev va Komron Saʼdullayevlardan iborat jamoasi oʻzlarining mustahkam xotiraga ega, bilagʻon va epchilliklari bilan tanlov hakamlar hayʼati aʼzolarining yuksak eʼtibor va eʼtirofiga sazovor boʻldilar hamda faxrli 2-oʻrinni egalladilar.

Tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan bolajonlar tashkilotchilar tomonidan munosib taqdirlandilar. Shuningdek, 3-sonli DMTTninig "Wunderkind" bolalar" jamoasini tanlov Nizomi talablari darajasida, yuqori saviyada tayyorlaganliklari uchun muassasaning xorijiy til oʻqituvchisi Dilnura Babaniyazova, tashkilot tarbiyachisi Nilufar Yeshimbetovalar Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan Faxriy yorliq bilan mukofotlandilar.

Maktabgacha va maktab taʼlimi tizimida taʼlim-tarbiyaviy ishlarning oʻzaro uygʻunligi asosida amalga oshirilayotgan bu kabi tadbirlar nafaqat bola shaxsining rivojlanishida, balki ularning alohida qobiliyat va iqtidorlarini erta aniqlash va ijobiy shakllantirish imkonini bermoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019