16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:20
Fan va taʼlim 👁 380

30-SONLI DAVLAT MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTIDA OʻTKAZILGAN "XAYR, BOGʻChA, SALOM MAKTAB" TADBIRI MAROQLI TAASSUROTLARGA BOY BOʻLDI

30-SONLI DAVLAT MAKTABGAChA TAʼLIM TAShKILOTIDA OʻTKAZILGAN "XAYR, BOGʻChA, SALOM MAKTAB" TADBIRI MAROQLI TAASSUROTLARGA BOY BOʻLDI

Choykoʻl ovulida joylashgan Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 30-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti hudud aholisining mushkulini oson qilib, farzandlariga namunali taʼlim-tarbiya   berayotganidan ota-onalar mamnun. Chunki davlat idoralarida, hududdagi fermer xoʻjaliklarida, turli sohalarda faoliyat olib boruvchi ota-onalar oʻz ish jarayonlarini bexavotir amalga oshirishlarida mazkur muassasa tarbiyachi-pedagoglarining hissasi katta.

Muassasada bolajonlarning yayrab oʻsishlari uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 1989-yilda qurilib, foydalanishga topshirilgan, loyihadagi quvvati 50-oʻringa moʻljallangan muassasa binosi 2019-yilda "Obod qishloq" dasturi doirasida sifatli taʼmirlanib, tevarak-atrofi obodonlashtirildi. Muassasa xodimlari va ota-onalarning oʻzaro hamjihatliklari bois, tashkilot hududi koʻkalamzorlashtirildi va gulzorlar barpo qilindi. Ayni paytda yam-yashil tabiat bagʻridagi ushbu soʻlim bolalar maskanida 3 ta asosiy guruhda 75 nafar kichkintoylar tarbiyalanmoqda.

Muassasada faoliyat olib boruvchi 22 nafar xodimlarning 10 nafari oʻz kasbining bilimdonlari boʻlgan tarbiyachi-pedagoglardir. Musiqa, sport, xorijiy tillar yoʻnalishlaridagi pedagoglarning 3 nafari oliy, 3 nafari oʻrta maxsus maʼlumotga ega malakali mutaxassislar boʻlib, ular tomonidan olib boriladigan mashgʻulotlarning barchasi tarbiyalanuvchilarning yosh toifalariga mutanosib ravishda, interfaol usullarda oʻtkazilgani bois, bolajonlar uchun juda qiziqarli va maroqli.

Ayniqsa, maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilarining nutqiy, aqliy va jismoniy rivojlanishishini taʼminlashga qaratilgan innovatsion loyihalar asosidagi taʼlimiy va tarbiyaviy mashgʻulotlarning uzviyligi tufayli 6-7 yoshdagi bolajonlar orasida intiluvchanlik, maktab hayotiga qiziqish, bilimga chanqoqlik xislatlarining shakllanishiga erishilmoqda.

Muassasada joriy yilgi taʼlim-tarbiya jarayonida 25 nafar tarbiyalanuvchi maktabga tayyorlov guruhi uchun belgilangan rejaviy-mashgʻulotlarni toʻliq oʻzlashtirdilar va 18-iyul sanasida oʻqishga, ilm olishga ishtiyoqmand 25 nafar jajji bolajonlar uchun muassasada "Xayr, bogʻcha, salom maktab!" mavzusida adabiy-musiqiy xayrlashuv tadbiri oʻtkazildi. Tadbirda kichkintoylarning ota-onalari, muassasa tarbiyachi-pedagoglari ishtirok etdilar. Bolajonlar bir necha yil davomida oʻzlari uchun qadrdon boʻlib qolgan "bogʻcha opalari"ga minnatdorchilik ramzi sifatida sheʼrlar aytib berishdi, musiqa toʻgaragida oʻrgangan ashula va raqslarini ijro etishib, ota-onalarini quvontirishdi. Xorijiy til, sport toʻgaraklarida shugʻullanish orqali oʻzlashtirgan yangi soʻzlari, sport mashqlarini amalda namoyish qilib berdilar. Albatta, farzandlarining xorijiy til oʻrganishga boʻlgan intilishlari, sportga qiziqishlaridan ota-onalar mamnun boʻldilar.

Tadbir davomida soʻzga chiqqan ota-onalar, tarbiyachi-pedagoglar bolajonlarga maktab taʼlimini puxta oʻzlashtirish, kelajakda ona Vatanga munosib farzandlar sifatida voyaga yetishlarida ezgu tilaklarini bildirdilar va ularga oʻzlarining sovgʻalarini topshirdilar. Shu kuni biri-biridan maroqli taassurotlarga boy tarzda oʻtgan tadbir yakunida muassasaning 25 nafar maktabga tayyorlov guruhi tarbiyalanuvchilari quvnoq musiqa sadolari ostida tantanali ravishda maktab taʼlimi sari kuzatib qoʻyildi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026