16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:06
Jamiyat 👁 716

Ahmadjon NAFASOV

Ahmadjon NAFASOV

2025-yil 21-iyul kuni taniqli shoir, ijodkor, pedagog va jamoat arbobi Ahmadjon Nafasov 71 yoshida olamdan oʻtdi.

Uning hayot yoʻli ilm va maʼrifatga, adabiyot va ijodiyotga boʻlgan cheksiz muhabbatning yorqin namunasidir.

Ahmadjon Nafasov 1954-yilda Amudaryo tumanining Qizilcholi qishlogʻida tavallud topgan. Maktabni tugatgach, 1971-1972-yillarda "Oʻzbekiston" xoʻjaligida ishchi boʻlib faoliyat yuritgan. 1973-1975-yillarda armiya safida xizmat qilgan. Otasi – tajribali oʻqituvchi Nafas Jamgʻurovga havas qilib bolaligidan kitob oʻqishga, adabiyotga mehr qoʻygan Ahmadjon Nafasov 1975-yilda Toshkent davlat universitetining filologiya fakultetiga oʻqishga kirdi. 1981-yilda ushbu oliygohni muvaffaqiyatli tamomladi.

1975-1981-yillarda yoshlar tashkilotida faoliyat olib borgan Ahmadjon Nafasov universitetni tugatgach, oʻz qishlogʻidagi 9-sonli maktabda oʻzbek tili va adabiyoti fanidan dars bera boshladi. Pensiyaga chiqquniga qadar ushbu taʼlim dargohida koʻplab shogirdlar tayyorlab, yoshlarning adabiyotga boʻlgan qiziqishini oshirishga, maʼnaviyatini yuksaltirishga munosib hissa qoʻshdi.

U 2009-yilda pensiyaga chiqqaniga qaramay, ijodiy faoliyatini toʻxtatmadi. Turli mavzularda goʻzal sheʼrlar, gʻazallar yaratdi, publitsistik asarlar ustida ishladi. Uning koʻplab sheʼrlari xonandalar ijrosida qoʻshiq boʻlib, har bir xonadonga kirib bordi. 2011-yilda ustozi Tursunboy Abdullayevning hayot va ijod yoʻliga bagʻishlangan "Salomchi – mening unvonim" nomli, 2018-yilda "Keldim dovonlar oshib" nomli kitoblari nashrdan chiqib, adabiyot, sanʼat va ijod ahlining yuksak eʼtirofiga sazovor boʻldi va kitobsevar xalqimizning maʼnaviy mulkiga aylandi.

2015-yildan boshlab "Jayxun ilhomlari" nodavlat notijorat tashkilotiga raislik qilib, yosh ijodkorlarni kashf etish, ularni qoʻllab-quvvatlash va kitoblarini nashr etish ishlariga bosh boʻldi. Uning saʼy-harakatlari bilan oʻnlab yoshlarning mualliflik kitoblari nashrga tayyorlandi va chop qilindi. Yosh avlodning maʼnaviy dunyosini boyitish va tafakkurini rivojlantirish maqsadida uning tashabbusi bilan "Jayxun ilhomlari" nodavlat notijorat tashkiloti qoshida kutubxona tashkil qilinib, tumanning olis hududlarida ham koʻchma kutubxonalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Kitobsevar yoshlar safi oshib, kitobxonlik ommalashdi.

Keyinchalik tumanimizdagi 2-sonli maktabda ijodiy-madaniy masalalar boʻyicha targʻibotchi vazifasida ishlab, yosh avlodni maʼnan barkamol etib tarbiyalash, faol oʻquvchilarning ijodiy ishlarini keng jamoatchilikka yetkazish, mushoiralar, adabiy-badiiy tadbirlar, kitobxonlik va sheʼrxonlik kechalari tashkil etish kabi ishlarda faollik koʻrsatdi. Maktabda "Yosh ijodkorlar" toʻgaragi faoliyatini yoʻlga qoʻyib, yoshlarning iqtidorini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshdi.

Ahmadjon Nafasov nuroniy sifatida mahalla va jamoatchilik ishlarida ham faol ishtirok etib, jamiyatda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirish, mehr-oqibat va hamjihatlik tuygʻularini mustahkamlashda jonbozlik koʻrsatdi. Umr yoʻldoshi bilan 3 oʻgʻil va 2 qizni tarbiyalab, jamiyatga naf keltiradigan insonlar qilib voyaga yetkazdi.

Uning fidokorona mehnatlari munosib eʼtirof etilib, "Oʻzbekiston Xalq maorifi aʼlochisi" va "Oʻzbekiston mustaqilligining 25 yilligi" koʻkrak nishonlari bilan taqdirlandi.

Ahmadjon Nafasovning vafoti ijod ahli uchun ogʻir judolik boʻldi. Uning sermazmun umr yoʻli kelgusi avlodlarga ibrat boʻlib, goʻzal insoniy fazilatlari va porloq xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi.

"Taraqqiyot koʻzgusi" gazetasi va "Amudaryo TV" telekanali tahririyatlari hamda

"Jayxun ilhomlari" NNT jamoasi, bir guruh ijodkor doʻstlari,

ustozlari va shogirdlari

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019