16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Siyosat 👁 398

“QIShLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISh” LOYIHASI DOIRASIDA UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING BINOLARI REKONSTRUKTsIYa QILINMOQDA

“QIShLOQ JOYLARNI BARQAROR RIVOJLANTIRISh” LOYIHASI DOIRASIDA UMUMTAʼLIM MAKTABLARINING BINOLARI REKONSTRUKTsIYa QILINMOQDA

Mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasini zamon talablari darajasida tashkil etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar soʻnggi yillarda sohada jiddiy oʻzgarishlarga erishish imkonini berdi. Ayniqsa, umumtaʼlim maktablarining moddiy-texnik bazasi tubdan yangilanib, zamonaviy kompyuter texnologiyalari bilan taʼminlanish darajasi oshdi, eng olis hududlardagi maktablarning oʻquvchilari ham toʻliq internet tarmogʻiga ulangan kompyuter sinf xonalarida taʼlim-tarbiya olish, axborot-kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanish imkoniga ega boʻldilar. Davlatimizning beqiyos gʻamxoʻrligi tufayli bugungi oʻquvchi-yoshlar har tomonlama qulay sharoitlarda oʻqib, bilim olmoqdalar. Faqat soʻnggi 7-yil davomida mamlakatimizning turli hududlarida 5 mingdan ziyod zamonaviy qiyofadagi maktablar tashkil etildi. 2025-yilning oʻzida 608 ta maktabda qurilish-taʼmirlash ishlari olib borildi va bu kabi sohani modernizatsiya qilishga qaratilgan chora-tadbirlar 2025-2026 oʻquv yilida ham izchillik bilan davom ettirilmoqda. Xususan, 2025-2026 oʻquv yilida mamlakatimizda 100 dan ziyod maktablar tashkil etilib, 257 ming oʻquvchi oʻrnini ochish, xorijiy tilli maktablar sonini 420 taga, oʻquvchi-yoshlarni kasb-hunarga yoʻnaltirishga qaratilgan taʼlim muassasalarini 400 taga yetkazish koʻzda tutilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-dekabrdagi “2025-2027-yillarda Oʻzbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Qaroriga koʻra, Investitsiya dasturi doirasida “Oʻzbekiston—2030” strategiyasida belgilab berilgan vazifalarni hayotga tatbiq etish, ayniqsa, 2025-yildan boshlab har yili umumtaʼlim maktablarining sanitariya-gigiyenik infratuzilmasini yaxshilash uchun kamida 100 mlrd soʻm ajratib borish amaliyoti joriy etilib, “Ochiq byudjet” axborot portali orqali jamoat fikri va aholi istaklari asosida taʼmirtalab holatdagi va olis hududlarda joylashgan maktablarni taʼmirlash va rekonstruktsiya qilish  belgilangan edi. Ushbu vazifalarni  amalga oshirish maqsadida Amudaryo tumanida ham keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi taʼmirtalab, bugungi kundagi quvvati, moddiy-texnik imkoniyatlari talab darajasida boʻlmagan umumtaʼlim maktablarining infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan  qurish va rekonstruktsiya ishlari  olib borilmoqda.

Ayni paytda Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufida  umumiy quvvati  33 ming 135-oʻringa ega 86 ta maktab va 1 ta “Barkamol avlod” bolalar markazi mavjud. Ularda jami 38 ming 769 nafar oʻquvchi-yoshlar taʼlim-tarbiya olishmoqda. Davlatimizning beqiyos gʻamxoʻrligi natijasida tumanning eng chekka hududlaridagi maktablar ham internet tarmogʻiga ulanib,  yosh avlodning har tomonlama mukammal bilim olishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Choykoʻl ovulidagi 59-sonli umumtaʼlim  maktabi yaqin-yaqinlargacha hududdagi 22-sonli maktab filiali sifatida faoliyat olib boruvchi, sharoitlari haminqadar darajadagi taʼlim-tarbiya muassasasi edi. Moslashtirilgan binoda joylashgan mazkur maktab aholi sonining oʻsib borishi, qolaversa, boshlangʻich taʼlimdan soʻng hudud yoshlarining ovul markazidagi 22-sonli maktabga qatnab oʻqishida   qiyinchiliklar yuzaga kelayotgani inobatga olinib, muassasa 59-sonli umumtaʼlim maktabiga aylantirildi. Albatta, bu bilan muammo hal boʻlmadi, qishda sovuq va zax tortgan tor, yozda issiq va dim sinfxonalarda oʻqish nafaqat oʻquvchilar, balki oʻqituvchilar uchun ham emin-erkin mashgʻulotlarni oʻtkazish imkoni kam edi.

Ayni kunlarda Investitsiya dasturi doirasida 59-sonli maktab uchun 180-oʻrinli yangi bino, 12x24 oʻlchamdagi zamonaviy sport zali qurilishi jadal surʼatlarda olib borilmoqda. Tender bahosi 4 mlrd 500 mln soʻmga yaqin boʻlgan mazkur bunyodkorlik ishlari “Amudaryo xizmat koʻrsatish” MChJ quruvchilari tomonidan sifatli amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Boʻz yop ovulida joylashgan 68-sonli maktabda “Qizketken maxsus  qurilish” MChJ quruvchilari tomonidan umumiy qiymati 10 mlrd. 400 mln soʻmga yaqin boʻlgan jami 510-oʻrinli oʻquv binosi, 12x24 oʻlchamdagi 2 ta sport zali qurilishi jadal surʼatlarda olib borilmoqda.

Qurilish ishlarining oʻz muddatida va sifatli amalga oshirilishi tuman prokuraturasi tomonidan doimiy nazoratga olingan. Bu esa loyiha asosida belgilangan vazifalarning oʻz vaqtida, shaffof va samarali bajarilishiga xizmat qilmoqda.

“Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari nafaqat hududlar infratuzilmasi bilan bogʻliq muammolarni ijobiy hal etish, balki oʻsib kelayotgan yosh avlod taʼlim-tarbiyasi bilan bogʻliq umummilliy ahamiyatga  molik ishlarni jahon andozalari darajasiga  koʻtarish imkonini beradi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019