16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Siyosat 👁 477

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 11-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 11-sessiyasi toʻgʻrisida axborot

Joriy yilning 24-iyul kuni Amudaryo tumani hokimligining majlislar zalida Xalq deputatlari Amudaryo tuman kengashining navbatdagi 11-sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiya majlisida deputatlar, hokim oʻrinbosarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.

Sessiyani Xalq deputatlari tuman Kengashi Raisi tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochdi hamda olib bordi. Sessiya kotibligiga “12-Doʻrman” saylov okrugidan deputat Kurbangali Beshbayevni tayinlash toʻgʻrisidagi taklif deputatlar tomonidan maʼqullandi.

Kun tartibidagi dastlabki masala tuman mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlari va muassasalarining xarajatlar smetalariga ajratilgan mablagʻlarning maqbullashtirilgan qismini ish haqi va yagona ijtimoiy soliq toʻlovlari boʻyicha yetishmagan qismiga yoʻnaltirish toʻgʻrisida tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Fahriddin Yusupov hisobot berdi.

Hisobotda keltirilishicha, tegishli qonun hujjatlari bilan tuman mahalliy byudjetidan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilotlarining samarasiz shtatlar va xarajatlaridan 2 mlrd. 379,3 mln soʻm mablagʻlar maqbullashtirilgan. Ushbu mablagʻlar hisobidan birinchi navbatda mahalliy byudjet tashkilotlarining ish haqi va unga tenglashtiriladigan majburiy toʻlovlarni, shuningdek, tumanda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish dasturlarida belgilangan choralarni moliyalashtirishni taʼminlash rejalashtirilgan.

Sessiya majlisida kun tartibidagi navbatdagi masala – tuman prokuraturasining qonun ustuvorligini taʼminlash borasidagi faoliyati yuzasidan tuman prokurori Bahram Masharipov hisobot berdi.

Hisobotda tuman prokuraturasi tomonidan joriy yilning birinchi yarmida “Inson qadri uchun” degan ezgu gʻoyani toʻliq roʻyobga chiqarish, hududda qonun ustuvorligini taʼminlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish maqsadida keng koʻlamli profilaktik ishlar amalga oshirilayotgani xususida soʻz yuritildi.

Xususan, aholining huquqiy madaniyatini oshirish maqsadida 200 dan ortiq targʻibot tadbirlari va uchrashuvlar oʻtkazilgan. Davlatimiz rahbarining joriy yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori doirasida tuman hududida jami 192 ta videokuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Amalga oshirilgan samarali profilaktika tadbirlari natijasida tuman hududida umumiy jinoyatchilik 15 foizga, oldini olish mumkin boʻlgan jinoyatlar esa keskin kamaygan.

Kun tartibidagi huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish boʻyicha joriy yilning 6 oyi mobaynida amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisidagi masala yuzasidan tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Muhammetali Xojamuratov hisobot berdi.

Hisobotda taʼkidlanganidek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi 1-sonli qarori ijrosini taʼminlash maqsadida tuman darajasidagi va har bir mahalla boʻyicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar yoʻl xaritalari ishlab chiqilib, “Mahalla yettiligi”, tashkilotlar rahbarlari bilan birgalikda qator ishlar amalga oshirilgan. Bunda asosiy eʼtibor ishsiz, shuningdek jinoyat sodir etishga moyil hamda jinoyat qurboni boʻlishi mumkin boʻlgan fuqarolar bilan ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshirishga qaratilgan.

Navbatdagi – mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamgʻarmasi daromadlari va xarajatlari ijrosi toʻgʻrisidagi masala yuzasidan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi Amudaryo tumani boʻlimi boshligʻi Alisher Yuldashevning hisoboti tinglandi.

Oʻtgan yarim yil davomida mahallalar uyushmasi tuman boʻlimi tomonidan 49 ta ovul hamda mahallani aholi bilan davlat oʻrtasidagi “koʻprik” vazifasini amalga oshiruvchi erkin va xalqchil strukturaga aylantirishga koʻmaklashish, “Mahalla yettiligi”ning faoliyatini natijali tashkil etish borasida qator ishlar amalga oshirilgan.

Fuqarolar yigʻinlariningi moddiy-texnik bazasini mustahkamlash uchun 29 mln soʻmlik 6 ta kompyuter texnikasi, 20 mln soʻmlik 7 ta printer, 154 mln soʻmlik 31 ta konditsioner xarid qilingan va fuqarolar yigʻinlari balansiga berilgan. 16 ta mahallaga jami 29 ta, umumiy qiymati 335 mln soʻmlik kuzatuv kameralari oʻrnatilgan. Barcha mahallalar binolarining kadastr hujjatlari ishlanib, buning uchun 93 mln soʻm sarflangan. Shuningdek, joriy yilning 6 oyi davomida mahallalardagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar uchun jami 395 mln soʻmlik moddiy yordam koʻrsatilgan. Ushbu ishlarni amalga oshirish uchun jami 1 mlrd 129 mln soʻmdan ortiq mablagʻ sarflangan.

Sessiyada tuman Adliya boʻlimi boshligʻi Mansur Sadikov joriy yilning olti oyi mobaynidagi ish faoliyati xususida hisobot berdi.

Hisobtga koʻra, boʻlimga 89 ta ariza va shikoyatlar kelib tushgan boʻlib, ushbu murojaatlarning barchasi ijobiy hal qilinib, ariza va shikoyatlar qanoatlantirilgan. Boʻlim xodimlari tomonidan joriy davr mobaynida bevosita shaxsiy qabulda 19 nafar fuqarolar qabul qilingan, sudlarga 8 nafar fuqaroning manfaatini koʻzlab arizalar kiritilib, shundan 5 tasi qanoatlantirilgan. Qolgan daʼvo arizalar koʻrib chiqish jarayonida.

Sessiyada tuman hokimligida ijro intizomiga rioya etilishi holati toʻgʻrisidagi masala yuzasidan hokimlik ijro intizomi nazorati boʻlinmasi bosh mutaxassisi Maʼmurjon Tadjiboyev hisobot berdi.

Hokimlikka 2025-yilning oʻtgan 6 oyida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti 16 ta Farmoni, 36 ta qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 24 ta qarorlari asosida tayyorlangan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining jami 76 ta normativ tusdagi hujjatlari kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlarning ijrosi yuzasidan tuman hokimining 43 ta qarori qabul qilingan. Qolgan 33 ta hujjatga tuman miqyosida vazifa va topshiriq belgilanmaganligi sababli maʼlumot uchun qabul qilingan.

“edo.ijro.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi orqali 2025-yilning bugungi kuniga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining jami 34 ta hujjati Farmon va qarorlari hamda Prezident huzurida oʻtkazilgan majlis bayonlari kelib tushgan boʻlib, ushbu hujjatlar ijrosi boʻyicha 34 ta nazorat rejalari ishlab chiqilib, tasdiqlangan hamda ijroga qaratilgan.

Sessiyada shuningdek, “Amudaryo tumani suv yetkazib berish xizmati” davlat muassasasi direktori oʻrinbosari Nurbek Abdullayevning ham hisoboti tinglandi.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan barcha masalalar, hisobot va axborotlar atroflicha muhokama qilinib, deputatlarning fikr-mulohazalar tinglangan holda tegishli qarorlar qabul qilindi.

Shu bilan Xalq deputatlari tuman kengashining 11-sessiyasi oʻz ishini yakunladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019