16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Siyosat 👁 448

Deputatlar birinchi yarim yillik yakuni boʻyicha saylovchilarga hisobot bermoqda

Deputatlar birinchi yarim yillik yakuni boʻyicha saylovchilarga hisobot bermoqda

2025-yil 25-iyul kuni Amudaryo tumanining Bosuv mahallasida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Gʻulomjon Yeshniyozov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yaxshimurod Ahmedovning saylovchilar bilan uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Gʻulomjon Yeshniyozov 2025-yilning birinchi yarmi davomida Joʻqorgʻi Kenges tomonidan amalga oshirilgan ishlar, jumladan, qabul qilingan qonunlar va qarorlar haqida, shuningdek, Joʻqorgʻi Kenges tomonidan hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, yangi ish oʻrinlarini tashkil qilish, tadbirkorlikni rivojlantirish, yoshlarning bandligini taʼminlash, xotin-qizlarga eʼtiborni kuchaytirish, hududlardagi ijtimoiy infratuzilmani yaxshilash boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar xususida maʼlumot berdi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Yaxshimurod Ahmedov Amudaryo tumanida, xususan Bosuv mahallasi hududida amalga oshirilayotgan qurilish va bunyodkorlik, obodonlashtirish ishlariga eʼtibor qaratib, Kengashning joriy yil 1-yarmi davomidagi faoliyatiga toʻxtalib oʻtdi.

Yigʻilishda Bosuv mahallasida yashovchi fuqaro Qurbonboy Bobojonov mahalla hududida tibbiyot markazi yoʻqligini, aholi oddiygina ukol olish uchun ham markaziy poliklinikaga borishga toʻgʻri kelayotganini maʼlum qilib, mahalla markaziga qishloq shifokorlik punkti qurish taklifini bildirdi. Qolaversa, mahalla hududida yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish maqsadida futbol va voleybol maydonchalarini qurish boʻyicha taklif berdi.

Fuqaro Latif Hojiboyev mahalla ahliga qulaylik yaratish, ayniqsa bolalar maktabga borib-kelishida xavfsizlikni taʼminlash maqsadida mahalla hududidagi 26-sonli maktabdan Mangʻit aylanma yoʻliga chiquvchi yoʻl boʻyiga piyodalar yoʻlakchasi qurish taklifini bildirdi.

Deputatlar takliflarni tegishli ijrochilarga yetkazib, kelgusi yillarning dasturlariga kiritish boʻyicha choralar koʻrilishini maʼlum qildi.

Shu kabi uchrashuv tumanning Choykoʻl ovulida ham oʻtkazildi. Uchrashuvda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Gʻulomjon Yeshniyozov hamda xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Saylixon Murodboyevalar saylovchilarga oʻzlarining deputatlik vakolatlari doirasida joriy yilning oʻtgan 6 oyi davomida amalga oshirgan ishlari haqida hisobot berdilar.

Soʻzga chiqqan mahalla faollari ovulning Madaniyat koʻchasidagi ichki yoʻlga asfalt yotqizish ishlarini davom ettirish, qolaversa, ovul aholisi va oʻquvchilarga qulaylik yaratish maqsadida Mangʻit-Qipchoq yoʻlining bir tomoniga piyodalar yoʻlakchasini qurish, maktab yonidan oʻtgan avtomobil yoʻlida harakat koʻpligini inobatga olgan holda, oʻquvchilarning va oʻqituvchilarning yoʻldan xavfsiz oʻtishini taʼminlash maqsadida svetofor oʻrnatish boʻyicha takliflar bildirildi.

Takliflar inobatga olinib, tegishli tashkilotlarga deputatlik soʻrovi chiqarilishi maʼlum qilindi.

Yigʻilishdan keyin Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Gʻulomjon Yeshniyozov va xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashi deputati, Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining tuman Kengashi rahbari Yaxshimurod Ahmedov deputatlik nazoratini oʻrnatish maqsadida Bosuv mahallasi hududiga ichimlik suvi tarmogʻini yotqizish ishlari bilan yaqindan tanishdi.

Maʼlumki, davlatimiz rahbarining maxsus qaroriga asosan Osiyo Taraqqiyot banki ishtirokida Amudaryo tumanida aholining toza ichimlik suvi bilan markazlashgan holda taʼminlanish darajasini sezilarli darajada oshirish maqsadida Ozarbayjon qurilish korxonasi hamkorligida qiymati 29 mln AQSh dollaridan ortiq boʻlgan qurilish ishlari amalga oshirilmoqda.

Deputatlar qurilish jarayonida smeta hujjatlari va tasdiqlangan sxemalarga qatʼiy rioya qilish, jamoatchilik nazorati subʼektlari uchun mahallaga kirish qismiga tegishli tartibda tasdiqlangan xaritalarni va qurilish pasportini joylashtirish boʻyicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, deputatlar Choykoʻl ovuli hududida qurilayotgan 59-sonli maktabga tashrif buyurib, maktabning qurilishi bilan yaqindan tanishdi. Mazkur maktab binosi yoniga 180 oʻquvchi oʻrinli qoʻshimcha bino hamda sport zali qurilmoqda. Obʼektning tender qiymati 1 mlrd 832 mln soʻmni tashkil qiladi.

Xalq vakillari deputatlik nazoratini oʻrnatgan holda qurilish ishlarini sifatli va oʻz vaqtida yakunlash boʻyicha tavsiyalar berdilar.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019