16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Siyosat 👁 602

Deputat saylovchilarning dolzarb muammolariga eʼtibor qaratdi

Deputat saylovchilarning dolzarb muammolariga eʼtibor qaratdi

Joriy yilning 28-iyul sanasida Amudaryo tumanidagi 31-sonli Oʻrta qalʼa saylov okrugidan Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati — Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati Ilhom Polvonov oʻz saylovchilari bilan uchrashdi. Deputat bilan uchrashuv tadbirida OʻzLiDeP Amudaryo tuman Kengashi apparati rahbari Yaxshimurod Ahmedov, Xalq deputatlari  tuman Kengashi deputati Madamin Kazakov, Beruniy nomli, Doʻstlik, Durunki mahallalari masʼullari va saylovchilari ishtirok etishdi.

Uchrashuvda saylovchilar tomonidan mazkur mahallalar aholisi hayotiga doir infratuzilma bilan bogʻliq bir qator muammoli masalalar koʻtarildi. Xususan, Beruniy nomli mahallaning shahar markaziga yaqin qismidagi elektr energiyasi uzatish ustunlari 1964-yilda oʻrnatilgan boʻlib, ayni paytda yaroqlilik muddati oʻtib boʻlgan. Ustunlarning yer qismidagi beton tayanchlarda allaqachon yemirilish boshlangan. Ustunlar yaqin vaqt ichida almashtirilmasa, tashqi taʼsir natijasida qulab tushishi va bu hudud aholisi hayotiga xavf tugʻdirishi mumkin. Saylovchilar tomonidan koʻtarilgan ushbu masala yuzasidan deputat Ilxom Polvonov shu yerning oʻzida tuman elektr tarmoqlari korxonasi rahbari bilan telefon orqali bogʻlanib, muammoli masalani ijobiy hal etish choralarini koʻrdi va soha masʼullari tomonidan tayanch ustunlarini almashtirish boʻyicha ishlar olib boriladigan boʻldi.

Shu kuni deputat Ilxom Polvonov Arna boʻyi mahallasi hududidagi saylovchilari bilan ham uchrashib, mahalla aholisini qiynab kelayotgan muammoli masalalarni oʻrgandi. Uchrashuvda mahalla hududidan oqib oʻtuvchi 3,8 km. uzunlikdagi ariqni qazish, hududda aholiga tibbiy xizmat koʻrsatishni yaxshilash bilan bogʻliq masalalar qizgʻin muhokamalar markazida boʻldi.

Ayniqsa, mahallada dehqonchilik madaniyatini yuksaltirishda suv yoʻllarining oʻtkazuvchanlik holatini yaxshilash, yillar davomida tozalanmagan suv yoʻllarini maxsus texnika yordamida qazib, tozalash juda muhimligi taʼkidlandi. Bundan tashqari, soʻnggi yillarda aholi sonining ancha oʻsganini inobatga olib, ularning namunali tibbiy xizmatdan bahramand boʻlishi uchun hududda oilaviy shifokorlik punktini qurish masalasiga eʼtibor qaratildi.

Har ikki masala  yuzasidan bildirilgan fikrlar va takliflar deputat tomonidan alohida tizimga olinib, mahalla hududidan oqib oʻtuvchi 3,8 km. uzunlikdagi ariqni maxsus texnikalarni jalb qilgan holda  qazish  boʻyicha tegishli tashkilotlar bilan bogʻlanib, muammoning yechimi yuzasidan choralar koʻrildi. Shuningdek, mahalla hududida oilaviy shifokorlik punktini qurish boʻyicha Qoraqalpogʻiston Respublikasi Sogʻlikni saqlash vazirligiga deputat soʻrovi yuborish orqali muammoni ijobiy hal etish choralari koʻriladigan boʻldi. Bundan tashqari,  saylovchilar Oʻrta qalʼa ovuli hududida bolalar oʻyin maydonchasini qurish, Yangiobod mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi zaxkash ustiga koʻprik qurish, mahalla koʻchalariga qum-shagʻal aralashmasi toʻshash zarurligi haqidagi muammolarni hal etishda deputatning ishtiroki, amaliy koʻmagi zarurligini taʼkidladilar. Ushbu masalalar ham deputat tomonidan alohida qayd etilib, tizimga olindi va tegishli tashkilotlar orqali  muammolarni ijobiy hal etish choralari koʻrildi.

Uchrashuv davomida deputat bilan saylovchilar oʻzaro dildan muloqot qildilar. Xususan, farzandlar taʼlim-tarbiyasi, oilalar mustahkamligini taʼminlashda, aholining ish bilan bandligi darajasini oshirishda yoshlar tadbirkorligining ahamiyati kabi masalalar boʻyicha fikr almashdilar hamda oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar, ularning barcha savollariga deputat Ilxom Polvonov oʻz vakolati doirasida batafsil javob berdi.

Boʻlib oʻtgan uchrashuv siyosiy partiyalarning aholi turmush farovonligini oshirish yoʻlidagi saylovoldi dasturiy-rejalarini amalga oshirish borasida xalq bilan yakdilligining yorqin ifodasi boʻldi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019