16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:38
Fan va taʼlim 👁 368

“Dolzarb 90 kun” yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

“Dolzarb 90 kun” yoshlarga yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda

Yangi Oʻzbekistonda yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar va ularga qaratilgan eʼtibor yoshlarning tashabbuskorligi hamda kreativ yondashuvlarida muhim oʻrin tutmoqda. Xususan, Prezident tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida joylarda keng koʻlamli ijtimoiy-madaniy tadbirlar tashkil etilmoqda.

Oliy taʼlim muassasalari, umumtaʼlim maktablari va boshqa taʼlim-tarbiya maskanlarida turli toʻgaraklar faoliyati yoʻlga qoʻyilib, “Ilgʻor gʻoya”, “Mening start-up loyiham”, “Dolzarb 90 kun” kabi videokonferentsiyalar va seminarlar orqali yoshlarning ijtimoiy faolligi oshirilmoqda. Bu kabi jarayonlar talabalarni yangidan-yangi maʼlumotlar bilan boyitish barobarida ularda oʻz ustida ishlashga kuchli motivatsiya shakllantirmoqda.

Bu dastur doirasida amalga oshirilayotgan tashabbuslarni maʼlum maʼnoda bir-biriga bogʻlangan zanjir singari, yoshlarni yetuklik sari yetaklovchi yoʻl deb atash mumkin. Chunki oʻzlikni anglay olish — yetuklik belgisidir. Bugun ijtimoiy hayotda oʻz oʻrnini topishga intilganlar jamiyatda tobora koʻpaymoqda. Mazkur loyiha ular uchun oʻz salohiyatini namoyon etishga qulay imkoniyat va katta turtki boʻlmoqda.

Jahondagi koʻpgina mamlakatlar oʻzining bilimga chanqoq, zehni oʻtkir yoshlari bilan ajralib turishi bejiz emas. Bu, avvalo, taʼlim tizimi va oʻqitish metodikasining samarasidir. Shuningdek, bolani har tomonlama rivojlantirish, uning qiziqishlarini qoʻllab-quvvatlash — toʻgʻri yoʻnalishlardan biri. Bunda musiqa va sanʼat hamda sport toʻgaraklari yoshlarni maʼnan va jismonan yetuk shaxslar etib voyaga yetkazadi.

XXI asr – Oʻzbekiston yoshlari dunyo bilan hamqadam boʻlishi lozim. Biroq ayrim yoshlar texnologik imkoniyatlarni faqat koʻngilochar maqsadlarda ishlatishi, kitob mutolaasidan voz kechishi ularning intellektual rivojiga salbiy taʼsir koʻrsatmoqda. Bu esa umumiy maʼnaviy muhitga ham taʼsir oʻtkazishi mumkin. Shu sababli, yoshlarda sogʻlom tafakkur, bilimga chanqoqlik va shaxsiy masʼuliyatni shakllantirish muhim vazifadir.

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi tashabbuslar bu kabi muammolarga amaliy yechim sifatida xizmat qilmoqda. Agar inson oldiga maqsad qoʻyib, unga aniq muddat belgilasa, u holda natijaga erishish uchburchagi yuzaga keladi. Inson ushbu uchburchakning asosiy ustuniga aylanib, harakat va saʼy-harakat jarayonini kuchaytiradi. Bu esa natijaning tez va samarali boʻlishiga olib keladi.

Bugun raqamli texnologiyalar, sunʼiy intellekt orqali bilim olish va rivojlanish imkoniyatlari kengaymoqda. Shu jihatdan, mazkur 90 kunlik jarayon har bir yosh uchun yangi nafas, ilhom manbai boʻlishi, uning qiziqishlari va qobiliyatini aniqlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Vaqtni unumli foydalanish, kreativlik bilan harakat qilish — bugungi yosh avlodning asosiy burchidir. Biz qabul qilayotgan har bir qaror, tashlanayotgan har bir qadam kelajak poydevorini mustahkamlaydi.

Biz — yoshlar, oʻzimizda yangi choʻqqilarni zabt etishga boʻlgan iroda va aql-idrokni shakllantirishimiz shart. Chunki shu 90 kun mobaynida kelajakda xalqimizga manfaat keltiradigan, yetuk, layoqatli kadr sifatida shakllanish imkoniyati yaratilyapti. Shuning uchun har birimiz oʻzimizning ichki “men”imizni uygʻotaylik!

Zero, har bir inson — butun bir xalqni tashkil etadi. Uning qilayotgan amallari esa kelajak avlod taqdiriga bevosita taʼsir koʻrsatadi.

Mashhura Xayitboyeva, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti talabasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019