16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:20
Siyosat 👁 710

Prezident Farmoni ijrosi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda samaradorlik masalalari muhokama qilindi

Prezident Farmoni ijrosi va maʼnaviy-maʼrifiy ishlarda samaradorlik masalalari muhokama qilindi

Maʼlumki, mamlakatimizda soʻnggi yillarda xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish borasida keng koʻlamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Xususan, xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholini tashvishga solayotgan dolzarb masalalarni hal etish boʻyicha vakolatlarining takomillashayotganligi, shuningdek, yangilangan Konstitutsiyaga muvofiq Kengash raisi va hokim lavozimi bir-biridan ajratilib, "Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim" tamoyilining amaliyotga joriy etilgani tizimdagi byurokratik toʻsiqlarga barham berish imkonini yaratdi.   Ayniqsa, bu 2025-yil 23-iyunda Prezidentimiz tomonidan imzolangan "Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik   organlari faoliyatini 2030-yilga qadar    rivojlantirish Kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi 98-sonli Farmonida belgilangan keng koʻlamli vazifalarning amaliy ijrosiga bagʻishlangan saʼy-harakatlarda yaqqol namoyon boʻlmoqda.

Ushbu Farmonga koʻra, 2025-yil 14-iyulda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi Raisi tomonidan "Xalq deputatlari tuman Kengashlari yonidagi Yoshlar maslahat guruhi aʼzolari, OFY va MFY raislari, maʼnaviyat sohasi mutaxassislari ishtirokida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar dasturi" tasdiqlangan edi. Joriy yilning 29-iyul sanasida Amudaryo tuman hokimligi binosida mazkur chora-tadbirlar dasturi doirasida kengaytirilgan yigʻilish boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita boshligʻi Sharapatdin Oʻtemisov, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻining oʻrinbosari Nariman Shinnazarov, Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov, Tuman Kengashi deputatlari, idora va tashkilotlar rahbarlari, umumtaʼlim maktablari direktorlarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha  oʻrinbosarlari, OFY va MFY raislari, maktabgacha taʼlim tashkilotlari metodistlari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Yigʻilishni tuman hokimi S. Xoʻjametov ochdi va olib bordi. Yigʻilish avvalida Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bilan ovul va mahallalar oʻrtasidagi oʻzaro xabardorlik va hamkorlik masalalari yuzasidan fikrlashib olindi. Shundan soʻng yigʻilish kun tartibidagi asosiy masala – Kengash kotibiyati bilan OFY va MFYlar oʻrtasidagi xabardorlik va hamkorlik xizmatini yanada jonlantirish, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 23-iyundagi "Oʻzbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilga qadar rivojlantirish kontseptsiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida"gi Farmonidan kelib chiqadigan vazifalar muhokama etildi. Ushbu masala yuzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining qoʻmita boshligʻi Sharapatdin Oʻtemisov maʼruza qildi. U oʻz maʼruzasida Prezident Farmoniga koʻra, jamiyatimizda "Kuchli Kengash, hisobdor va tashabbuskor hokim" tamoyilini amaliyotga joriy etishdan koʻzlangan maqsad va vazifalar  xususida batafsil maʼlumotlar berdi.

Xususan, mahalliy darajada xalq hokimiyatchiligini toʻlaqonli roʻyobga chiqarish, jamiyat va davlat hayotining muhim masalalarini hal etishda davlat hokimiyati vakillik organlarining rolini oshirish, fuqarolarning mahalliy boshqaruvda keng ishtirokini taʼminlash orqali demokratik jarayonlarni mustahkamlash, ijro hokimiyati organlarining mahalliy xalq vakillari oldidagi hisobdorligini oshirish, hududiy boshqaruvni aholi manfaatlariga xizmat qilish tamoyili asosida nomarkazlashtirish, hududlararo savdo-iqtisodiy va madaniy aloqalarni kuchaytirish, ushbu jarayonlarda yoshlarning ishtirokini qoʻllab-quvvatlash kabi masalalarga yigʻilish ishtirokchilarining eʼtiborini qaratdi.

Shundan soʻng Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻlimi boshligʻi oʻrinbosari Nariman Shinnazarovning maʼruzasi tinglandi. U oʻz maʼruzasida Respublika Maʼnaviyat markazining 2025-yil 3-iyuldagi xabarnoma xatida qayd etilgan maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni olib borishdagi kamchiliklar va ularni bartaraf etish boʻyicha umumtaʼlim maktablarining maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosarlari hamda MTTlarda faoliyat olib boruvchi metodistlarning ishini samarali tashkil etish yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar berdi.

Har ikkala maʼruza yuzasidan muzokaralarda ishtirok etgan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, 40-sonli maktab direktori Sanobar Xoʻjamurotova va boshqalar Kontseptsiyada belgilab berilgan ustuvor vazifalarni amalga oshirish, shuningdek, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazining xabarnoma xatida qayd etilgan kamchiliklarni bartaraf etish boʻyicha oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar. Shuningdek, yigʻilish davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-fevraldagi "Mahalla institutining jamiyatdagi rolini tubdan oshirish va uning aholi muammolarini hal etishda birinchi boʻgʻin sifatida ishlashini taʼminlashga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmonining ijrosi hamda galdagi vazifalar boʻyicha OFY va MFY raislari ishtirokida amaliy seminar ham tashkil etilib, mahalla institutini yanada takomillashtirish, aholi bilan ishlashda yangi mexanizmlarni amaliyotga izchil joriy etish yuzasidan oʻzaro fikrlar almashildi va Xalq deputatlari tuman Kengashi qoshidagi Yoshlar maslahat guruhi aʼzolariga Prezident Farmon va Qarorlari ijrosini taʼminlash borasida aniq rejalar belgilab, shu asosda ish yuritish yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar ham berildi.

Robiya Yoʻldosheva.

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019