16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:33
Jamiyat 👁 382

Farovon mahallasi yoshlar yetakchisi mahalla yoshlariga tayanch boʻlmoqda

Farovon mahallasi yoshlar yetakchisi mahalla yoshlariga tayanch boʻlmoqda

Mamlakatimizda mahalla institutini yanada takomillashtirishga qaratilgan islohotlar natijasida mahalla yoshlari yetakchisi lavozimining joriy etilishi yoshlar hayotiga oid koʻplab muammolarni ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning bandligini taʼminlash va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishda yoshlar yetakchilari tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ishlar yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirib, hayotda oʻz oʻrinlarini topishlariga imkoniyat yaratmoqda.

Mangʻit shahrining “Farovon” mahalla fuqarolar yigʻini, garchi yaqin yillarda yangi aholi maskanlari hisobiga tashkil etilgan boʻlsa-da, infratuzilmasi jadal rivojlanib borayotgan, haqiqatan ham nomiga munosib obod va farovon mahallalardan biri hisoblanadi. Bugun mahalladagi 642 ta xonadon tarkibidagi 710 ta oilada 2534 nafar aholi istiqomat qiladi. Ulardan 1551 nafaridan ziyodi – 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar, shundan 891 nafari 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan intiluvchan va izlanuvchan yigit-qizlardir. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, mahalla yoshlar yetakchisining faoliyat koʻlami, uning yon daftarida qayd etilgan kundalik ish rejalari salmogʻi ham ancha keng qamrovli.

Bugungi kunda mahalla yoshlarining 48 nafari davlat sektorida, 85 nafari xususiy sektorda faoliyat olib borishadi. 171 nafar yoshlar oʻzini-oʻzi band qilish tamoyili asosida shaxsiy daromad manbaiga ega. 191 nafar yosh oliy taʼlim muassasalarida, 28 nafari esa professional taʼlim muassasalarida tahsil oladi. Shuningdek, mahalladagi umumtaʼlim maktablarida 167 nafar oʻquvchi-yosh taʼlim olayotgan boʻlsa, mehnat muhojirligidan qaytgan 19 nafar yoshlarning ham turmush tarzi va boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi yetakchining doimiy eʼtiborida.

2025-yilning ilk kunlaridanoq ishsiz yoshlarni band qilish boʻyicha amalga oshirilgan ishlar tufayli 6 nafar yoshlarga hokim yordamchisi tavsiyasi asosida imtiyozli kredit ajratilib, chorvachilik yoʻnalishida oʻzini-oʻzi band qilish imkoniyati yaratildi. Yana 4 nafar talaba-yoshning shartnoma toʻlovlari “Yoshlar daftari jamgʻarmasi” hisobidan qoplab berildi. Shuningdek, 3 nafar yoshning zamonaviy kasb-hunar boʻyicha oʻquv kurslari xarajatlari ham qoplandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish va bandligini taʼminlashga qaratilgan Farmon va qarorlari asosida mahalla yoshlaridan Asadbek Yalgʻoshevga temirchilik mahsulotlarini uy sharoitida tayyorlash, Bonu Tojimovaga esa ayollar sartaroshligi, manikyur va pedikyur xizmatlari boʻyicha tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyish uchun 7 yillik imtiyozli kredit ajratilib, ularning doimiy bandligi taʼminlandi.

Shu bilan birga, mehnat muhojirligidan qaytgan yoshlarning muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida maxsus dasturlar ishlab chiqilib, joylarga chiqib suhbatlar oʻtkazilmoqda. Yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, ularni milliy-maʼnaviy va vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, madaniyat, sanʼat, sport, kitobxonlik va axborot texnologiyalari sohalariga jalb etish maqsadida taniqli yozuvchi va shoirlar, olimlar bilan uchrashuvlar, davra suhbatlari, kitobxonlik kechalari va sport musobaqalari tashkil etilmoqda. Bu esa yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirib, oʻzlariga va kelajakka boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.

Xususan, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasidagi tadbirlar orqali mahalladagi 14 yoshdan 30 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻzlarining qiziqish va intilishlarini, iqtidorlarini amalda namoyon etishayotgani eʼtiborga munosib. Natijada Farovon mahallasi yoshlari orasidan tumanimiz sport sohasini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshadigan koʻplab sportchi-yoshlar yetishib chiqmoqda. Ularning saʼy-harakatlari bilan yaqinda tumandagi ovul va mahallalar yosh spotchilari ishtirokida Davlat xavfsizlik xizmati kubogi uchun oʻtkazilgan mini futbol musobaqalarida Farovon mahallasi mini futbol jamoasi tumanda faxrli 1-oʻrinni egallab, mazkur musobaqaning Respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdilar.

Mahalla yoshlar yetakchisining yoshlar qalbiga yoʻl topish, shu orqali mavjud muammolar yechimini birgalikda izlash va oʻz vaqtida bartaraf etish, yoshlarning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash boʻyicha zarur chora-tadbirlar belgilash kabi amaliy ishlari nafaqat yoshlar hayotini ijobiy tomonga oʻzgartiradi, balki mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy tarqqiyotini ham yangi bosqichga koʻtarishga xizmat qiladi.

Farovon mahallasi yoshlar yetakchisi Shohrux Roʻzmatovning har bir ish kuni mamlakatimiz hayotiga daxldor ana shunday intilishlar bilan, ishchanlik ruhida oʻtadi. Uning el-yurt farovonligi yoʻlidagi bu saʼy-harakatlari mahalla yoshlari kamolotida oʻz ifodasini topmoqda.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026