16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:48
Jamiyat 👁 346

Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan “Jamiyatimizni korruptsiyadan birgalikda xalos etaylik!” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Amudaryo tuman prokuraturasi tomonidan “Jamiyatimizni korruptsiyadan birgalikda xalos etaylik!” shiori ostida targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Korruptsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari, jamoatchilik va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi muhim oʻrin tutadi. Xususan, jamoatchilikning xabardorligini oshirish, sohaga oid huquqiy bilimlarni keng ommaga yetkazish, aholi, ayniqsa, davlat xizmatchilari oʻrtasida halollik, masʼuliyat va javobgarlik hissini shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi.

Masalaning dolzarbligi shundaki, juda koʻp holatlarda oddiy fuqarolar oʻzlarining huquqiy jihatdan bilimsizligi natijasida bilib-bilmay aldov, firibgarlik, tovlamachilik, odam savdosi bilan bogʻliq jinoyatlar va huquqbuzarliklar qurboniga aylanib qolayotganidir. Shu bois huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari tomonidan davlat xizmatchilari, jamoat tashkilotlari masʼullari va aholi vakillari bilan joylarga chiqqan holda tushuntirish-targʻibot tadbirlari oʻtkazilib, bu tadbirlarda barcha yosh toifasidagi fuqarolarning ishtiroki taʼminlanmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Amudaryo tuman elektr taʼminoti va tuman gaz taʼminoti korxonalarida ham oʻtkazildi. “Jamiyatimizni korruptsiyadan birgalikda xalos etaylik!” shiori ostida Qoraqalpogʻiston Respublikasi prokuraturasi tomonidan ishlab chiqilgan tadbirlar rejasi asosida tashkil etilgan mazkur targʻibot tadbirida tuman elektr va gaz taʼminoti korxonalari xodimlari ishtirok etdi.

Tadbir tashkilotchilari dastlab tuman elektr taʼminoti korxonasida masʼullar, muhandis-texnik xodimlari va ishchilari bilan muloqot oʻtkazdilar. Unda Amudaryo tumani prokurorining katta yordamchisi Sharyar Joldasov tadbir ishtirokchilariga korruptsiyaning jamiyat va davlat rivojiga salbiy taʼsiri, uning ijtimoiy va iqtisodiy oqibatlari, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirish masalalari xususida batafsil maʼlumotlar berdi. Shu bilan birga, hayotimizning barcha jabhalaridagi muammoli masalalarni pora oldi-berdisi, tanish-bilishchilik yoki oshna-ogʻaynigarchilik orqali hal etishga yoʻl qoʻymaslik toʻgʻrisida zarur tushunchalarni yetkazdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan Amudaryo tumani elektr taʼminoti korxonasi masʼullari jamiyatimizda eng koʻp uchraydigan korruptsiyaviy holatlar hamda ularning oldini olish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirib, atroflicha muhokama olib bordilar. Shuningdek, tadbir davomida ishtirokchilarga korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha milliy qonunchilik haqida ham keng turda maʼlumotlar berildi. Unda korruptsion holatlarning oldini olish, manfaatlar toʻqnashuvi, shaffoflik va javobgarlikni taʼminlashga oid muhim normalar oʻz ifodasini topgan.

Shu kuni “Jamiyatimizni korruptsiyadan birgalikda xalos etaylik!” shiori ostida Amudaryo tuman gaz taʼminoti korxonasi masʼullari, muhandis-texnik xodimlar va ishchilari ishtirokida ham davra suhbati tashkil qilindi. Tadbirda soʻzga chiqqan korxona rahbari Jasur Yerimbetov va boshqalar jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni qaror toptirish, davlat xizmatchilarining halollik va masʼuliyatni oʻz vazifalarining ustuvor tamoyiliga aylantirishi — yurtimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etishda muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladilar.

Aytish joizki, ushbu illatga qarshi kurashishda nafaqat davlat organlari, balki ommaviy axborot vositalari hamda fuqarolik jamiyatining boshqa institutlari ham faol ishtirok etmoqda. “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi va Amudaryo televideniyesi tahririyatlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Biz korruptsiyaga qarshimiz!”, “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid!” mavzularidagi grant loyihalari doirasida huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bilan hamkorlikda amalga oshirayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari ham oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Bu kabi targʻibot-tashviqot ishlari va maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarning ahamiyati beqiyos. Chunki barcha boʻgʻinlardagi davlat xizmatchilari va mansabdor shaxslarning oʻz xizmat vazifalarini halol va vijdonan bajarishi koʻp jihatdan ular rahbarlik qilayotgan korxona va tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan xodimlar, qolaversa, oddiy fuqarolarning ham bu borada zarur huquqiy bilimga ega boʻlishlariga bogʻliq. Jamiyatning barcha boʻgʻinlarida fuqarolar ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirish esa bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019