16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 08:25
Fan va taʼlim 👁 358

Tarbiyachi-pedagoglar mahoratini oshirish – bolalar kamoloti garovi

Tarbiyachi-pedagoglar mahoratini oshirish – bolalar kamoloti garovi

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachi-pedagoglarining bilim va malakalarini tizimli turda oshirib borish, ayniqsa, tarbiyalanuvchilarni yilning toʻrt fasliga monand ravishda taʼlimiy va tarbiyaviy mashgʻulotlar bilan qamrab olish maqsadida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi mutaxassislari tomonidan seminar-oʻquv mashgʻulotlari tashkillashtirilmoqda. Bu kabi oʻzaro tajriba almashuv tadbirlari muhim tarbiyalanuvchilarni xavfsiz ovqatlantirish va shu asosda ularning yosh toifalariga mutanosib ravishda oʻyin mashgʻulotlariga jalb etilishini taʼminlash, chiniqtirish imkonini bermoqda.

Ayni paytda maktabgacha taʼlim tashkilotlarida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasidagi yozgi sogʻlomlashtirish oyligi uchun rejalashtirilgan seminar-oʻquv mashgʻulotlari olib borilib, bu mashgʻulotlarda tarbiyachi-pedagoglarning kasbiy mahoratlarini oshirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Joriy yilning 13-avgust sanasida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 23-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida boʻlib oʻtgan seminar ham maktabgacha taʼlim tashkilotlarida taʼlim va tarbiya sifatini yanada yaxshilash va tarbiyachilarning kasbiy mahoratini oshirish masalalariga bagʻishlandi.

Koʻrgazmali oʻquv- seminarda bolalarni yoz mavsumiga mos xavfsiz ovqatlantirish, turli jismoniy va aqliy mashqlarni bajarishlarida yoz mavsumining oʻziga xos iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda oʻyinlarni rejalashtirish, ularning issiq haroratda toliqib qolishlarining oldini olish, aqlan va jismonan chiniqishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish borasida oʻzaro tajriba almashuvlar hamda mahoratli tarbiyachi-pedagoglarning foydali tavsiyalari boʻyicha mashgʻulotlar olib borildi.

Tadbirda Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimining metodisti Saule Patullayeva, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlari, tumanning Qipchoq hududida faoliyat olib boruvchi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarining tarbiyachi-pedagoglari va yordamchi tarbiyachilari ishtirok etishdi.

Koʻrgazmali oʻquv seminarni Maktabgacha taʼlim tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish shuʼbasi metodisti Saule Patullayeva ochdi va tadbirni oʻtkazishdan koʻzlangan maqsad hamda kutilayotgan natijalar xususida ishtirokchilarga batafsil maʼlumotlar berdi. Xususan, maktabgacha yoshdagi bolalarning oʻquv-tarbiyaviy jarayonini tashkil etish va amalga oshirish boʻyicha belgilangan reja va topshiriqlarning mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil maʼlumotlar berildi. Shuningdek, ushbu vazifalarni amalga oshirishda tarbiyachilarning amaliy koʻnikmalarini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, 23-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tumandagi namunali taʼlim-tarbiya muassasalaridan biri boʻlib, bu yerda 6ta guruhda 170 nafar kichkintoy tarbiyalanmoqda. Ulardan 4 tasi asosiy, 2 tasi qisqa guruhlar boʻlib, bolajonlarning yayrab oʻsishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Muassasada 28 nafar malakali xodimlar zamon talablari darajasida taʼlim-tarbiya berishmoqda. 7nafar tarbiyachi-pedagog va 6 nafar yordamchi tarbiyachilar, shuningdek, 2 nafar ingliz va rus tili oʻqituvchilari, malakali musiqa oʻqituvchisi, jismoniy tarbiya yoʻriqchisi ham samarali faoliyat olib bormoqda. Muassasada yoʻlga qoʻyilgan oʻziga xos tartib-intizom tufayli yil davomida mavsumiy oʻyin-mashgʻulotlari, bolalarni xavfsiz ovqatlantirishga qaratilgan rejaviy chora-tadbirlarning sifatli amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratiladi.

Boʻlib oʻtgan koʻrgazmali oʻquv- seminari davomida ishtirokchilar mazkur muassasada tarbiyachi-pedagoglar tomonidan amalga oshirilayotgan taʼlim-tarbiya ishlari bilan yaqindan tanishdilar. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida, yozgi sogʻlomlashtirish oyligi uchun belgilangan rejaviy-mashgʻulotlarni tashkillashtirish, oʻtkazilayotgan mavsumiy oʻyin-mashgʻulotlarining turlari, mavsumga mos ravishda mashgʻulotlarni rejalashtirish boʻyicha shaxsiy tajribalari, qimmatli maslahattlari hamda tavsiyalari seminar ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Yozgi davr bolalar uchun nafaqat miriqib dam olish, balki ularning sogʻligini mustahkamlash, tabiat bilan yaqindan aloqa qilish, ekologik madaniyatini shakllantirish, yangi koʻnikmalarni egallash va ijtimoiy munosabatlarini mustahkamlash uchun qulay imkoniyatdir. Bu borada soha vazirligi tomonidan yoz mavsumida amalga oshiriladigan taʼlim-tarbiya ishlari, amaliy mashgʻulotlarni toʻgʻri tashkil etish boʻyicha zarur qoʻllanma va tavsiyalar ishlab chiqilgan boʻlib, koʻrgazmali oʻquv-seminarida ushbu qoʻllanma va tavsiyalar asosida 23-sonli maktabgacha taʼlim tashkiloti tarbiyachilarining olib borayotgan taʼlimiy va tarbiyaviy ishlari ham oʻrganildi.

Ishtirokchilar 5 ta guruhga boʻlinib yozgi sogʻlomlashtirish ishlari hamda yoz mavsumida oʻtkazilayotgan aqliy va jismoniy mashgʻulotlarni, musiqiy dam olish soatlarini tashkillashtirish jarayonlarini kuzatdilar hamda bu borada oʻzaro tajriba almashdilar.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019