16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:49
Jamiyat 👁 343

"KORRUPTsIYa — DAVLAT VA JAMIYaT TARAQQIYoTIGA TAHDID" GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TAʼLIM SOHASI XODIMLARI IShTIROKIDA TADBIR OʻTKAZILDI

"KORRUPTsIYa — DAVLAT VA JAMIYaT TARAQQIYoTIGA TAHDID" GRANT LOYIHASI DOIRASIDA TAʼLIM SOHASI XODIMLARI IShTIROKIDA TADBIR OʻTKAZILDI

Inson borki, ezgu orzular bilan yashaydi: hallollik, adolat ustuvor, imkoniyatlar tengligi taʼminlangan jamiyatni barpo etish va ana shu jamiyatning baxtli aʼzosi boʻlish umidi uni hech qachon tark etmaydi. Biroq koʻpincha bu orzu-umidlarimizning roʻyobga chiqishi juda qiyin kechadi. Byurokratik toʻsiqlar, manfaatlar toʻqnashuvi, firibgarlik holatlar bu jarayonlarni yanada chigallashtiradi. Korruptsiya – ana shunday toʻsiqlarni keltirib chiqaruvchi, adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi eng yomon illatdir.

2017-yil 3-yanvarda qabul qilingan “Korruptsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni talablariga koʻra, mamlakatimizda ochiqlik va shaffoflik, davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi, korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi va javobgarlikning muqarrarligini taʼminlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Amudaryo televideniyesi tahririyatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Qoraqalpogʻiston boʻlinmasi tomonidan moliyalashtirilgan “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” mavzusidagi grant loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan targʻibot-tashviqot tadbirlari ham aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirishga qaratilgani bilan muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Ana shunday targʻibot-tashviqot tadbirlaridan biri joriy yilning 15-avgust sanasida Amudaryo tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 76-sonli umumtaʼlim maktabida ham oʻtkazilib, unda Amudaryo tuman prokurori katta yordamchisi Ogʻabek Erkuliyev, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov, “Yusuf Eshon bobo” jomʼe masjidi imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi va mahalliy Kengash deputatlari, umumtaʼlim maktablarining direktorlari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha oʻrinbosarlari, taʼlim sohasi faollari hamda OAV vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratov ochdi va mamlakatimizda barcha sohalarda, shu jumladan taʼlim tizimida korruptsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish choralarini amalga oshirish, har qanday koʻrinishdagi qonunbuzarlik holatlari uchun javobgarlik muqarrarligi yuzasidan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borilayotgani hususida batafsil soʻz yuritdi. Ayniqsa, oʻsib kelayotgan yosh avlod ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirishda pedagoglarning oʻrni muhimligini taʼkidladi.

Tadbir davomida “Korruptsiya – davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi koordinatori Robiya Yoʻldosheva soʻzga chiqib, mazkur loyihaning mazmun-mohiyati va uni amalga oshirishdan kutilayotgan natijalar hususida batafsil maʼlumotlar berdi. Shu bilan birga, jamiyat taraqqiyoti va insonlarning orzu-niyatlarini amalga oshirish yoʻlidagi eng katta toʻsiq – korruptsiya illatiga qarshi kurashishda taʼlim-tarbiya sohasi xodimlari bilan davlat va jamoat tashkilotlari hamda OAVning hamkorligi bu borada ijobiy natijalar berishi qayd etildi.

Shundan soʻng, Amudaryo tuman prokurorining katta yordamchisi Ogʻabek Erkuliyev korruptsiyaga qarshi kurashish borasida mamlakatimiz qonunchiligidagi normalar, ushbu yoʻnalishda olib borilayotgan kurash choralari va nazorat tadbirlari haqida maʼruza qildi.

U oʻz maʼruzasida korruptsiyaga qarshi kurashish – bu faqat davlatning, huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining ishi emas, balki har bir ongli insonning, ayniqsa, taʼlim-tarbiya sohasi xodimlarining zimmalaridagi majburiyat ekanligini taʼkidladi. Yaʼni, halol yashashni tanlash, qonun asosida ish yuritishni talab qilish, har qanday vaziyatda haqiqatni aytish bu boradagi kurashishning eng samarali usuli boʻlib, unga amal qilish har bir insonning burchi boʻlishi lozimligini taʼkidladi va barchani ana shu burch masʼuliyatini har doim his etib yashashga daʼvat etdi.

Shuningdek, tadbirda soʻzga chiqqan tuman bosh imom-xatibi Abdurahmon Matsapayev korruptsiyaga qarshi kurashishdagi islomiy hukmlar toʻgʻrisida, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi deputati, 40-sonli umumtaʼlim maktabi direktori Sanobar Xoʻjamurotova esa korruptsiyaga qarshi kurashishda milliy-maʼnaviy qadriyatlarning ahamiyati, bolani juda yoshligidan yolgʻon soʻzlamaslik, oʻzganing narsasiga egalik qilishga intilmaslikka oʻrgatish, firibgarlik bilan mol-dunyo orttirishga moyil boʻlishning salbiy oqibatlarini tushunish ruhida tarbiyalash borasidagi hayotiy misollar bilan oʻz fikrlarini bildirdilar.

Darvoqe, bugungi kunda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha muhim va jiddiy qadamlar qoʻyildi. Xususan, davlat xizmatlarining raqamlashtirilishi, OTMlarda test sinovlari va xodimlarni ishga qabul qilishning shaffofligi, OAV hamda blogerlarning erkinligi. Lekin bular korruptsiyadek jirkanch illatga qarshi kurashishda yetarli emas. Asosiy oʻzgarish va murosasizlik insonlar ongida boʻlishi kerak. Oʻsib kelayotgan yosh avlod hallolllikni qadrlashni, har qanday holatda haqiqatni soʻzlashi va noqonuniy yoʻllar bilan boylik orttirishdan tiyilishi shart. Ana shundagina biz yuksak taraqqiy etgan korruptsiyasiz demokratik jamiyatni barpo etamiz.

Ravshan Bahromov, grant loyihasi koordinatori

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019