16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 19:04
Jamiyat 👁 364

TUMAN PROKURORI B. MAShARIPOV QORAMON MAHALLASIDAGI IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ AHOLIGA BAYRAMONA KAYFIYaT ULAShDI

TUMAN PROKURORI  B. MAShARIPOV  QORAMON MAHALLASIDAGI IJTIMOIY HIMOYaGA MUHTOJ AHOLIGA BAYRAMONA KAYFIYaT ULAShDI

Yurtimizda hamisha oʻzaro mehr-oqibat, saxovat, muruvvat kabi azaliy qadriyatlarimiz, xalqimizga xos ezgu fazilatlar ulugʻlab kelingan. Ehtiyojmand kishilar, nogironligi boʻlgan shaxslarni hamda ogʻir ahvolga tushib qolgan aholini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, oila va mahallalarda mehr-oqibat muhitini mustahkamlash, yoshi ulugʻ insonlarga gʻamxoʻrlik koʻrsatishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Bugungi kunda ham bu kabi ezgu ishlar davom etmoqda va aholi bilan doimiy muloqot qilish, ularni qiynayotgan muammolarni hal etishning yangi mexanizm va samarali usullarini joriy etish olib borilayotgan islohotlarning ustuvor yoʻnalishiga aylandi.

Soʻnggi yillarda aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, davlat tomonidan fuqarolarga ijtimoiy xizmat va yordamlar koʻrsatish koʻlami hamda turlarini kengaytirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda aholiga ijtimoiy yordam koʻrsatish boʻyicha ezgu harakatlar eng chekka hududlargacha yetib borayotganidan ayonki, “Hamma narsa inson qadri uchun!” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan barcha ezgu ishlar har bir insonning hayotdan rozi yashashini taʼminlashga qaratilgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan Amudaryo tuman prokurori Bahrom Masharipov Qoramon mahallasidagi ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan, nogironligi boʻlgan fuqarolar istiqomat qiluvchi xonadonlarga, shuningdek, kam taʼminlangan, boquvchisini yoʻqotgan oilalarga tashrif buyurib, ularning turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishdi. Har bir xonadon va oila hayotiga doir muammolarni oʻrganib, fuqarolarning taklif va istaklarini eshitdi. Oʻzgalar parvarishiga muhtoj, kam taʼminlangan va nogironligi boʻlgan fuqarolarga quvonchli kayfiyat ulashib, ularning bayram dasturxonlari uchun sarxil oziq-ovqat mahsulotlarini berdi.

Shuningdek, tuman prokurori mahallada faoliyat olib boruvchi kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatish xodimi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar bilan ham yaqindan tanishdi.

Amudaryo tumani markazidan 34 chaqirim masofa uzoqlikdagi Qoramon mahallasida aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamiga kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatish yoʻnalishida tizimli ishlar yoʻlga qoʻyilgan. Ayni paytda mahalla hududidagi xonadonlarda 4456 nafar aholi istiqomat qiladi. Joriy yil boshida “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda “Inson” ijtimoiy xizmat koʻrsatish markazi Amudaryo tuman boʻlimining mahalladagi kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodimi Sevara Ismoilova tomonidan uyma-uy kirib borib oʻtkazilgan xatlov natijalariga koʻra, 139 ta oila kam taʼminlangan, kambagʻal oilalar roʻyxatiga kiritildi. Shuningdek, 144 nafar oʻzgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi bor boʻlgan fuqarolar roʻyxati shakllantirildi.

Prezidentimiz tashabbusi bilan mahallalarda kompleks xizmat koʻrsatuvchi ijtimoiy xodim lavozimi joriy etilib, ijtimoiy xizmatlar mahalla darajasigacha tushirilgani oʻzgalar parvarishiga muhtoj, nogironligi boʻlgan fuqarolar hayot tarzini ijobiy va yaxshi tomonga oʻzgartirish imkonini yaratdi.

Ushbu tizim faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish maqsadida Qoramon mahallasidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholining toʻliq bazasini shakllantirish boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Unga koʻra, aholi xonadonlarida yashovchi 12 toifadagi fuqarolar alohida roʻyxatga olindi va ularning turmush tarzi individual tarzda oʻrganilib, ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish choralari koʻrildi. Chunki oddiy insonlar bilan yuzma-yuz uchrashib, ularning turmushida uchrayotgan chigal masalalarini hal etib berish, koʻmak koʻrsatish, ayniqsa, insonlarning dard-u tashvishlariga yelkadosh boʻlib, muammolariga yechim qidirish – oliy qadriyat hisoblanadi.

Ushbu yoʻnalishda joriy yilning bugungi kunigacha ijtimoiy himoyaga muhtoj, ishsiz va nogironligi boʻlgan shaxslarning ota-onalarining bandligini taʼminlash maqsadida ulardan 12 nafariga 80 yoshga toʻlgan keksalarga hamda 1-guruh nogironligi boʻlgan shaxslarga qarab turish haqiqiy holatlarini tekshirish dalolatnomalari rasmiylashtirildi. Shuningdek, 3 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolarga protez-ortopediya moslamalari yetkazib berildi. Bu tarzda aholiga koʻrsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar natijasida ogʻir ahvoldagi shaxslarning ijtimoiylashuviga erishilmoqda.

Tuman prokurori Bahrom Masharipov shu kuni mahalladagi kam taʼminlangan, ijtimoiy himoyaga, oʻzgalar parvarishiga muhtoj insonlarning oilalarida boʻlib, ular bilan samimiy, dildan suhbatlashdi, Mustaqilligimizning 34 yilligi bayrami bilan tabriklab, bayramona kayfiyat ulashdi.

RAVShAN BAHROMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026