16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 16:29
Jamiyat 👁 336

PROFILAKTIKA KUNI: PROKURATURA, IIB VA MAHALLA HAMKORLIGIDA XAVFSIZ MUHIT YaRATILMOQDA

PROFILAKTIKA KUNI: PROKURATURA, IIB VA MAHALLA HAMKORLIGIDA XAVFSIZ MUHIT YaRATILMOQDA

Yurt tinchligi va barqaror rivoji, avvalo, aholi oʻrtasida huquqbuzarlik va jinoyat sodir etilishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar samarasiga bogʻliq. Mamlakatimizda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, jazo muddatini oʻtab qaytgan shaxslarni jamiyatga moslashtirish va ularni qayta jinoyat sodir etishdan saqlashga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ayniqsa, haftaning har payshanba kuni profilaktika kuni sifatida belgilanib, shu kuni turli targʻibot va tushuntirish tadbirlari amalga oshirilmoqda. Profilaktika kuni doirasida mahallalarda fuqarolar bilan ochiq muloqotlar, huquqiy savodxonlikni oshirishga qaratilgan seminarlar, turli profilaktik nazorat tadbirlari va yangi ish oʻrinlarini yaratishga doir amaliy uchrashuvlar oʻtkazilib kelinmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan ham tashkillashtirildi. Ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan mazkur tadbirda tuman hokimi oʻrinbosari, Oila va xotin-qizlar boʻlimi boshligʻi Goʻzal Saburova, tuman prokurori, adliya maslahatchisi Bahrom Masharipov, tuman IIB boshligʻi, podpolkovnik Muhammedali Xojamuratov, IIB boshligʻi oʻrinbosarlari, shuningdek, IIB Probatsiya guruhi hisobida jazo muddatini oʻtayotgan hamda jazoni ijro etish maskanlarida jazo muddatini oʻtab qaytgan fuqarolar ishtirok etdilar.

Yuzma-yuz ochiq muloqot tarzida oʻtkazilgan tadbirda tashkilotchilar va masʼullar tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvar kunidagi “2025-yilda Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish tizimi samaradorligini yanada oshirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarori mazmun-mohiyati yuzasidan batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, mazkur qarorda belgilangan vazifalar, xususan, mahallalarda kriminogen vaziyatni bartaraf etish, probatsiya hisobida jazo muddatini oʻtayotgan shaxslarni toʻgʻri yoʻlga yoʻnaltirish, ularning ijtimoiy faolligini oshirish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish va har tomonlama, ayniqsa, huquqiy yoʻnalishda qoʻllab-quvvatlash masalalari atroflicha muhokama etildi.

Tadbir davomida oʻzaro fikr almashuvlar ham boʻldi. Unga koʻra, tuman prokurori, adliya maslahatchisi Bahrom Masharipov, IIB boshligʻi, podpolkovnik Muhammedali Xojamuratovlar mahalla faollari, psixologlar va profilaktika inspektorlari oʻrtasida hamkorlikni mustahkamlash orqali har bir fuqaroning holati individual oʻrganilishi lozimligini taʼkidladilar. Shu tarzdagi hamkorlik natijasida amalga oshirilgan samarali ishlar boʻyicha misollar, mahallalar tajribalari va ularning ahamiyati xususida soʻz yuritdilar.

Chindan ham, bugungi kunda probatsiya hisobida turgan shaxslarga hayotini yangidan boshlash, qilgan xatolaridan xulosa chiqargan holda mehnat faoliyati bilan band boʻlish, taʼlim olish va tadbirkorlik bilan shugʻullanishlari uchun davlat tomonidan keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda. Bu esa ularning hayotda oʻz oʻrnini topishlariga zamin yaratadi.

Tuman Ichki ishlar boʻlimining Probatsiya guruhi aʼzolari probatsiya hisobida jazo muddatlarini oʻtayotgan shaxslar bilan muntazam ravishda uchrashib, ularning muammolarini tinglab, hal qilish choralarini koʻrib kelmoqda. Jumladan, ishga joylashtirish, kasb-hunar oʻrgatish, ijtimoiy yordam ajratish boʻyicha murojaatlar mutasaddilar tomonidan oʻrganilib, ularni ijobiy hal etish choralari koʻrilmoqda.

Inson shaʼni va qadr-qimmati hamma narsadan yuksak tutiladigan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida inson — davlat — jamiyat tamoyili amalda oʻz ifodasini topmoqda. Prokuratura, IIB va Mahalla hamkorligida oʻtkazilayotgan profilaktik tadbirlarning tizimli va taʼsirchan tashkil etilishi esa fuqarolar manfaatlarini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026