16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:49
Jamiyat 👁 308

Tuman Prokuraturasi masʼullari soha faxriylarining xonadonlariga borib, ularni bayram bilan tabrikladi

Tuman Prokuraturasi masʼullari soha faxriylarining xonadonlariga borib, ularni bayram bilan tabrikladi

Har bir jamiyatda ustozlarga boʻlgan hurmat va ehtirom yuksak qadriyat hisoblanadi. Ular bizga nafaqat bilim va hunar oʻrgatadi, balki hayotda toʻgʻri yoʻlni topishga, komil inson boʻlib kamolga yetishimizga yordam beradi. Bu muhim anʼana prokuratura tizimida ham izchil davom ettirib kelinmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida Amudaryo tumani prokuraturasi xodimlari tizim faxriylarini bayram bilan muborakbod etish maqsadida ularning xonadonlariga tashrif buyurishdi.

Tuman prokurori Bahrom Masharipov boshchiligida masʼullar dastlab prokuratura tizimida turli lavozimlarda ishlagan faxriy Gulchehra Saparbayevaning xonadoniga tashrif buyurib, uning holidan xabar olishdi.

Nafaqadagi faxriy oʻz shogirdlari va izdoshlarining tashrifidan mamnun boʻlib, bugungi kunda huquqni muhofaza qilish organlari, xususan, prokuratura tizimida amalga oshirilayotgan islohotlardan faxrlanishini bildirdi. U oʻz kasbiy faoliyati davomida toʻplagan boy tajribasi bilan oʻrtoqlashar ekan, izdoshlariga qonun ustuvorligini taʼminlashda doimo adolat va halollikni birinchi oʻringa qoʻyish zarurligini taʼkidladi. Samimiy suhbat davomida faxriy oʻzining uzoq yillik mehnatlari eʼtibordan chetda qolmaganidan mamnunligini, bunday tashriflar unga kuch-gʻayrat bagʻishlashini aytib, yoshlarga oʻz maslahatlarini berdi.

Shundan soʻng, umr boʻyi prokuratura sohasida fidoiy mehnat qilgan, koʻp yillar davomida tuman prokurori lavozimida ishlagan Gulora Bobojonovaning xonadoniga ham tashrif buyurildi.

Uchrashuv davomida Gulora Bobojonova prokuratura tizimidagi koʻp yillik faoliyatini, oʻsha davrdagi qiyinchiliklar va erishilgan yutuqlarni eslab, bugungi kunda sohada erishilayotgan yutuqlar, yaratilgan sharoitlardan mamnunligini izhor qildi. U yosh hamkasblariga murojaat qilib, xalqning ishonchini oqlash, har bir murojaat ortida inson taqdiri turganini unutmaslik kerakligini alohida taʼkidladi. Uning fidoyiligi va kasbiga sodiqligi tashrif buyurganlar uchun chinakam ibrat namunasi boʻldi.

Undan keyin esa masʼullar prokuratura tizimining yana bir faxriysi Jumamurat Xaytbayevning xonadoniga bordilar. Jumamurat Xaytbayev ham oʻz navbatida prokuratura xodimlarining tashrifidan gʻoyatda xursand boʻlganini yashirmadi. U oʻzining sermazmun hayot yoʻli, prokuratura tizimida adolatni qaror toptirish yoʻlidagi mashaqqatli mehnatlari haqida soʻzlab berdi. Faxriyning har bir soʻzida oʻz kasbiga boʻlgan cheksiz muhabbat va masʼuliyat hissi mujassam edi. U yoshlarga oq fotiha berib, ularning kelgusi ishlariga muvaffaqiyatlar tiladi. Bunday samimiy va dildan qilingan suhbatlar yosh xodimlar qalbida unutilmas iz qoldirdi.

Tashrif davomida barcha faxriylarga Oʻzbekiston Respublikasi prokuratura organlari faxriylarini ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash jamoatchilik markazining bayram tabriklari oʻqib eshittirilib, qimmatbaho sovgʻalar topshirildi.

Bunday eʼtibor va eʼtirof fidoyi va kamtarin insonlar, oʻz sohasining yetuk bilimdonlari, prokuratura organlarida uzoq yillar samarali ishlagan faxriylarning mehnati qadrlanayotganini koʻrsatadi. Bu tashabbus mamlakatimizda inson omiliga berilayotgan eʼtiborning yorqin namunasidir.

Ushbu tashrif prokuratura organlarida ham ustoz-shogird anʼanalari davom etayotganining amaliy isboti boʻldi. Bu yerda tajribali kadrlar yosh mutaxassislarga bilim va tajriba ulashib, faxriylarning hayot yoʻli yoshlar uchun ibrat maktabi sifatida qadrlanmoqda. Bu kabi ezgu amallar jamiyatda oʻzaro hurmat va hamjihatlikni mustahkamlashda, adolatni qaror toptirishda va inson huquqlarini izchil himoya qilishda muhim vosita boʻlishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019