16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 10:44
Fan va taʼlim 👁 358

Amudaryo tumanida “Ilk rivojlanish markazi” ish boshladi

Amudaryo tumanida “Ilk rivojlanish markazi” ish boshladi

Amudaryo tumanida taʼlim sohasida muhim yangilik — zamonaviy “Ilk rivojlanish markazi” oʻz faoliyatini boshladi. Ushbu markaz tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi huzurida tashkil etilib, bolajonlar ilk bora ilm-fan olamiga yetaklash, ularning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Markazning tantanali ochilish marosimida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Gulistan Kojabayeva, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi boshligʻi Saylaubay Daniyarov hamda tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻash Shomuratovlar hamda soha masʼullari ishtirok etdilar. 
Tadbir davomida mamlakatimizda soʻnggi yillarda taʼlim va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xususan, maktabgacha taʼlim bilan qamrovni kengaytirish borasida qilinayotgan ishlarga alohida toʻxtalib oʻtildi.

Markazning bosh maqsadi — hali maktabgacha taʼlim tizimiga qamrab olinmagan bolalarni, xususan, “Kambagʻallik reyestri”dagi oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan 2–7 yoshli bolalarni bepul taʼlim jarayoniga jalb etishdir. Bu orqali nafaqat bolalar, balki ularning ota-onalari va yaqinlariga ham katta sharoitlar yaratiladi.

Zamonaviy, eng soʻnggi oʻquv-uslubiy vositalar bilan jihozlangan markazda yorugʻ va shinam sinf xonalari, xavfsiz oʻyin maydonchalari tashkil etilgan. Bu esa bolajonlarning nafaqat bilim olishi, balki sogʻlom, baxtiyor va quvnoq ulgʻayishi uchun mustahkam zamin yaratadi. Dastlab 240 nafar bola markazga qamrab olinib, taʼlim jarayonlari ikki smenada, toʻrt soatdan tashkil qilinadi.

Shuningdek, markazda inklyuziv taʼlim tizimi ham joriy qilinmoqda. Alohida parvarishga muhtoj bolalar uchun maxsus sharoit yaratilgan boʻlib, individual oʻqitish jarayonlari uyga tashriflar orqali ham tashkil etiladi. Bu esa hech bir bolani taʼlimdan chetda qoldirmaslik tamoyilini amalga oshirishga zamin yaratadi.

Tadbir ishtirokchilari taʼkidlaganidek, ushbu tashabbus Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 23-sentyabrdagi 330-sonli qarori ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda. Qarorda 2025-yilda Amudaryo, Chimboy va Toʻrtkoʻl tumanlarida “Ilk rivojlanish markazlari” ish boshlashi belgilangan. Kelgusida esa bunday markazlar bosqichma-bosqich barcha tuman va shaharlarda tashkil etilishi rejalashtirilgan.

Ochilish marosimlari bir vaqtning oʻzida Chimboy va Toʻrtkoʻl tumanlarida ham parallel ravishda tashkil qilinib, boshqa tumanlardagi ishtirokchilar onlayn platforma orqali Amudaryo tumanidagi marosimni bevosita kuzatib bordilar. 
Markazlarda 2–6 yoshli bolalar uchun “Oʻyin” guruhlari, katta yoshdagi alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun esa maxsus “Maktabgacha taʼlim xizmati” tashkil etiladi.

Mazkur “Ilk rivojlanish markazlari” nafaqat bolajonlar uchun, balki butun jamiyat kelajagi uchun muhim ahamiyat kasb etmoqda. Chunki bolajonlarning kelajakda ilmli, sogʻlom va barkamol boʻlib ulgʻayishi, aynan bugun tashlangan mana shunday qadamlar bilan chambarchas bogʻliqdir. 

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari. 

 

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026