16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 15:46
Jamiyat 👁 377

TUMAN MUDOFAA BOʻLIMI TOMONIDAN ChAQIRILUVChILARNI TANLASh VA SARALASh IShLARI OLIB BORILMOQDA

TUMAN MUDOFAA  BOʻLIMI TOMONIDAN ChAQIRILUVChILARNI TANLASh VA SARALASh IShLARI OLIB BORILMOQDA

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 7-iyuldagi “Chaqiriluvchilarni tanlab olish tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi 413-sonli qarori, shuningdek, “Oʻzbekiston—2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini taʼminlash maqsadida tizimli ishlar olib borilmoqda.

Oʻzbekiston fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga tanlab olish ishlarini aniq va puxta reja asosida, shaffoflik bilan amalga oshirish, chaqiriluvchilarni mahallalarda oʻrganish va tanlab olishda mudofaa boʻlimlarining fuqarolar yigʻinlari bilan yaqin hamkorligi oʻzining ijobiy samarasini bermoqda.

Hukumat tomonidan tasdiqlangan Nizom talablariga koʻra, chaqiriluvchilar tanlovda bir yilda bir marta ishtirok etishlari mumkin. Mazkur tanlov har yili 10-avgustdan boshlanib, keyingi yilning 10-fevral sanasigacha davom etadi. Chaqiriluvchilarning qanday yoʻnalishlar boʻyicha tayyorgarlik sinovlaridan oʻtishi zarurligi toʻgʻrisida mamlakatimizning barcha hududlaridagi mahallalarga maʼlumotlar taqdim etilgan boʻlib, ayni paytda chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tanlab olish boʻyicha sinovlar davom etmoqda.

Amudaryo tuman Mudofaa ishlari tomonidan ham bu boradagi tanlov ishlari joriy yilning 11-avgust sanasidan boshlab belgilangan reja asosida amalga oshirilmoqda.

Tuman mahallalarida istiqomat qiluvchi 18-27 yosh oraligʻidagi fuqarolarning jismoniy tayyorgarligini oʻrganish, ularning bilim va kasbiy malakalarini baholash, jismonan baquvvat, aqlan yetuk va sogʻlom yigitlarni muddatli harbiy xizmatni oʻtashga tanlab olish maqsadida joriy yilning 10-sentyabr kuni Amudaryo tuman Mudofaa boʻlimida harbiy qismlardan ajratilgan butlash komissiyasi aʼzolari tomonidan chaqiriluvchilar bilan suhbat oʻtkazilib, jismoniy tayyorgarlik holatlariga baho berildi.

Butlash komissiyasi aʼzolari tomonidan ochiqlik va shaffoflik asosida tashkillashtirilgan mazkur suhbatda chaqiriluvchilarning bilim va kasbiy malakalari, xususan, qiziqish va intilishlari, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bilan ishlash koʻnikmalari, huquqiy savodxonligi, mantiqiy fikrlash qobiliyati sinovdan oʻtkazildi. Shu bilan birga chaqiriluvchilarning xulq-atvori, huquqbuzarliklar sodir etgan yoki etmagani, sudlanganlik holati, salomatligi va boshqa muhim jihatlar ham aniqlashtirildi.

Tadbir davomida chaqiriluvchilarning muddatli harbiy xizmatni oʻtashga umumiy tayyorgarlik darajasi turnikda tortilish, 100 metr va 3000 metr masofaga yugurish mezonlari orqali ham baholanib borilmoqda.

Amudaryo tuman Mudofaa ishlari boʻlimi tomonidan chaqiriluvchilarni muddatli harbiy xizmatga tanlab olish boʻyicha saralash va sinov ishlari davom etmoqda. Albatta, amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar mamlakatimiz mudofaa qudratini yanada oshirish, chaqiriluvchilar orasidan muddatli harbiy xizmatni oʻtashga munosiblarni tanlab olish imkonini beradi.

Zero, ona Vatanni mard va jasur, aqlan va jismonan yetuk, vatanparvar yoshlar qoʻriqlaydi.

Robiya YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019