16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:37
Jamiyat 👁 258

Korruptsiyaga qarshi kurashda OAVning oʻrni ortib bormoqda

Korruptsiyaga qarshi kurashda OAVning oʻrni ortib bormoqda

Korruptsiyaga qarshi kurashishda ommaviy axborot vositalarining oʻrni alohida. Ommaviy axborot vositalari jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korruptsion holatlarni fosh etish va bu borada jamoatchilik nazoratini kuchaytirishda muhim vosita hisoblanadi. Ular orqali aholi korruptsiyaning zararli oqibatlari haqida xabardor boʻladi, ushbu illatning oldini olish va unga qarshi kurashish yoʻllarini oʻrganadi. “Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Biz korruptsiyaga qarshimiz!” nomli grant loyihasi ham ushbu maqsadlarga qaratilgani bilan ahamiyatlidir.

Loyiha doirasida gazetada aholini ushbu illatdan xabardor qilish maqsadida tahliliy maqolalar eʼlon qilish, jamoatchilik faollarining chiqishlarini tashkil qilish orqali targʻibot ishlarini olib borish, joylarda uchrashuvlar tashkil etish, ishtirokchilarga milliy qonunchilikdan koʻchirmalar va huquqiy maʼlumot tarqatish orqali aholining xabardorligini oshirish koʻzda tutilgan.

Bundan tashqari, loyiha doirasida davlat xizmatchilarining xabardorligini oshirishga hissa qoʻshish maqsadida ularga korruptsiyaga qarshi kurashish boʻyicha amaldagi qonunchilikdan koʻchirmalar tarqatish ham koʻzda tutilgan. Buning ahamiyati shundaki, davlat xizmatchilari korruptsiyaga qarshi kurashishda oldingi safda turadigan shaxslardir. Ularning korruptsiyaga oid qonunchilikni chuqur bilishi, oʻz vazifalarini bajarishda shaffoflik va halollik tamoyillariga amal qilishi ushbu illatga barham berishda hal qiluvchi ahamiyatga ega. Agar davlat xizmatchilari oʻz huquq va majburiyatlarini, shuningdek, korruptsion harakatlar uchun belgilangan jazolarni aniq bilsalar, bu ularni korruptsiyaga aralashishdan saqlaydi va jamiyatda adolatli boshqaruv tizimini shakllantirishga yordam beradi.

Loyiha koordinatorlari Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi hamda tuman Madaniyat boʻlimida boʻlib, davlat xizmatchilari bilan uchrashuv oʻtkazdi va ularga korruptsiyaning ijtimoiy oqibatlari, jamiyat va davlat rivojiga salbiy taʼsiri haqida batafsil maʼlumotlar berib, tarqatma materiallar tarqatdilar.

Davlat xizmatchilarining korruptsiyaga aralashishi davlatning iqtisodiy salohiyatiga jiddiy putur yetkazadi. Byudjet mablagʻlarining talon-toroj qilinishi, investitsiya muhitining yomonlashishi, iqtisodiy oʻsishning sekinlashishi kabi oqibatlar yuzaga keladi. Ijtimoiy jihatdan esa aholining davlatga boʻlgan ishonchi yoʻqoladi, ijtimoiy tengsizlik kuchayadi, adolatsizlik kayfiyati avj oladi. Siyosiy oqibatlar esa davlat boshqaruvining samaradorligini pasaytiradi, xalqaro maydonda mamlakat obroʻsiga salbiy taʼsir koʻrsatadi va demokratik qadriyatlarga putur yetkazadi.

Shu sababli loyiha doirasida jamiyatda korruptsiyaga nisbatan murosasiz muhitni shakllantirish, aholining, davlat xizmatchilarining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, korruptsion xavf-xatarlarni kamaytirish va davlat boshqaruvida shaffoflikni taʼminlashga hissa qoʻshish koʻzda tutilgan.

“Taraqqiyot koʻzgusi” gazetasi tahririyatining bu kabi tashabbuslari korruptsiyaga qarshi kurashda jamoatchilikning faol ishtirokini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Ommaviy axborot vositalari, davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining hamkorligi esa korruptsiyasiz jamiyat qurish yoʻlidagi eng samarali yoʻldir. Bunday loyihalar aholining huquqiy savodxonligini oshirib, korruptsiyaga qarshi kurashda har bir fuqaroning masʼuliyatini kuchaytiradi va Oʻzbekistonda adolatli va shaffof jamiyat qurishga xizmat qiladi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019