16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:34
Fan va taʼlim 👁 207

Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov oʻz ustozlarini bayram bilan tabrikladi

Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov oʻz ustozlarini bayram bilan tabrikladi

Insonning hayotida eng unutilmas siymo – uning ustozi hisoblanadi. Ustoz – hayotimizga nur taratuvchi chiroq, insonni hayot yoʻliga boshlovchi, qalbiga ezgulik urugʻini sochuvchi buyuk shaxsdir. Ustozning koʻrsatgan yoʻli, bergan saboqlari jamiyat taraqqiyotining, millat kamolotining asosi boʻlib xizmat qiladi.

1-oktyabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni bayrami sifatida yurtimiz boʻylab keng nishonlanadi. Maktablarda, oliy taʼlim muassasalarida, madaniyat markazlarida ustoz va murabbiylarga bagʻishlangan bayram tadbirlari, uchrashuvlar, samimiy suhbatlar oʻtkaziladi.

Bayram sanasi munosabati bilan Amudaryo tumani hokimi Sobir Xoʻjametov oʻz umr yoʻlida bilim berib, tarbiya bergan ustozlariga samimiy ehtirom koʻrsatib, bayram bilan tabrikladi.

Tuman hokimi yoshlik chogʻlarida ilk bora qoʻliga qalam tutqazgan, bilimga yetaklagan birinchi ustozini — Toʻlqin ovulidagi 33-sonli umumtaʼlim maktabining faxriy oʻqituvchisi Abdulla Rajabov domlaning xonadonlariga tashrif buyurib, u kishini bayram bilan qutladi. Samimiyatga boy ushbu uchrashuv ustoz-shogird mehrini yodga soldi. Domla hayotini taʼlimga, yosh avlod tarbiyasiga bagʻishlagan inson sifatida tuman hokimining ehtiromidan gʻururlanib, duoga qoʻl ochdi.

Shuningdek, tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ustozi bilan birgalikda oʻzi tahsil olgan maktab jamoasi bilan ham uchrashib, oʻquvchilarga kitoblar, sport anjomlari va esdalik sovgʻalarini taqdim etdi. Maktab hovlisida ustoz va shogird birgalikda daraxt koʻchatlari ekib, ezgu anʼanani davom etdirdilar. Bu esa avlodlar davomiyligini, hayotga umid va yangilanish ramzini ifoda etdi.

Jamiyatda oʻqituvchi va murabbiylar oʻrnini hech narsa bilan oʻlchab boʻlmaydi. Ular — maʼnaviyat poydevorini qoʻyuvchi, qalblarga ezgulik singdiruvchi, yosh avlodni Vatanparvarlik, mehnatsevarlik, insoniylik ruhida tarbiyalovchi fidoyi insonlardir. Bugun mamlakatimiz taraqqiyoti, erishilayotgan yutuqlar, kelajak poydevorining mustahkamligi ham aynan ularning zahmatlari, mehr-muhabbat bilan qilgan mehnatlari evaziga boʻlayotgani barchamizga ayon.

Muhtaram Prezidentimiz taʼkidlaganidek, “Ustozlik – eng sharafli va eng masʼuliyatli kasbdir”. Chunki ustoz faqat bilim bermaydi, balki tarbiya ham beradi, insonni shaxs sifatida shakllantiradi, jamiyatga foydali inson boʻlib yetishishiga yoʻl koʻrsatadi.

Tuman hokimi maktab davrida bilim bergan faxriy ustozlaridan biri Gulsara Boboniyazovani ham bayram bilan samimiy tabriklab xonadoniga tashrif buyurdi.

Amudaryo tumanida boʻlib oʻtgan ushbu samimiy uchrashuv nafaqat ustoz-shogird mehrini, balki yoshlarga boʻlgan eʼtibor va taʼlim-tarbiyaga berilayotgan yuksak qadriyatlarni ham yaqqol namoyon etdi.

Bugun yoshlar qalbiga bilim urugʻini sepayotgan, kelajakka ishonch bagʻishlayotgan oʻqituvchi va murabbiylarimizning sharafli mehnati har qancha ehtirom va qadrlashga loyiq.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019