17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:58
Jamiyat 👁 376

Nukusda chegarachilar oʻrtasida "Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

Nukusda chegarachilar oʻrtasida "Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi

Bugun zamonaviy harbiy xizmatchining hushyor, zukko va maʼnaviy yetuk boʻlishi davlat tinchligi va xavfsizligini, chegaralar daxlsizligini asrashda muhim omil sanaladi. Shu bois ham mamlakatimizda chegarachilarning nafaqat jangovar va jismoniy tayyorgarligini, balki ijodiy va intellektual salohiyatni oshirishga qaratilgan muhim tadbirlar izchillik bilan amalga oshirib kelinmoqda. Iqtidorli yosh harbiy xizmatchilarning salohiyatini roʻyobga chiqarish, sanʼatga qiziqishini oshirish va ularning madaniy hordiq olishini taʼminlash maqsadida qator tadbirlar oʻtkazilayotgani fikrimizning tasdigʻidir.

10-oktyabr kuni Nukus shahrida Oʻzbekiston Respublikasi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi hamda Qurolli Kuchlar tarkibidagi vazirlik va idoralar bilan hamkorlikdagi maxsus dastur doirasida "Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.

Qoraqalpoq Davlat qoʻgʻirchoq teatri sahnasida mamlakatimizning Shimoli-gʻarbiy sarhadlarini himoya qiluvchi jasur chegarachilar oʻrtasida oʻtkazilgan koʻrik-tanlovda chegarachilarning zukkoligi bilan bir qatorda, ularning hazil-mutoyibaga moyilligi va hozirjavobligi ham yaqqol namoyon boʻldi.

Musobaqaning adolatli va shaffof oʻtishini taʼminlash maqsadida, hakamlar hayʼati tarkibiga "Quvnoqlar va zukkolar" assotsiatsiyasining malakali vakillari, shuningdek, Davlat xavfsizlik xizmati Chegara Qoʻshinlari Qoʻmondonligining masʼul vakillari jalb etilib, chiqishlarni xolisona baholab bordilar.

Mazkur koʻrik-tanlovda uchta jamoa: "Quvnoq chegarachilar", "Xorazmliklar" va "Nazoratchi askarlar" jamoalari ishtirok etib, murosasiz va qiziqarli bellashuv olib bordilar. Jamoalar "Salomlashish", "Savol-javob" va "Musiqiy chiqish" kabi shartlarda oʻz mahoratlarini namoyish etdilar.

Hakamlar hayʼati tomonidan ishtirokchilarning chiqishlarini baholashda mutoyibalarning dolzarbligi va yorqinligi, musobaqa mavzusiga mosligi, tomoshabopligi va ishtirokchilarning yuqori ijro mahorati, shuningdek, sahna madaniyatiga rioya etilishi va tartib-qoidalarga amal qilish kabi mezonlarga qatʼiy amal qilindi.

Hazil-mutoyibaga boy boʻlgan musobaqada ishtirokchi jamoalar gʻoliblik uchun astoydil harakat qilishdi. Bu ezgu intilish ishtirokchilarning har bir chiqishining rang-barangligini va mazmundorligini taʼminladi, natijada tadbir tomoshabinlarga koʻtarinki ruh va unutilmas taassurotlar bagʻishladi.

Qizgʻin bahslardan soʻng, hakamlar hayʼatining shaffof va oqilona baholash natijalariga koʻra, eng munosiblar saralandi.

Tadbir yakunida harbiy qism komandiri tomonidan barcha ishtirokchilarga faxriy diplomlar va qimmatbaho sovgʻalar topshirildi. Tanlovning eng yuqori pogʻonasini – faxrli birinchi oʻrinni egallagan "Nazoratchi askarlar" jamoasi esa "Quvnoqlar va zukkolar" koʻrik-tanlovining koʻchma kubogi bilan taqdirlandi. Eng muhimi, "Nazoratchi askarlar" jamoasi oʻz mahorati va zukkoligi bilan tanlovning Davlat xavfsizlik xizmati Chegara Qoʻshinlari miqyosida boʻlib oʻtadigan respublika bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldilar.

Bu kabi tadbirlar harbiy xizmatchilarning xizmatdan boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ruhiy tetikligini oshirish va askarlar oʻrtasidagi jamoaviy ruhni hamda oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlashda muhim oʻrin tutadi. Bunday ijodiy musobaqalar orqali harbiy kadrlarning kreativ fikrlash qobiliyati yanada rivojlanib, dunyoqarashi yanada kengayadi. Fursatdan foydalanib, "Nazoratchi askarlar" jamoasiga koʻrik-tanlovning respublika bosqichida ham muvaffaqiyatlar tilaymiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019