16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Fan va taʼlim 👁 303

Asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi

Asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi

Amudaryo tumanida 2025-2026 oʻquv yilining eng nufuzli intellektual tadbirlaridan biri – asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichi boshlandi.

14-oktyabr kuni 1-sonli maktabda olimpiada tuman bosqichining tantanali ochilish marosimi boʻlib oʻtdi. Marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Taʼlim markazi direktori Nargiza Matlatipova, Qoraqalpogʻiston Respublikasi  Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi masʼul xodimi Fazilat Zaripova, tuman ixtisoslashtirilgan maktabidan masʼul xodim Muhayyo Tairova, tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi boshligʻi Yalgʻashboy Shamuratov va boʻlim masʼullari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqan masʼullar olimpiadaning yoshlar hayotidagi ahamiyatini taʼkidlab, oʻquvchilarga mazkur bilimlar bellashuvida omad va muvaffaqiyat tiladilar va ishtirokchilarni halollik hamda adolat tamoyillariga qatʼiy rioya etishga chaqirdilar.

Olimpiada Oʻzbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 18-sentyabrdagi hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining 2025-yil 23-sentyabrdagi buyruqlari asosida tashkil etilmoqda. Tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi umumiy oʻrta taʼlim maktablari oʻquvchilari oʻrtasidagi bellashuvlar 14–23-oktyabr kunlari 1-sonli maktabda oʻtkazilishi belgilangan.

Bu yilgi olimpiadada tumandagi 86 ta umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan jami 2774 nafar 9-10-11-sinf oʻquvchilari ishtirok etmoqda. Oʻquvchilar 15 ta fan yoʻnalishi boʻyicha oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazishadi.

Fanlar olimpiadasi shartli ravishda ikki guruhga ajratilgan. Yaʼni matematika, informatika, kimyo, biologiya va fizika fanlaridan ishtirok etayotgan oʻquvchilar I guruhga, tarix, geografiya, rus tili, huquq, ingliz tili, qoraqalpoq tili, ona tili va adabiyot, oʻzbek tili, qozoq tili va adabiyoti, qoraqalpoq tili va adabiyoti kabi fanlar boʻyicha ishtirokchilar esa II guruhga kiritilgan.

Joriy yilgi olimpiadaning asosiy yangiligi va afzalligi I guruh fanlari boʻyicha oʻtkaziladigan sinovlar bilan bogʻliqdir. Ushbu fanlar boʻyicha bellashuvlar 14–18-oktyabr kunlari onlayn shaklda oʻtkazilmoqda. Eng muhimi, oʻquvchilar olimpiada natijalarini sinov yakunida shu vaqtning oʻzidayoq bilib olish imkoniyatiga ega boʻldilar. Bu shaffoflikni oshirish va natijalarni tezkor eʼlon qilishga xizmat qiladi.

II guruh fanlari boʻyicha sinovlar esa anʼanaviy test koʻrinishida 20–23-oktyabr kunlari oʻtkazilishi rejalashtirilgan.

Olimpiadaning tuman bosqichi gʻoliblari keyingi – hududiy bosqichda Amudaryo tumani sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega boʻladilar. Hududiy bosqich shaharlar va tumanlararo bellashuvlar gʻoliblari ishtirokida oʻtkaziladi. Bunday keng qamrovli bellashuvlar eng bilimli va iqtidorli oʻquvchilarni saralab olishga xizmat qiladi. Qolaversa, mazkur olimpiada oʻquvchilarning bilim va salohiyatini sinovdan oʻtkazish, iqtidorli yoshlarni aniqlash va ularni qoʻllab-quvvatlashda muhim vosita boʻlishi shubhasiz.

Fursatdan foydalanib, asosiy fanlar olimpiadasining tuman bosqichida ishtirok etayotgan barcha oʻquvchi-yoshlarga omad va zafarlar tilaymiz! Gʻoliblarning esa keyingi bosqichlarda ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, tumanimiz sharafini munosib himoya qilishlariga tilakdoshmiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019