16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:36
Jamiyat 👁 501

Xonjig‘ali ovulining tarixiga bir nazar...

Xonjig‘ali ovulining tarixiga bir nazar...

Hozirgi Qangli ovuli hududida – Amudaryoning chap qirg‘og‘ida, sharqda  Daryo bo‘yi mahallasi bilan, janubi sharqda Uyshin mahallasi bilan chegaradosh joyda Xonjig‘ali aholi punkti – Xonjig‘ali ovuli joylashgan.

Ovul tarixi ham uzoq o‘tmishga borib taqaladi. Uning atamasi – “Xonjig‘ali” so‘zi xalq og‘zaki uslubida turlicha talqin qilinish holatlari ham mavjud: u ba’zan “Qonjag‘ali” (ko‘ylagining yoqasi qon) deb ham yuritiladi. Buning sababini ba’zilar “ovulda yashovchi xalq ko‘proq urushqoq xarakterga ega, shu sababli ko‘ylagining yoqasi hamisha qon bo‘lib yuradi”, deya izohlashadi.

Lekin aksariyat afsonalarda ovul atamasining kelib chiqishi quyidagicha talqin qilinadi:

Uzoq o‘tmishda katta bir ko‘chmanchi oila (qabila) hozirgi ovul joylashgan Amudaryo bo‘ylariga kelib o‘troqlashgan. Qabila, asosan, to‘rtta aka-uka va ularning oila a’zolaridan iborat bo‘lishgan. To‘rtta aka-ukaning xotinlari o‘sha davrning odatiga ko‘ra qayni aka-qayni ukalarining ismini aytib chaqirishmagan (ayrim ovullarda yoki yoshi nisbatan kattaroq ayollarimiz orasida bu odat hozir ham saqlanib qolgan). Shu sababli ular o‘zlaricha to‘rt aka-ukaga laqab taqishib, ularni shu laqab bilan chaqirishgan va ushbu odatga amal qilgan holda ish yuritishgan. Ya’ni, aka-ukalardan biri oila (qabila)ning chorva mollarini boqish bilan band bo‘lgan. Ularning chorvasida ho‘kizlar ko‘p bo‘lganligi sababli ularni boqish bilan shug‘ullangan yigitni TANA (xalq tilida “ho‘kiz” ma’nosini beradi) deb chaqirishgan.

Aka-ukalardan ikkinchisi qabilada dehqonchilik ishlari bilan mashg‘ul bo‘lgan, u tashqi ko‘rinishidan sariqsifat yigit bo‘lganligi sababli unga SARIQUL deb laqab qo‘yishgan va shunday chaqirishgan.

Aka-ukalardan yana bittasi esa eshaklarga ortilgan suv idishlari – suv qovoqlari bilan daryodan suv tashishga mas’ul bo‘lganligi sababli QOVOQLI deb chaqirishgan.

Oiladagi to‘rtinchi yigitni esa OXUN deb chaqirishgan, sababi u yigit o‘qimishli, ilm-ma’rifat yo‘lini tutgan bo‘lib, kitob o‘qish bilan band bo‘lgan. Aka-ukalar va oila (qabila)dagi kelinlar o‘rtasida oilaviy muloqot yo‘lga qo‘yilgan.

Qizig‘i shundaki, ushbu atamalar hozirgi kunda ham Xonjig‘ali ovulida to‘liq saqlanib qolgan. Ya’ni, ovulning bir qismida o‘sha davrdagi qabilaning mol boqari bo‘lgan TANAlardan bo‘lgan qarindosh-urug‘ vakillari istiqomat qilishadi va ular yashayotgan joy ham TANALAR ovuli deb yuritiladi.

Ovulning SARIQULLARDAN tarqalib, ko‘payishgan qismi SARIQULLAR deb atalsa, yana bir qismida QOVOQLIlar istiqomat qilishadi. O‘z navbatida OXUNlar avlodidan tarqalgan qismi esa OXUNLAR deb yuritiladi. E’tiborli tomoni shundaki, to‘y-ma’rakalarga aytish, biron xabarni yetkazish kabi holatlarda ushbu terminlar hozirgi kunda ham to‘liq ishlatiladi: “Tanalarga aytinglar, ertaga hashar bo‘ladi...”, “...kecha qovoqlilarga kombayn o‘tdi”, “Sariqullardan bitta xabar keldi...”, “...Oxunlarga aytuvchi yuboringlar...” kabi uchar iboralarning saqlanib qolganligi ham bu afsonalar zamirida bir haqiqat borligidan nishonadir.

Endi Xonjig‘ali atamasining kelib chiqishiga bir nazar tashlasak.

Qabilada polvonsifat, zabardast yigitlar ko‘pchilikni tashkil qilgan. Ular to‘y-hashamlarda polvonchilik qilishib, aksariyat hollarda katta yutuqlarni qo‘lga kiritishib kelgan. Bu holat tarixiy manbalarda ham tilga olinib, ovulning ko‘plab polvonlari Xiva xonining ishonchli polvonlaridan bo‘lganligi haqida so‘z yuritiladi.

Xon tomonidan tashkil qilingan to‘ylarda, ma’raka va musobaqalarda ko‘plab yutuqlarga erishib, bosh sovrinni qo‘lga kiritishlari orqasidan ularga Xonning maqtov yorlig‘i (“jig‘a” deb ham yuritiladi) berilgan. Xon jig‘asiga ega bo‘lgan qabila a’zolari “XONJIG‘ALILAR”, ya’ni “xonning jig‘asini olgan”lar deb yuritilgan va bu atama hozirgi Xonjig‘ali ovulining tarixiy atamasi sifatida ishlatib kelinmoqda.

Hozirda ham Xonjig‘alilar tortishuv-janjalga chanqoq, tortishib-kurashishni yaxshi ko‘ruvchilar ovuli sifatida talqin qilinishi ushbu tarixiy asoslar bilan izohlanadi. Chunki bilagiga kuchi sig‘may, kurashga chanqoq bo‘lgan sulola avlodlarida ushbu xususiyatning saqlanib qolishiga ajablanmasak ham bo‘ladi.

Bugungi kunga kelib Xonjig‘ali og‘zibirchilikli va mehnatkash xalq istiqomat qiluvchi tumanimizning obod go‘shalaridan biri sanaladi. Ovulda yashovchi 180 dan ortiq (!) xonadon “Open budget” ning ketma-ket 5 ta tanlovida g‘olib bo‘lib, o‘ziga xos tashabbuskorlik namunasini ko‘rsatgani natijasida ichki yo‘llar asfalt qilinib, ovuldagi 67-maktab stadioniga usti yopiq zamonaviy sport maydonchasi qurilgan. Xonjig‘aliliklar o‘zlarining fidoyi mehnatlari natijasida obod manzilda farovon turmush kechirmoqdalar.

Ashirbay Qo‘shayev, tuman hokimining maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019