16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 13:49
Jamiyat 👁 399

BOBUR NOMLI OFY "MAHALLA YeTTILIGI" – AHOLIGA ENG YaQIN KOʻMAKDOSh

BOBUR NOMLI OFY "MAHALLA YeTTILIGI" – AHOLIGA ENG YaQIN KOʻMAKDOSh

Shahardagidan farqli oʻlaroq, qishloq hayotining oʻziga xos jihatlari bor: hamma bir-birini yaxshi taniydi, toʻy-u maʼraka, oilaviy marosimlar hamqishloqlar ishtirokisiz oʻtmaydi. Qishloq ahli bir-birini qoʻllab-quvvatlab, bir-biridan oʻrganib, bilmaganlarga oʻrgatib yashashga odatlanishgan. Bobur nomli ovul Amudaryo tumanining aholisi zich hududlaridan biri boʻlishiga qaramay, oʻzaro mehr-oqibat tuygʻulari ustunligidanmi, qishloqning u cheti bilan bu chekkasida istiqomat qiluvchi keksa-yu yosh xuddi yaqin qarindoshlar kabi ahil va inoq yashashadi.

Qishloqda 906 ta xonadon tarkibidagi 1285 ta oilada salkam 5 ming nafar aholi istiqomat qiladi.

BANDLIK VA TADBIRKORLIK SAMARASI

Ovul fuqarolar yigʻinida faoliyat olib boruvchi “Mahalla yettiligi” aʼzolarining puxta oʻylangan reja asosidagi saʼy-harakatlari tufayli aholini ish bilan taʼminlash, kambagʻallikni qisqartirish, tadbirkorlikni rivojlantirish orqali xonadonlarda qoʻshimcha daromad manbaini yaratish, ayniqsa, yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash borasida samarali ishlar amalga oshirilmoqda.

Faqat 2025-yilning oʻtgan davri mobaynida 208 nafar norasmiy band boʻlgan fuqarolar oʻzlari faoliyat koʻrsatib kelayotgan yoʻnalishlari boʻyicha oʻzini-oʻzi band qilgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtkazilib, zarur shart-sharoitlar yaratib berildi.

87 nafar fuqarolarga umumiy qiymati 1 mlrd 204 mln soʻm miqdorida imtiyozli kredit olishlarida va oilaviy tadbirkorlik faoliyatlarini yoʻlga qoʻyishlarida amaliy yordam koʻrsatildi. Natijada ularning barchasi chorvachilik, parrandachilik, xizmat koʻrsatish va ishlab chiqarish yoʻnalishlarida tadbirkorlik faoliyatlarini boshladilar.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14-sentyabrdagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan xatlov asosida 6 nafar fuqaroga 550 mln soʻmlik garovsiz kredit mablagʻlari ajratilishida yordam koʻrsatildi. Bu orqali 12 ta yangi ish oʻrinlari yaratilib, shuncha fuqaro doimiy daromad manbaiga ega boʻldilar.

2025-yil davomida ovuldagi 101 nafar ishsiz fuqarolar mavsumiy va doimiy ish oʻrinlariga joylashtirilib, bandligi taʼminlandi. 21 ta yangi tadbirkorlik subʼekti tashkil qilinib, savdo-sotiq, xizmat koʻrsatish, umumiy ovqatlanish shoxobchalari faoliyati yoʻlga qoʻyildi.

Kasb-hunar oʻrganish va tadbirkorlik yoʻnalishida oʻqish istagida boʻlgan 11 nafar fuqaroga koʻmaklashilib, ular ham oʻz oilalariga qoʻshimcha daromad manbalarini yaratdilar.

NAMUNALI TADBIRKORLAR SAFI KENGAYMOQDA

Ovulda yashovchi Xurshid Reyimov va uning turmush oʻrtogʻi Tursunoy Jumaboyevalar “Mahalla yettiligi”ning begʻaraz yordami bilan oʻz tomorqa yerida ixchamgina issiqxona tashkil etib, koʻchat yetishtirishni yoʻlga qoʻyishdi va oila uchun yetarli daromad manbaiga ega boʻlishdi.

Yaqindagina oʻz tadbirkorlik faoliyatini boshlagan Tursunboy Qulimbetov esa imtiyozli kredit mablagʻi hisobidan zamonaviy mebel ishlab chiqarish faoliyatini yoʻlga qoʻydi va oʻz yaqinlarini ham ish bilan taʼminladi.

Ovul fuqarolar yigʻini jamgʻarmasi hisobidan aholiga yer maydonlarini oʻz vaqtida oqova suv bilan taʼminlash uchun sugʻorish asbob-uskunasi olib berilgani tomorqa yer egalarining yerdan unumli foydalanishlari uchun zamin yaratdi. Ovuldagi mohir tomorqachi Bekimmat Safarboyev bu borada mahalladoshlariga namuna boʻlib, uning xonadoni obod, har bir qarich yeri serhosil, daromadga boy.

Nurposhsha Yusupova esa imtiyozli kredit hisobiga savdo-sotiq yoʻnalishida doʻkon tashkil etib, qishloq aholisining arzimagan xarid uchun tuman markaziga borib yurishiga ehtiyoj qoldirmadi. Tikuvchilik yoʻnalishida faoliyat yuritayotgan Irodaxon Artiqova esa oʻz hunari orqali doimiy daromad manbaiga ega boʻlishdan tashqari, 6 nafar yoshlarga ham chevarlik sir-asrorlarini oʻrgatmoqda.

Ovul hududida boʻsh turgan yer maydonlarini maxsus tizim orqali elektron savdoga chiqarish orqali tadbirkorlikni yanada rivojlantirish choralari ham koʻrilmoqda. Birgina joriy yilning oʻzida ikkita lot elektron savdolarga chiqarilishi natijasida auktsion gʻoliblari mazkur yer maydonlarida koʻchma savdo va xizmat koʻrsatish obʼektlarini tashkil etib, hududda tadbirkorlar safi yanada kengayishiga oʻz hissalarini qoʻshdilar.

“Mahalla yettiligi”ning oʻzaro hamkorlikda amalga oshirayotgan ishlari tufayli Bobur nomli ovul markaziy guzari, koʻchalar va aholi xonadonlari kun sayin obodonlashib, aholi turmush farovonligi tobora yuksalib bormoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019