16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:20
Qishloq xoʻjaligi 👁 283

Kuzgi bugʻdoy ekilgan maydonlarda Agroinspektsiya xodimlari tomonidan nazorat ishlari olib borilmoqda

Kuzgi bugʻdoy ekilgan maydonlarda Agroinspektsiya xodimlari tomonidan nazorat ishlari olib borilmoqda

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda, shu jumladan Amudaryo tumanida ham gʻallachilikni rivojlantirishga qaratilayotgan eʼtibor tufayli aholining oziq-ovqat mahsulotlari, ayniqsa, gʻalla va un mahsulotlariga boʻlgan ehtiyoji toʻliq qondirilishiga erishilmoqda. Gʻalla nafaqat aholi ehtiyoji uchun, balki chorvachilik va parrandachilik sohalarining rivojida ham muhim oʻrin tutadi. Shu bois, gʻallakor dehqonlar kuzgi bugʻdoy ekish, gʻalla ekilgan maydonlardan toʻliq nihol olish hamda parvarishlash ishlariga alohida eʼtibor qaratishadi.

Amudaryo tumani gʻallachilik fermer xoʻjaliklarida joriy yilgi ekish mavsumi uyushqoqlik bilan olib borildi. 2026-yilgi bugʻdoy hosili mavsumida moʻl va sifatli gʻalla xirmonini bunyod etishni maqsad qilgan gʻallachilik fermer xoʻjaliklari dehqonlari ayni paytda dalalarda bir tekis unib chiqqan bugʻdoyzorlarda kuzgi agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida, sifatli amalga oshirishmoqda.

Olib borilayotgan keng koʻlamli agrotexnik jarayonlar Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasining Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasi Amudaryo tuman boʻlimi mutaxassislari tomonidan qatʼiy nazorat ostiga olingan. Gʻalla ekishdan tortib, oʻgʻitlash, sugʻorish kabi barcha bosqichlar puxta rejalashtirilgan tizim asosida olib borilmoqda.

Tumanda 2026-yil hosili uchun jami 258 ta fermer xoʻjaligi bilan shartnoma tuzilgan boʻlib, ular tomonidan umumiy hisobda 4 800 gektar maydonga gʻalla ekilgan. Kuzgi bugʻdoy ekish ishlari belgilangan agrotexnik talablar asosida amalga oshirilib, barcha maydonlarda fosforli, kaliyli va boshqa mineral oʻgʻitlar bilan oʻz vaqtida va meʼyorda oziqlantirish ishlari bajarilganligi gʻallaning barvaqt unib chiqishi, kasallik va zararkunandalarga bardoshli boʻlishi, shuningdek, kelajakdagi hosildorlikni oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Tumanda urugʻlik gʻalla yetishtirish yoʻnalishiga ham alohida eʼtibor qaratilmoqda. Tanlov asosida saralangan 12 ta ilgʻor fermer xoʻjaligi tomonidan jami 430 gektar yer maydonida urugʻlik gʻalla ekilgan. Ushbu xoʻjaliklar zamonaviy texnikalar bilan taʼminlangan boʻlib, bu urugʻlik sifatining yuqori darajada boʻlishini taʼminlashga yordam beradi.

Gʻalla unib chiqish jarayoni boshlanganidan buyon tuman miqyosidagi barcha ekin maydonlarida doimiy ravishda dala holatlari oʻrganilib, unib chiqishning sifati, agrotexnik talablarga amal qilinishi, oʻgʻitlash, begona oʻtlardan tozalash kabi muhim masalalar yuzasidan joylarga chiqqan holda nazorat ishlari olib borilmoqda.

Tumanning Qilichboy hududidagi “Pirnazarov Toʻraboy” fermer xoʻjaligida har yili reja boʻyicha 10 gektar maydonga kuzgi bugʻdoy ekiladi. Oʻz imkoniyatlaridan kelib chiqib, joriy yilgi ekish mavsumida xoʻjalik dehqonlari yana qoʻshimcha 2 gektar maydonga gʻalla ekdilar. Ayni paytda xoʻjalik dalalarida bir tekis unib chiqqan bugʻdoy maysalari baravj rivojlanmoqda.

Shuningdek, “Usta Olloyor” fermer xoʻjaligi ishchilari ham 36 gektar paxtadan moʻl hosil yetishtirishdan tashqari, 17 gektar maydondagi bugʻdoyzorlar parvarishiga ham alohida eʼtibor berishmoqda.

Bu kabi tizimli ishlar natijasida 2026-yilgi mavsumda moʻl va sifatli gʻalla hosili olinishi kutilmoqda. Bu nafaqat aholi uchun asosiy oziq-ovqat mahsuloti — un va non taʼminotini barqarorlashtiradi, shu bilan birga mamlakatimizning ichki ehtiyojini qoplash va eksport imkoniyatlarini kengaytirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni kunlarda Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi boshqarmasining Amudaryo tuman boʻlimi xodimlari tomonidan gʻallachilik fermer xoʻjaliklarida kuzgi bugʻdoy ekilgan maydonlarda amalga oshirilayotgan nazorat ishlari davom etmoqda.

Gʻiyosjon Bozorboyev, Agroinspektsiya tuman boʻlimining qishloq xoʻjaligi ekinlari urugʻlari yetishtirilishi ustidan nazorat qilish boʻyicha bosh mutaxassisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019