16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 06:57
Qishloq xoʻjaligi 👁 279

FERMERNING EZGU NIYaTLARI

FERMERNING EZGU NIYaTLARI

Amudaryolik Davron Allaniyazov bundan roppa-rosa 10-yil avval fermer xoʻjaligini tashkil etish uchun harakat boshlaganida, koʻpchilik uning xoʻjaligi uchun ajratilgan yer maydonining sharoitlaridan kelib chiqib: "Bu yerlarda dehqonchilik qilish oson emas, sharoiti ogʻir yerlar, koʻp mehnat talab qiladi", qabilida fikr bildirishgan edi. Haqiqatan ham, tumanning suv eng kamchil boʻladigan, irrigatsiya tarmoqlari jiddiy taʼmirga muhtoj hududlaridan biri hisoblangan Amir Temur nomli qishloq yerlarida sugʻorish ishlarini koʻngildagiday tashkil etish oson emasdi.

Shunday boʻlsa-da, Davron Allaniyazov oʻz ahdidan qaytmadi, butun vujudi bilan oldiga qoʻygan maqsadlarini amalga oshirishga kirishdi. Ishni eng avvalo oʻz xoʻjaligi uchun ajratilgan yer maydonlarining meliorativ holatini yaxshilash, suv yoʻllarini tozalash va qayta taʼmirlashdan boshladi. Dastlabki yili hosildorligi past deb hisoblangan yerlarda almashlab ekishni yoʻlga qoʻydi, mahalliy oʻgʻit bilan boyitish choralarini koʻrdi. Ayniqsa, kuzgi shudgorlash ishlarini sifatli olib borishga jiddiy eʼtibor qaratdi. Natija esa kutilganidan ziyoda boʻldi. "Allaniyaz Nurjon" fermer xoʻjaligi qisqa fursat ichida nafaqat Amir Temur ovulidagi, balki tuman miqyosidagi ilgʻor xoʻjaliklar safidan joy oldi.

Bugungi kunda "Allaniyaz Nurjon" fermer xoʻjaligi yerlari hududdagi eng hosildor yerlar hisoblanadi. Joriy dehqonchilik yilida 34 gektar yerga chigit ekkan xoʻjalik dehqonlari uchun kuzgi yigʻim-terim mavsumi har qachongidan ham barakali boʻldi. Hosildorlik har gektar hisobiga 44 tsentnerni tashkil etdi. 150 tonnalik paxta xirmoni bunyod etilib, shartnomaviy reja oshirib ado etildi.

Albatta, har qanday yutuqning zamirida yil boʻyi qilingan fidoyi mehnat, qolaversa, yuqori saviyada tashkil etilgan namunali sharoit bilan birga ishchilarning moddiy manfaatdorligi muhim ahamiyat kasb etadi. Xoʻjalikda yigʻim-terim mavsumini muvaffaqiyatli oʻtkazish maqsadida terimchilar, koʻngilli hasharchilar uchun dala boshida issiq ovqat tashkil etilib, ishchilarning mehnat haqlari shu kunning oʻzida, tarozi boshida hisob-kitob qilib borilgani terim surʼatini oshirish imkonini berdi.

Ilgʻor terimchilardan Roza Kamolova, Dilnoza Doʻschonova, Muqaddas Vafoyeva, Gulnora Jabborberganova, Oltinoy Otajonova, Muyassar Ibragimova, Safarjon Rahimova, Amina Utamova, Umida Xudoynazarovalar kuniga 120-150 kilogrammdan paxta terib, xoʻjalikning umumiy xirmoniga munosib hissa qoʻshdilar. Fermer xoʻjaligining shartnomaviy rejasini oshirib ado etgani munosabati bilan xoʻjalik rahbari Davron Allaniyazov yigʻim-terim ishlarida faol ishtirok etgan ishchilar va koʻngilli hasharchilarga minnatdorlik bildirib, qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirladi.

Ayni paytda eʼtibor va ragʻbatdan ruhlangan terimchilar dalalardagi hosilni soʻnggi misqoligacha yigʻib-terib olish maqsadida yanada uyushqoqlik va hamjihatlik bilan mehnat qilishmoqda.

Fermer xoʻjaligi rahbari Davron Allaniyazov. Rejadan tashqari yana 25 tonna paxta topshirish va umumiy xirmonni 175 tonnaga, hosildorlikni esa gektaridan 50 tsentnerga yetkazishni niyat qilgan. Fermer xoʻjaligining joriy yilgi paxtadan oladigan daromadi 750 mln soʻmni, sof foyda esa 350 mln soʻmdan ortiqroqni tashkil etishi kutilmoqda.

Fermerning kelgusidagi rejalari ham shunga yarasha, yaʼni xoʻjalik yerlarining hosildorligini oshirish, ishchilarga munosib mehnat sharoitlarini yaratish, dala yoʻllari va yoʻl boʻylarini obodonlashtirish, manzarali va mevali daraxt koʻchatlarini oʻtqazish, dala chetlaridan unumli foydalanish orqali mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashga munosib hissa qoʻshish, shu bilan birga xoʻjalik tasarrufidagi texnikalar hamda agregatlarni zamon talablari darajasida yangilash niyatida.

Ezgu niyatlar — xalq manfaati yoʻlidagi jamiki yaxshi ishlarga ragʻbat, deydilar. Biz Amir Temurlik fermer Davron Allaniyazovning ezgu niyatlari roʻyobga chiqishiga chin dildan tilakdoshmiz.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019