16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Fan va taʼlim 👁 273

AMUDARYoDA YaNGI IJTIMOIY SOHA OBʼEKTLARI: SIFATLI TAʼLIM VA QULAY ShAROITLAR SARI DADIL QADAM

AMUDARYoDA YaNGI IJTIMOIY SOHA OBʼEKTLARI: SIFATLI TAʼLIM VA QULAY ShAROITLAR SARI DADIL QADAM

Bugun Amudaryo tumanida aholining ijtimoiy farovonligini oshirish, yosh avlodning barkamol taʼlim olishi uchun yaratilayotgan imkoniyatlar tobora kengayib bormoqda. Amudaryo tumani hokimligi Axborot xizmati tomonidan tumanda yangi barpo etilgan ijtimoiy soha obʼektlari faoliyati bilan tanishish maqsadida media-tur tashkil etildi.

Mazkur media-turda “Amudaryo” telekanali muxbirlari ham ishtirok etib, joylarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, yangi oʻquv maskanlari va bolajonlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Media-tur ishtirokchilari dastlab Choykoʻl ovulida joylashgan 59-sonli umumtaʼlim maktabi faoliyati bilan tanishdilar. Mazkur taʼlim maskanining 60-oʻrinli eski binosi toʻliq rekonstruktsiya qilinib, unga qoʻshimcha tarzda 180-oʻrinli ikki qavatli yangi bino hamda zamonaviy sport zali qurib bitkazildi.

Bugun maktab binosida barcha sharoitlar yaratilgan, sinfxonalar zamonaviy oʻquv jihozlari bilan toʻliq taʼminlangan, isitish tizimlari yangilangan, oʻquvchilarning bilim olishi uchun qulay muhit yaratilgan. Endilikda choykoʻllik oʻquvchilar zamonaviy, yorugʻ va keng sinfxonalarda taʼlim olish imkoniyatiga ega boʻlishdi. Bu esa ularning bilim va ijodiy salohiyatini oshirishga xizmat qiladi.

Media-tur davomida jurnalistlar Qangli ovulida joylashgan 49-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdilar. Ushbu taʼlim muassasasi binosi Investitsiya dasturi doirasida 3,5 milliard soʻm mablagʻ evaziga “Jumurtov tex taʼmir servis” MChJ tomonidan qisqa muddatda qurib bitkazilgan.

90-oʻrinli, ikki qavatli zamonaviy bino bolajonlar uchun barcha zarur shart-sharoitlarga ega: keng va yorugʻ guruh xonalari, dam olish maskanlari, oʻyin maydonchalari, oshxona va tibbiyot xonasi namunaviy darajada jihozlangan.

Taʼkidlash joizki, maktabgacha taʼlim — bolaning shaxs sifatida shakllanishida eng muhim bosqich hisoblanadi. Taʼlim sifati va qamrovini oshirish borasidagi islohotlar natijasida bugungi kunda Amudaryo tumanida maktabgacha taʼlim bilan qamrov 75 foizdan oshdi.

Tumanda soʻnggi yillarda oʻnlab yangi taʼlim va ijtimoiy soha obʼektlari bunyod etilib, mavjudlari kapital taʼmirdan chiqarildi. Jumladan, 6 ta yangi maktabgacha taʼlim tashkiloti binolari qurilib, bolajonlar uchun qulay va zamonaviy muhit yaratildi. 31-, 46- va 48-sonli maktablar binolari qayta rekonstruktsiya qilinib, qoʻshimcha ravishda yangi binolar barpo etildi. 59- va 68-sonli umumtaʼlim maktablari binolari esa toʻliq yangidan qurildi. 40-, 67- va 48-sonli maktablarda zamonaviy yopiq sport zallari hamda sport maydonchalari bunyod etildi. Shuningdek, 42-, 35- va 60-sonli maktablarga jami 359 million soʻm mablagʻ hisobiga yangi kompyuter jihozlari xarid qilinib, oʻquv jarayonlari raqamlashtirildi. Ushbu amaliy ishlar tumanda taʼlim sohasining sifat jihatdan yangi bosqichga koʻtarilishiga xizmat qilmoqda.

Bugun taʼlim sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, zamonaviy oʻquv binolari, ilgʻor texnologiyalar asosida jihozlangan sinfxonalar, elektron taʼlim platformalari hamda oʻqituvchilarning malakasini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar — barchasi mamlakatimiz kelajagi boʻlgan yoshlarning har tomonlama kamol topishiga zamin yaratmoqda.

Har bir yangi qurilgan yoki taʼmirlangan taʼlim maskani — bu nafaqat gʻishtu tsementdan bunyod etilgan bino, balki yosh avlod tafakkurini yuksaltiruvchi, ularni ijodkorlik, izlanish va mustaqil fikrlashga undovchi muhitdir.

Shubhasiz, ana shunday ezgu islohotlar natijasida Amudaryo tumanida ham taʼlim sifati va samaradorligi yildan-yilga ortib bormoqda. Zamonaviy sharoitlarda tahsil olayotgan yoshlar ertangi kunimizning bilimli, tashabbuskor va vatanparvar farzandlari sifatida jamiyat taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshadilar.

Eng muhimi, bugun joylarda amalga oshirilayotgan bu kabi bunyodkorlik ishlari — Prezidentimiz rahnamoligida amalga oshirilayotgan “Inson qadri uchun” tamoyilining amaldagi ifodasidir.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019