16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 09:21
Salomatlik 👁 428

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda

Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirishni tashkil etish boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazilmoqda

Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufida 52 ta maktabgacha taʼlim tashkilotlari mavjud. Mazkur muassasalarda tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan bolalarni sogʻlom ovqatlantirish holati oʻrganilib, Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq belgilangan rejaviy-jadval asosida har oyda sanitariya nazorati oʻtkazilib borilmoqda.

Bundan tashqari, tuman Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi tomonidan maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlanishni tashkil etish hamda ovqatlanish bilan bogʻliq kasalliklarning oldini olish yuzasidan amalga oshirilishi lozim boʻlgan chora-tadbirlar dasturi ham ishlab chiqilgan boʻlib, ushbu dastur ijrosini taʼminlash maqsadida targʻibot-tashviqot ishlari ham yoʻlga qoʻyilgan.

Ayni paytda Amudaryo tumani Tibbiyot birlashmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimlari masʼul xodimlari ishtirokida ishchi guruh tuzilib, davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari oshxonalarida nazorat ishlari olib borilmoqda.

Mazkur jarayonda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-yanvardagi 1-sonli Qarori asosida tuzilgan “Brakeraj komissiyasi”ning faoliyati oʻrganilib, tarbiyalanuvchilar uchun “Yagona mavsumiy taomnoma” asosida ovqat tayyorlanishi, ovqat tayyorlash texnologiyasiga amal qilish holati koʻzdan kechirilmoqda. Qolaversa, muassasaga keltirilgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va ularning omborxonalarda sanitariya-gigiyena qoida va meʼyorlari talablari asosida saqlanishi, ishlatish muddatiga amal qilinishi, tarbiyalanuvchilarning ertalabki filtrdan oʻtkazilib qabul qilinishi, tibbiy xonaning jihozlanishi va tibbiy yordam koʻrsatilishi hamda bolajonlarning chuqur tibbiy koʻrikdan oʻtkazilishi nazorat qilinmoqda.

Navbatdagi nazorat tadbirlari joriy yilning 30-oktyabr sanasida Choykoʻl ovuli hududida joylashgan 16- va 36-sonli davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida oʻtkazildi. Vazirlar Mahkamasining “Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida sogʻlom ovqatlantirish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori hamda Bosh Davlat Sanitariya vrachining tegishli buyrugʻi talablari ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilgan nazorat tadbirlari davomida tarbiyalanuvchilarning yuqumli va yuqumli boʻlmagan kasalliklarga chalinishining oldini olishga qaratilgan ishlar oʻrganildi. Oziq-ovqat mahsulotlarining sifatli saqlanishi, maishiy uskuna va anjomlarning sanitariya-gigiyena talablariga mosligi koʻzdan kechirilib, tayyorlanayotgan taomlarning quvvatlilik darajasi oʻrganildi. Bundan tashqari, ovqat tayyorlashda kundalik taomnomada koʻrsatilgan mahsulotlardan toʻliq, samarali va sifatli foydalanish meʼyorlariga amal qilish holati ham nazorat qilindi.

Oʻrganish natijalariga koʻra aniqlangan kamchiliklar joyida bartaraf qilinib, mazkur maktabgacha taʼlim tashkilotlari rahbarlariga kelgusida bu kabi kamchiliklarga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tegishli tavsiyalar berildi. Bolalar oʻrtasida yuqumli parazitar kasalliklarning oldini olish maqsadida tarbiyalanuvchilar soha mutaxassislari tomonidan laboratoriya-instrumental usulda tekshiruvdan ham oʻtkazildi.

Maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyalanuvchilarini xavfsiz va sogʻlom ovqatlantirish boʻyicha Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi, Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boʻlimi xodimlaridan iborat ishchi guruhi tomonidan tumandagi barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlarida nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Nigora Eshimova, Amudaryo tumani SEO va JSB sanitariya-gigiyena boʻlimi mudirasi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026