16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:37
Jamiyat 👁 401

Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid

Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid

Korruptsiya — bugungi kunda dunyo miqyosida hal etilishi lozim boʻlgan global muammolardan biri hisoblanadi. Ushbu illat har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy, ijtimoiy-madaniy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazib, inson huquq va erkinliklarining poymol boʻlishiga olib keladi. Shu bois, unga qarshi kurashish xalqaro ahamiyat kasb etib, jahondagi deyarli barcha mamlakatlar siyosatining eng muhim va dolzarb masalalari qatoridan joy olgan. Korruptsiyaga qarshi kurashish masalasi mamlakatimizda ham kechiktirib boʻlmaydigan eng dolzarb, muammoli masalaga aylangan.

Ushbu yoʻnalishdagi ishlarning muhim boʻgʻini sifatida keng koʻlamli targʻibot-tashviqot ishlarini yoʻlga qoʻyish orqali aholi ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Bu borada OAVlari tomonidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar oʻzining ijobiy samarasini bermoqda. Ayniqsa, davlat va jamoat tashkilotlarida, keng aholi qatlami orasida jurnalistlar tomonidan tashkillashtirilayotgan uchrashuv va davra suhbatlarida korruptsiyaning maʼnaviy ustunlarni yemirishi, iqtisodiy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy hayot uchun ulkan xavf tugʻdirishi toʻgʻrisida tushunchalar berilayotgani fuqarolarning bu boradagi huquqiy savodxonligini oshirishga xizmat qilmoqda.

Amudaryo televideniyesi tahririyatining Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi Qoraqalpogʻiston boʻlinmasi tomonidan moliyalashtirilgan “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasida ham vakolatli davlat organlari bilan hamkorlikda ehtimoliy korruptsiya va taʼmagirlik holatlarining oldini olishga munosib hissa qoʻshish maqsadida targʻibot-tashviqot tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Xususan, loyiha koordinatorlari vakolatli davlat organlari xodimlari bilan hamkorlikda Amudaryo tuman Tibbiyot birlashmasi va unga qarashli boʻlimlarda faoliyat olib boruvchi shifokorlar bilan uchrashib, ularning xizmat xonalariga “Sizga xizmat qilish — mening vazifam, iltimos, pora taklif qilmang!”, “Men oilamni pora evaziga boqmayman!” “Men korruptsiyaga qarshiman!” yozuvlari tushirilgan maxsus lavhalarni joylashtirdi.

Shifokorlar bilan muloqot jarayonida tibbiyot sohasini korruptsiyadan xoli tizimga aylantirish har bir xodimning zimmasidagi masʼuliyatli vazifasi ekanligiga alohida urgʻu berildi.

Shuningdek, grant loyihasi koordinatorlari Amudaryo tumani hokimligida faoliyat yurituvchi davlat xizmatchilarining ham xizmat xonalariga har bir fuqaro ongida korruptsiyaga nisbatan murosasizlik tuygʻusini shakllantirishga xizmat qiluvchi maxsus yozuvli lavhalarni joylashtirib, xodimlar bilan korruptsiya illatiga qarshi kurash samaradorligini oshirish yuzasidan samimiy muloqotda boʻldilar. Lavhalarga davlat xizmatchilarini halollikka chorlovchi yozuvlar tushirilgan. Qolaversa, davlat xizmatlaridan foydalanuvchilar agar zarurat tugʻilsa maxsus QR kodni skanerlab, korruptsiyaga qarshi kurashuvchi vakolatli davlat organlari bilan bogʻlanishlari mumkin.

Amudaryo televideniyesi tahririyati tomonidan amalga oshirilayotgan “Korruptsiya — davlat va jamiyat taraqqiyotiga tahdid” nomli grant loyihasi doirasidagi bu kabi targʻibot-tashviqot tadbirlari davlat organlari masʼul xodimlari bilan bogʻliq ehtimoliy korruptsiya va taʼmagirlik holatlarining oldini olishga munosib hissa qoʻshishga qaratilgani bilan muhim ahamiyatga ega.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019