16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Jamiyat 👁 386

Bir yilda 5 mingdan ortiq notarial harakat amalga oshirildi

Bir yilda 5 mingdan ortiq notarial harakat amalga oshirildi

Mamlakatimizda fuqarolar va tadbirkorlik subʼektlarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilishda notariat institutlarining nufuzi tobora ortib bormoqda. Chunki har qanday shakldagi mulk daxlsizligini taʼminlash borasidagi barcha jarayonlar notariat institutining ishtirokida amalga oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 9-sentyabrdagi “Notariat institutini yanada rivojlantirish hamda sohaga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Qarori soha mutaxassislari faoliyatida byurokratik toʻsiqlarga barham berib, shaffoflikni taʼminlash va mustaqil ravishda faoliyat olib borish imkonini yaratdi.

Amudaryo tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Bekimbetova Bibizuhra Adilxanovna ish boshlaganiga endi bir yil boʻldi. Oʻtgan qisqa vaqt ichida notarius fuqarolar, ayniqsa, tadbirkorlar ishonchini qozonib ulgurdi. Oʻz ishining bilimdoni, qolaversa, muomala madaniyatining yuqoriligi bois, uning fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan qilinayotgan turli mazmundagi murojaatlarni yuqori aniqlik va shaffoflik asosida sinchiklab oʻrganish orqali qonuniy asosda koʻrib chiqilmoqda.

Oʻtgan bir yildan ziyod vaqt ichida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Bibizuhra Bekimbetovaning saʼy-harakatlari bilan 5 mingdan ortiq notarial harakatlar amalga oshirildi. Xususan, fuqarolarning meros va mulkiy munosabatlar bilan bogʻliq, mashina, uy-joy oldi-sotdi ishlari, har xil turdagi ishonchnomalar, vasiyatnoma, garov va ipoteka shartnomalarini tasdiqlash boʻyicha qilgan murojaatlari qanoatlantirildi.

Hozirgi vaqtda dunyo miqyosida, shu barobarida mamlakatimiz hududida ham onlayn notarial harakat turlari koʻpayganligi sababli notarius maʼlum sabablarga koʻra, xorij davlatlarida yurgan, betobligi boʻlgan, notariusga kela olmagan fuqarolarga onlayn xizmat koʻrsatishni yoʻlga qoʻydi.

Oʻz sohasining bilimdoni, pishiq va puxta ish yurituvchi mutaxassis hamisha ishonchga, eʼtiborga sazovor. Bibizuhra Bekimbetova ham oʻz kasbiy faoliyati yuzasidan, qolaversa, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida aholi oʻrtasida qonunchilikdagi yangiliklar va oʻzgarishlar, mulkiy munosabatlarni qonuniylashtirish borasida targʻibot-tashviqot tadbirlari tashkillashtirib, aholi bilan samimiy, oshkora muloqotlar oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratadi. Ayniqsa, Amudaryo tumani Fuqarolik holatlari va dalolatnomalarini yozish boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda yosh kelin-kuyovlar hamda nikohlanuvchi shaxslar ishtirokida oʻtkaziladigan uchrashuv va davra suhbatlari orqali bir oila boʻlib yashashga ahd qilgan yoshlarning rasmiy nikoh, shu bilan birga nikoh shartnomasining ahamiyati toʻgʻrisidagi huquqiy bilim va tushunchalari oshishiga munosib hissa qoʻshmoqda.

Yaqinda notarius tomonidan Amudaryo tumani FHDYo boʻlimi binosida mazkur boʻlim xodimi Rohatoy Polvonova bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Rasmiy nikoh va nikoh shartnomasi tuzishning ahamiyati" mavzusidagi davra suhbatida ham rasmiy nikoh orqali oilaviy munosabatlarni mustahkamlash, shuningdek, er-xotin oʻrtasida tuziladigan nikoh shartnomasining oila mustahkamligini taʼminlashdagi ahamiyati xususida batafsil maʼlumotlar hamda ushbu huquqiy hujjatlarni notarial tasdiqlash yuzasidan zarur tushuncha va tavsiyalar berildi.

Davra suhbati jarayonida soʻnggi yillarda keng ommalashib borayotgan nikoh shartnomasi tuzishning ahamiyati yuzasidan tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va bu boʻyicha Bibizuhra Bekimbetova hamda Rohatoy Polvonovalar ularning savollariga atroflicha javoblar, kerakli maslahat va tushunchalar berdilar.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019