16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 04:18
Siyosat 👁 648

Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati aholiga yetkazildi

Prezident qarorlarining mazmun-mohiyati aholiga yetkazildi

Amudaryo tumanida Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan Prezident qarorlarining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish maqsadida targʻibot uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Tadbir Amudaryo tumani Madaniyat boʻlimida tashkil etilib, unda tuman hokimi Sobir Xoʻjametov, hokim oʻrinbosarlari “Mahalla yettiligi” aʼzolari, nuroniylar, koʻcha boshchilari, faol yoshlar, xotin-qizlar faollari, fermer xoʻjaliklari rahbarlari hamda tumandagi barcha tashkilot va muassasa rahbarlari ishtirok etdilar.

Uchrashuvda muhtaram Prezidentimiz tomonidan yaqinda imzolangan Qoraqalpogʻiston Respublikasini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga doir 322-, 332-, 333-, va 334-sonli qarorlarning mazmuni, ular orqali yaratilayotgan yangi imkoniyatlari, mahalliy darajada amalga oshiriladigan chora-tadbirlar atroflicha muhokama qilindi.

Tadbirni tuman hokimi Sobir Xoʻjametov ochib berdi. Tuman hokimi oʻz soʻzida muhtaram Prezidentimiz tomonidan amalga oshirilayotgan Qoraqalpogʻistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yoʻlidagi tub islohotlar respublika aholisining farovonligini oshirish, yangi ish oʻrinlari yaratish, infratuzilmani yaxshilash hamda yoshlar uchun zamonaviy imkoniyatlar eshigini ochishda muhim qadam boʻlayotganini alohida taʼkidladi. Tuman hokimining birinchi oʻrinbosari Faxriddin Yusupov har bir qaror mazmun-mohiyatiga alohida toʻxtaldi.

Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 31-oktyabr kungi “Aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan barqaror taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 322-sonli qarori Respublika aholisini asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari, xususan, goʻsht, sut, tuxum, baliq, oʻsimlik yogʻi va kartoshka bilan kafolatli taʼminlash, chorvachilik xoʻjaliklarining ozuqa bazasini tubdan yaxshilash, ularning faoliyatini kengaytirish uchun qoʻshimcha shart-sharoitlar yaratish va narxlar barqarorligini saqlash kabi ustuvor maqsadlarga xizmat qilishi xususida soʻz yuritildi.

Shuningdek, mamlakatimizda investitsiya muhitini yaxshilash, yangi ishlab chiqarish korxonalarini tashkil etish va aholi bandligini oshirishda Prezidentimiz tomonidan joriy yilning 3-noyabrida qabul qilingan “Qoraqalpogʻiston Respublikasida tuzni qayta ishlashni rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 333-sonli qaror muhim ahamiyatga ega.

Qaror asosida “Kungrad Solt Free Zone” nomli sanoat zonasi tashkil etiladi. Dastlab 50 gektar yerda loyihalar amalga oshiriladi va keyin zaruratga qarab hudud 200 gektargacha kengaytirilishi mumkin. Bu yerda kamida 50 million AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etiladi, keyinchalik 200 milliongacha miqdorda investitsiya kiritish rejalashtirilgan. Investorlar uchun yer maydonlari, soliq va bojxona imtiyozlari beriladi. “Yagona darcha” tartibi orqali ruxsatnomalarni olish soddalashtiriladi.

Qolaversa, 2025-yil 3-noyabr kuni imzolangan 332-sonli Prezident qarori orqali Qoraqalpogʻiston Respublikasi Xoʻjayli tumanida katta loyiha boshlanadi. Bu loyiha yordamida yoshlar uchun yangi ish oʻrinlari yaratish, ularning bilim va koʻnikmalarini oshirish, yoshlarga katta imkoniyat eshiklari ochish maqsad qilingan. Xoʻjayli tumanining Somonkoʻl mahallasi hududida 152 gektar yerni egallagan “Yoshlar ijtimoiy-iqtisodiy markazi” qurilishiga start beriladi. Markazga 2026-2030-yillarda investor tomonidan 400 mln. dollar investitsiya kiritish orqali markaz xududiga IT universiteti, startaplar texnoparki va ularni qoʻllab-quvatlash innovatsion guruhlar, loyiha ofislari, uy-joylar, ijtimoiy soha hamda madaniy-maʼrifiy obʼektlar, yoshlar bandligini taʼminlashga qaratilgan ishlab chiqarish korxonalari faoliyati yoʻlga qoʻyiladi.

Shu bilan birga, 3-noyabr kuni imzolangan yani bir muhim qaror “Qoraqalpogʻiston Respublikasida xoʻjaliklarning oziq-ovqat bazasini mustahkamlash va qishloq xoʻjaligidagi mavjud resurslardan samarali foydalanish choralari toʻgʻrisida”gi 334-sonli qarori bilan xoʻjaliklarga bir qator imkoniyatlar va imtiyozlar berildi. Xususan, hududdagi texnika va agregatlar sonini 2 baravar oshirish orqali xoʻjaliklarning yem-xashak bazasini mustahkamlash vazifasi belgilab berildi.

Tadbir yakunida mazkur Prezident qarorlarida belgilangan vazifalarni joylarda samarali amalga oshirish, ularni hayotga tatbiq etishda mahallalar, jamoatchilik va masʼul tashkilotlar oʻrtasidagi hamkorlikni kuchaytirish boʻyicha fikr-mulohazalar va takliflar bildirildi.

Bunday yigʻilishlar aholining davlat siyosati mazmunini hamda amalga oshirilayotgan islohotlarning mohiyatini chuqur anglab yetishiga xizmat qiladi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019