16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 13:35
Jamiyat 👁 475

JINOYaT IShLARI BOʻYIChA TUMAN SUDI TOMONIDAN KORRUPTsIYaGA QARShI KURASh BOʻYIChA SAYYoR UChRAShUV VA SAYYoR SUD MAJLISI OʻTKAZILDI

JINOYaT IShLARI BOʻYIChA TUMAN SUDI TOMONIDAN KORRUPTsIYaGA QARShI KURASh BOʻYIChA SAYYoR UChRAShUV VA SAYYoR SUD MAJLISI OʻTKAZILDI

Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudi tomonidan korruptsiyaga qarshi qaratilgan tashkiliy chora-tadbirlar doirasida aholi bilan sayyor uchrashuvlar hamda sayyor sud majlislarini oʻtkazishga alohida eʼtibor qaratilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan navbatdagisi Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining tergov sudyasi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ansatbay Qarajanov tomonidan tuman Ichki ishlar boʻlimi binosining majlislar zalida, shu hududda istiqomat qiluvchi fuqarolar ishtirokida oʻtkazildi.

Fuqarolar bilan yuzma-yuz, ochiq va oshkora muloqot tarzidagi mazkur sayyor uchrashuvda Jinoyat ishlari boʻyicha Amudaryo tuman sudining tergov sudyasi vazifasini vaqtincha bajaruvchi Ansatbay Qarajanov Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Korruptsiyaga qarshi murosasiz munosabatda boʻlish muhitini yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvida korruptsiyaviy omillarni keskin kamaytirish va bunda jamoatchilik ishtirokini kengaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar xususida tadbir ishtirokchilariga batafsil maʼlumot va tushunchalar berdi.

Xususan, korruptsiya davlat va jamiyat taraqqiyoti uchun eng jiddiy xavf-xatarlardan biri ekanligini aholi va davlat xizmatchilari ongiga singdirish orqali bu xavfli illatga barham berish, “Korruptsiyaga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining mazmun-mohiyati va undan kelib chiqadigan vazifalar borasida soʻz yuritdi.

Shu bilan birga sayyor uchrashuvda fuqarolarga korruptsiyaga qarshi kurashda qonuniylik; fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarining ustuvorligi; ochiqlik va shaffoflik; tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining hamkorligi; korruptsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi; javobgarlikning muqarrarligi toʻgʻrisida ham keng tushunchalar berildi.

Uchrashuv davomida sayyor sud majlisi tashkil qilinib, unda Amudaryo tumani Ichki ishlar boʻlimi tomonidan taqdim qilingan jami 36 ta huquqbuzarlik holati boʻyicha ishlar koʻrib chiqildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksining tegishli moddalarida koʻrsatilgan maʼmuriy huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarga nisbatan toʻplangan maʼmuriy ish materiallari ushbu huquqbuzarliklarni sodir etgan fuqarolarning yaqinlari va mahalladoshlari ishtirokida koʻrib chiqildi. Huquqbuzar deb topilgan shaxslarga nisbatan qonunda nazarda tutilgan jazolar tayinlanib, sud tomonidan adolatli qarorlar qabul qilindi.

Uchrashuv va sayyor sud majlisida fuqarolar ham faol ishtirok etishib, huquqbuzarlik holatlarini sodir etgan shaxslarga jamiyatda yurish-turish qoidalariga qatʼiy amal qilish, atrofidagi odamlarga toʻgʻri, oqilona munosabatda boʻlish, bir-birovga nisbatan hurmat nazari bilan qarash zarurligi milliy-maʼnaviy qadriyatlarimizga xosligi haqida maslahatlar berdilar hamda korruptsiyaga qarshi kurash borasidagi oʻz fikr-mulohazalari hamda takliflarini bildirdilar. Shuningdek, ular har bir fuqaro halol mehnat qilish orqali mamlakatimizni korruptsiyadan xoli, barcha sohalari barqaror rivojlangan jamiyatga aylantirishdek ezgu ishda hamjihatlik bilan harakat qilishi zarurligini taʼkidladilar.

RAVShAN BAHROMOV.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026