16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 09:34
Jamiyat 👁 421

Fuqarolik jamiyati haftaligi boshlanishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

Fuqarolik jamiyati haftaligi boshlanishi munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi

18-noyabr kuni Nukus shahrida mamlakatimiz ijtimoiy-siyosiy hayotidagi muhim voqelik – "Fuqarolik jamiyati haftaligi"ning boshlanishi munosabati bilan tantanali bayram tadbiri tashkil etildi. Ushbu yirik anjuman davlat va jamiyat oʻrtasidagi muloqotni yangi bosqichga olib chiqish, nodavlat notijorat tashkilotlarining mamlakat taraqqiyotidagi oʻrnini mustahkamlash maqsadida tashkil etilmoqda. Tadbirda fuqarolik jamiyati institutlari, mahalla faollari, davlat tashkilotlari mutasaddilari, ommaviy axborot vositalari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, oʻzaro hamkorlikning yangi qirralarini muhokama qildilar.

Tadbir nogironligi boʻlgan shaxslar tomonidan mehr va mahorat bilan tayyorlangan mahsulotlar yarmarkasi, davlat granti mablagʻlari hisobiga amalga oshirilgan ijtimoiy ahamiyatga molik loyihalar taqdimoti hamda hududdagi milliy madaniyat markazlarining rang-barang chiqishlaridan iborat koʻrgazma bilan boshlandi. Ushbu koʻrgazma nafaqat yutuqlar namoyishi, balki inklyuziv jamiyat va millatlarlaro totuvlikning yorqin ifodasiga aylandi.

Tantanali marosimda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesining Ijtimoiy-madaniy rivojlanish, yoshlar siyosati va jamoat birlashmalari masalalari qoʻmitasi raisi Murat Atamuratov soʻzga chiqib, barcha yigʻilganlarni "Fuqarolik jamiyati haftaligi"ning boshlanishi bilan samimiy qutladi. U oʻz nutqida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 26-avgustdagi "Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi 124-sonli Farmoni soha rivojida yangi davrni boshlab berganini alohida taʼkidladi.

Mazkur hujjatga muvofiq, endilikda har yili dekabr oyining birinchi haftasi "Fuqarolik jamiyati haftaligi" sifatida keng nishonlanishi belgilangan. Bu yilgi tadbirlar respublikamiz hududlaridan boshlanib, 1-5-dekabr kunlari Toshkent shahrida yakuniy bosqich bilan davom etishi rejalashtirilgan. Haftalikning aynan Qoraqalpogʻistondan start olishi ham bejiz emas, chunki bugungi kunda ushbu hududda fuqarolik jamiyati institutlari faol va samarali ish olib bormoqda.

Tadbir davomida Oliy Majlis huzuridagi Jamoat fondining boʻlim boshligʻi Zuhra Ibragimova soʻzga chiqib, sohani moliyaviy qoʻllab-quvvatlash borasidagi raqamlarga toʻxtaldi. Taʼkidlanishicha, birgina joriy yilning oʻzida mamlakat miqyosida fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlashga rekord darajada – 1 trillion 200 milliard soʻm mablagʻ yoʻnaltirilgan. Xususan, Qoraqalpogʻiston Respublikasida davlat ijtimoiy buyurtmasi shaklida 2 ta va davlat granti shaklida 19 ta loyiha jami 3 milliard 724 million soʻm miqdorida moliyalashtirilgan boʻlib, hozirgi vaqtda ulardan 14 tasi muvaffaqiyatli yakunlangan. Bu raqamlar davlatning uchinchi sektor rivojiga boʻlgan jiddiy eʼtiboridan dalolat beradi.

Marosimning davomida jamiyat hayotida faol ishtirok etayotgan, dolzarb muammolar yechimida tashabbus koʻrsatayotgan bir guruh nodavlat notijorat tashkilotlari va ommaviy axborot vositalari vakillariga tashakkurnomalar hamda esdalik sovgʻalari topshirildi. Shundan soʻng, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan tayyorlangan kontsert dasturi namoyish etildi. Yangragan kuy-qoʻshiqlarda doʻstlik, tinchlik va hamjihatlik gʻoyalari tarannum etilib, ishtirokchilarga koʻtarinki kayfiyat ulashildi.

Haftalik dasturiga muvofiq Adliya vazirligida ochiq muloqot, Nodavlat notijorat tashkilotlari milliy forumi, turli mavzulardagi konferentsiyalar oʻtkazilishi koʻzda tutilgan. Shuningdek, imkoniyati cheklangan shaxslarning qoʻl mehnati mahsulotlari yarmarkasi, sport musobaqalari va xayriya aktsiyalari tashkil etiladi.

Ushbu haftalik davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlari oʻrtasida samarali muloqot mexanizmini yoʻlga qoʻyish, mavjud muammolarni tizimli tahlil qilish hamda mamlakat taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan istiqbolli gʻoyalarni hayotga tatbiq etishda muhim platforma vazifasini oʻtaydi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019