16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 12:36
Jamiyat 👁 395

Ichimlik suvi taʼminoti sohasida jamoatchilik va davlat nazorati kuchaytirilmoqda

Ichimlik suvi taʼminoti sohasida jamoatchilik va davlat nazorati kuchaytirilmoqda

Aholini toza ichimlik suvi bilan taʼminlash va oqova suv xizmatlarini sifatli tashkil etish – aholi salomatligi va turmush farovonligining asosiy omilidir. Oʻzbekiston Respublikasining “Ichimlik suvi taʼminoti va oqova suvlarni chiqarib yuborish toʻgʻrisida”gi Qonuni bu boradagi ishlarni huquqiy jihatdan tartibga solishga xizmat qiladi. Mazkur qonun nafaqat davlat organlariga, balki fuqarolar, mahallalar va jamoat tashkilotlariga ham ushbu jarayonda faol ishtirok etish huquqini berdi.

Qonun ijrosini taʼminlash hamda jamoatchilik nazoratini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida 2025-yil 14-yanvar kuni Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi hamda Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Mazkur hujjat respublika aholisini sifatli kommunal xizmatlar bilan qamrab olish, sohadagi islohotlar ijrosini taʼminlashda oʻzaro saʼy-harakatlarni birlashtirishni koʻzda tutadi.

Ushbu hamkorlik doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida nazorat qilish inspektsiyasi Qoraqalpogʻiston Respublikasi hududiy nazorat qilish inspektsiyasining Ichimlik suvdan oqilona foydalanish va sotishni muvofiqlashtirish hamda oqova suv xizmatlaridan foydalanish boʻlimi xodimlari tomonidan keng qamrovli oʻrganish va targʻibot ishlari amalga oshirilmoqda.

Inspektsiya xodimlari “Qoraqalpoq suv taʼminoti” aktsiyadorlik jamiyati Amudaryo tumani filiali masʼul xodimlari bilan hamkorlikda tumanning Choykoʻl ovuli va Gulzor mahallasida monitoring tadbirlarini oʻtkazdilar. Oʻrganishlarning asosiy maqsadi – isteʼmolchilarning suvdan foydalanish qoidalariga rioya etishini tekshirish va xizmat sifatini baholashdan iborat.

Oʻrganish jarayonida mazkur mahallalar aholisi tomonidan suv taʼminoti yuzasidan jiddiy eʼtirozlar kelib tushmadi. Xususan, avariya holatlarining oʻz vaqtida bartaraf etilayotgani, ichimlik suvining belgilangan bosimda va vaqtida berilishi, shuningdek, suv sifatining standart talablariga javob berishi boʻyicha ijobiy fikrlar bildirildi.

Shu bilan birga, mahallalarda nazorat tadbirlari davomida aholi oʻrtasida suvdan oqilona va tejamkor foydalanish madaniyatini oshirishga alohida eʼtibor qaratildi. Isteʼmolchilarga suv taʼminoti korxonasi bilan tuzilgan shartnoma shartlariga qatʼiy amal qilish, toʻlov intizomi va suvni isrof qilmaslik yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.

Aytish joizki, Inspektsiya tomonidan 2025-yilning oʻtgan 10 oyi davomida amalga oshirilgan ishlar tahlili sohada tartib-intizomni kuchaytirish boʻyicha tizimli choralar koʻrilayotganidan dalolat beradi. Jumladan, Inspektsiya va Mahallalar uyushmasi oʻrtasidagi memorandumga asosan, yanvar-oktyabr oylarida respublika boʻylab 204 ta ovul va mahallalarda oʻrganishlar oʻtkazilgan.

Aholi salomatligini asrash maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi bilan hamkorlikda ichimlik suvidan jami 1911 ta namuna olinib, laboratoriya tekshiruvlari natijasida 37 ta holatda suv sifatining milliy standart talablariga javob bermasligi aniqlangan va tegishli choralar koʻrilgan.

Respublika hududidagi 280 ta byudjet tashkilotida ichimlik suvidan foydalanish qoidalariga rioya etilishi oʻrganilganida, 40 ta holatda kamchiliklar aniqlanib, rahbarlarga koʻrsatmalar berilgan. Qoidabuzarlikka yoʻl qoʻygan 9 nafar masʼul xodimga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning tegishli moddasiga asosan jami 9,3 million soʻmlik jarimalar solingan.

Mahallalarda oʻtkazilgan tadbirlar davomida 325 nafar isteʼmolchi bilan qonuniy shartnomalar rasmiylashtirilishiga erishilib, 1309 nafar aholi qonuniy suv isteʼmolchisi maqomiga ega boʻlgan. Yer osti suv zaxiralarini muhofaza qilish maqsadida 239 ta quduqning sanitariya muhofaza zonalari holati tekshirilib, aniqlangan 24 ta kamchilik yuzasidan koʻrsatmalar berilgan hamda 3 nafar fuqaroga jami 3,3 million soʻm miqdorida maʼmuriy jarimalar rasmiylashtirilgan.

Bu kabi keng qamrovli nazorat va targʻibot tadbirlari nafaqat sohada qonun ustuvorligini taʼminlashga, balki eng muhimi – aholiga yetkazib berilayotgan ichimlik suvining sifati va xavfsizligini kafolatlashga xizmat qilishi shubhasiz.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019