16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:19
Jamiyat 👁 350

Amudaryo tumanida mehnat migratsiyasi boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tumanida mehnat migratsiyasi boʻyicha seminar boʻlib oʻtdi

Amudaryo tuman hokimligida “Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasi tizimi” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi. Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi boshqarma boshligʻi Shohruz Xakimov, agentlikning Qoraqalpogʻiston Respublikasi filiali rahbari Azamat Achilov, tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov hamda tumandagi 49 ta “Mahalla yettiliklari” va tegishli tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

Tuman aholisi uchun dolzarb boʻlgan mehnat migratsiyasi masalalarini oʻrganish, xavfsiz mexanizmlarni yanada mustahkamlash va fuqarolarning xorijdagi huquqiy himoyasini kuchaytirish maqsadida tashkil etilgan mazkur seminar jamoatchilik tomonidan ham katta qiziqish bilan kuzatildi.

Seminarda Migratsiya agentligining asosiy yoʻnalishlari batafsil tushuntirildi. Xususan, mehnat migratsiyasi jarayonlarini samarali boshqarish, xorijda ishlayotgan fuqarolarni hisobga olish va ularning holatini monitoring qilish, chet elning nufuzli tashkilotlari bilan vaqtinchalik mehnat faoliyati boʻyicha hamkorlikni rivojlantirish, Oʻzbekistonning diplomatik vakolatxonalari bilan oʻzaro hamkorlikni kengaytirish, xorijdagi oʻzbek diasporalari bilan aloqalarni mustahkamlash, fuqarolarning mehnat huquqlarini himoya qilish boʻyicha yangi mexanizmlarni joriy etish kabi tamoyillar agentlik faoliyatining asosiy poydevorini tashkil qilishi alohida taʼkidlandi.

Bugungi shiddatli davrda migratsiya jarayonlarini qonuniylashtirish, har bir fuqaroning mehnat faoliyatini xavfsiz tashkil etish muhim ahamiyat kasb etayotgani, bu borada davlat tomonidan keng koʻlamli tizimli islohotlar amalga oshirilayotgani qayd etildi.

Seminar davomida Migratsiya agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan bandlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha kompleks jarayonlar haqida ham batafsil maʼlumot berildi. Unga koʻra xorijiy mamlakatlarda ish beruvchilar bilan shartnomalar tuzish, tashqi mehnat migratsiyasiga chiqmoqchi boʻlgan fuqarolarni aniqlash va roʻyxatga olish, ularni kasbga va chet tillariga oʻqitish, ish jarayonida monitoring olib borish, fuqarolarga ijtimoiy va huquqiy yordam koʻrsatish kabi yoʻnalishlar mehnat bozori talablaridan kelib chiqib amalga oshirilmoqda.

Bu borada “Mahalla yettiliklari”ning faol ishtiroki, xonadonlarga kirib borilayotgani, aholi bilan yuzma-yuz muloqotlar orqali mavjud muammolarni aniqlash ishlari ham yangi tizimning samaradorligini oshirmoqda.

Seminarda taqdim etilgan raqamlar migratsiya sohasida olib borilayotgan ishlarning qamrovi va natijadorligini yaqqol koʻrsatib berdi.

2025-yilning yanvar–sentyabr oylarida Migratsiya agentligi tomonidan 156 ming nafar fuqaroga huquqiy, moddiy va ijtimoiy yordam koʻrsatilgan, xorijdagi ish beruvchilar tomonidan 1,8 million AQSh dollari miqdoridagi qarzdorliklar undirilib, fuqarolarga yetkazilgan, 352 nafar vatandoshning shaxsni tasdiqlovchi hujjatlari qaytarib olingan, 46,8 ming nafar fuqaro ijtimoiy yordamlar bilan taʼminlangan hamda 3,7 ming nafar fuqaro moddiy yordam olgan.

Bu natijalar mehnat migratsiyasining tartibga solingan, qonuniy va eng muhimi, xavfsiz boʻlishi yoʻlida amalga oshirilayotgan izchil ishlarning amaliy tasdigʻidir.

Seminarda taʼkidlangandek, mehnat migratsiyasini toʻgʻri yoʻlga qoʻyish — bu nafaqat davlat organlarining vazifasi, balki “Mahalla yettiliklari”dan tortib, har bir masʼul tashkilotning hamkorlikdagi saʼy-harakatlarini talab etadi.

Amudaryoda oʻtkazilgan mazkur uchrashuv ham xalq va davlat oʻrtasidagi oʻzaro muloqotning yanada kuchayishiga, fuqarolarning xorijdagi mehnat faoliyatini qonuniy asosda tashkil etishiga xizmat qiladi. Seminarda bildirilgan fikr va takliflar esa mehnat migratsiyasining yanada xavfsiz, tartibli va tizimli boʻlishiga mustahkam zamin yaratadi.

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019