16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:20
Jamiyat 👁 372

QUMYoP MAHALLASIDA AHOLIGA SIFATLI IJTIMOIY XIZMATLAR KOʻRSATILMOQDA

QUMYoP MAHALLASIDA AHOLIGA SIFATLI IJTIMOIY XIZMATLAR KOʻRSATILMOQDA

Amudaryo tumanining Qumyop mahallasi oʻzining nafaqat goʻzal, soʻlim tabiati, balki oʻzaro mehr-oqibatli, mehnatkash, elim, yurtim, degan fidoyi insonlari bilan tanilgan aholi maskanlaridan biri sanaladi. Mahallada begona yoʻq, biri qosh, biri koʻz, deganlariday, barchasi qaysidir jihatlari bilan bir-biriga qarindoshlik rishtalari bilan bogʻlanib ketgan. Shundanmi, mahalladoshlar hech qachon biri-birini yolgʻizlatib qoʻyishmaydi.

Aholining qon-qoniga singib ketgan ana shu insonparvarlik tuygʻusi mahallada kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatuvchi xodim sifatida oʻz faoliyatini boshlagan Bahrom Yuldashevga ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini qoʻllab-quvvatlash, yakka-yolgʻiz fuqarolar hamda nogironligi bor boʻlgan shaxslarning ijtimoiylashuvini taʼminlashga qaratilgan ishlarni toʻkis amalga oshirishida qoʻl keldi.

Bahrom Yuldashev, avvalo, “Mahalla yettiligi” aʼzolari bilan hamkorlikda mahalladagi 735 ta xonadon tarkibiga birikkan 1585 ta oilaga birma-bir kirib borib, xatlovdan oʻtkazdi. Har bir oilaning turmush tarzi, iqtisodiy taʼminlanganlik darajasi puxta oʻrganilib, salkam 5000 nafarga yaqin aholi orasidan ijtimoiy himoyaga muhtojlar boʻyicha alohida-alohida roʻyxatlar shakllantirildi. Ushbu roʻyxat asosida mahalla hududidagi 12 toifaga mansub fuqarolarga 100 dan ortiq ijtimoiy xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyildi.

Xususan, oʻzgalar parvarishiga muhtoj yolgʻiz keksalar va nogironligi bor boʻlgan shaxslar toifasi boʻyicha 4 nafar fuqaroga mahalliy tadbirkor koʻmagi bilan assistent biriktirilib, ularga namunali ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish choralari koʻrildi.

Nogironligi boʻlgan shaxslar, ogʻir kasallikka chalinganlar va uzoq vaqt davolanishga muhtoj bolalar toifasi boʻyicha 112 nafar shaxslar ijtimoiy yordam bilan qamrab olindi. Oʻtgan davr mobaynida 13 nafar nogironligi boʻlgan shaxslarga protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya texnik vositalari olib berildi.

6 nafar nogironligi boʻlgan fuqarolar Bahrom Yuldashevning koʻmagi bilan barqaror daromadli ishlarga joylashtirildi. 8 nafar nogironligi bor shaxsga esa “Saxovat va koʻmak” jamgʻarmasi hisobidan oʻz salomatliklarini tiklashlari uchun moddiy yordam koʻrsatildi.

Mahalladagi 76 ta oila kam taʼminlangan oilalar roʻyxatiga kiritilib, bolalar nafaqasi va moddiy yordamlar olib kelmoqda. Kambagʻallik reyestriga kiritilgan 57 ta oila esa ijtimoiy xodim va hokim yordamchisi tomonidan individual yondashuv asosida ijtimoiy xizmat turlari bilan qamrab olingan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 2-apreldagi Qaroriga muvofiq 198 ta oilaning iqtisodiy taʼminlanganlik darajasi puxta oʻrganilib, kuz-qish mavsumi uchun bir martalik moddiy yordam ajratilishiga koʻmaklashildi. 9 ta kam taʼminlangan oilalarning farzandlari imtiyozli ravishda maktabgacha taʼlim tashkilotlariga joylashtirilib, bu boradagi muammolari ijobiy hal qilindi.

Tazyiq va zoʻravonlikka uchragan ayol-qizlarni ijtimoiy-maʼnaviy qoʻllab-quvvatlash choralari koʻrilib, ulardan 4 nafariga himoya orderlari rasmiylashtirildi va ularga psixologik hamda huquqiy yordamlar koʻrsatish choralari koʻrildi.

Vasiylik va homiylikka olingan 1 nafar yetim bola hamda ota-onasi chet davlatlarda mehnat muhojirligida boʻlgan 3 nafar bolaning hayoti, taʼlim-tarbiyasi boʻyicha muntazam ravishda monitoring olib borilmoqda. Shu bilan birga, mahalladagi ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan 1 nafar bolaga "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazining Amudaryo tumani boʻlimi tomonidan uy-joy bilan taʼminlanishiga yaqindan yordam berildi.

Qumyop mahallasida aholiga kompleks ijtimoiy xizmat koʻrsatish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan bu kabi chora-tadbirlar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamining jamiyatga faol integratsiyalashuvini taʼminlab, ularning hayot sifatini yaxshilash imkonini bermoqda.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019