17.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
17.08.2026, 04:59
Jamiyat 👁 453

“XAVFSIZ VA SOGʻLOM YuRT” LOYIHASI DOIRASIDA TEZKOR PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILDI

“XAVFSIZ VA SOGʻLOM YuRT” LOYIHASI DOIRASIDA TEZKOR PROFILAKTIK TADBIRLAR OʻTKAZILDI

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Taʼlim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalarni izchillik bilan amalga oshirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni yoʻl harakati bilan bogʻliq xavf-xatarlardan himoya qilish, yoʻllarda harakat xavfsizligini taʼminlash maqsadida Amudaryo tuman Ichki ishlar boʻlimi Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi inspektorlari tomonidan taʼlim muassasalarida muntazam targʻibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Taʼlim-tarbiya muassasalarida koʻngilli yoshlar ishtirokida “Yoʻl harakati xavfsizligi targʻibotchisi” va “Yashil chiroq” musobaqalari tashkil etilib, barcha yosh toifalaridagi oʻquvchi-yoshlar qamrab olinmoqda.

Navbatdagi ana shunday targʻibot tadbiri Amudaryo tumani Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tasarrufidagi 36-sonli umumtaʼlim maktabi oʻquvchi-yoshlari ishtirokida “Yoʻl harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida oʻtkazildi.

Tadbir avvalida tuman Ichki ishlar boʻlimining Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Begzod Qazaqov maktabda tashkil etilgan yoʻl harakatini oʻrganish maydonchasi va yoʻl harakati xavfsizligi sinf xonasi bilan yaqindan tanishdi.

Shu bilan birga, Begzod Qazaqov taʼlim muassasalarida yoʻl harakati qoidalari targʻibotini kuchaytirish borasida qonunchilik hujjatlarida belgilangan chora-tadbirlar xususida oʻquvchilarga batafsil maʼlumot va tushunchalar berdi. Oʻz navbatida oʻquvchi-yoshlar yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar. Ularning savollariga javob berish jarayonida Begzod Qazaqov yoʻllarda, chorrahalarda, piyodalar oʻtish joylarida harakatlanish asoslarini amaliy koʻrgazmali tarzda, oʻquvchilar ishtirokida tashkil etib, yoʻl harakati qoidalariga amal qilish yoʻllarda harakatlanish madaniyati ekanligini taʼkidladi.

Shu kuni Yoʻl harakati xavfsizligi boʻlimi boshligʻi Begzod Qazaqov rahbarligida “Xavfsiz va sogʻlom yurt” loyihasi doirasida keng qamrovli tezkor profilaktik tadbiri ham oʻtkazildi. Tadbir davomida tumanimiz yoʻllarida harakatlanayotgan avtotransport vositalarining texnik holati va haydovchilarning harakat xavfsizligi qoidalariga amal qilish holatlari oʻrganildi.

Keng qamrovli nazorat tadbirlari jarayonida YHXB inspektorlari tomonidan 4 ta holatda avtotransportni boshqarish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarsiz transport boshqarish, 7 ta holatda avtomobilni noqonuniy qayta jihozlash holati aniqlandi. Shuningdek, 1 nafar haydovchining spirtli ichimlik isteʼmol qilgan holda, 5 nafar haydovchining esa qoidabuzarliklari uchun qarzdorligi boʻla turib, transport vositasini boshqarayotgani holati aniqlandi. Tezkor nazorat tadbirlari jarayonida qoidabuzarligi qayd qilingan jami 23 nafar fuqarolarning avtotransport vositalari jarima maydonchasiga qoʻyilib, haydovchilarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Yoʻl qoidasi — umr foydasi, deb bekorga aytishmagan. Haqiqatan ham mamlakatimiz qonunchilik hujjatlari bilan mustahkamlab qoʻyilgan yoʻl harakati qoidalariga, yoʻlda harakatlanish madaniyatiga amal qilish nafaqat insonlarning umrini uzaytiradi, balki el-yurt osoyishtaligi, salomatligi va farovonligini taʼminlaydi.

ROBIYa YOʻLDOShEVA.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019