16.10.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.10.2026, 07:55
Siyosat 👁 871

Tuman hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Tuman hokimi yoshlar bilan ochiq muloqot oʻtkazdi

Amudaryo tumanida yoshlar bilan ishlash, ularning muammo va tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash, jamiyat hayotidagi faolligini oshirish maqsadida navbatdagi ochiq muloqot tashkil etildi. Tuman hokimi Sobir Xoʻjametov boshchiligida oʻtkazilgan mazkur uchrashuv samimiy ruhda, ochiq va samimiy muloqot maydoniga aylandi.

Uchrashuvda Davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlimi boshligʻi, tuman prokurori Bahram Masharipov, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi Timur Doshumboayev, tuman hokimi oʻrinbosari Nodirbek Kamolov, tuman Yoshlar ishlari boʻlimi masʼullari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan ilgʻor va tashabbuskor yoshlar ishtirok etdi.

Ochiq muloqot davomida tumanimizda yoshlar siyosati doirasida yil mobaynida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil qilindi. Soʻzga chiqqan rahbarlar soʻnggi yillarda mamlakatimizda yoshlar masalasiga davlat siyosati darajasida yondashilayotgani, bu borada mislsiz islohotlar amalga oshirilayotgani, ayniqsa, Amudaryo tumanida ushbu islohotlarning hayotga tatbiq etilishiga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidlab oʻtdilar. Yoshlarning taʼlim olishi, kasb-hunar egallashi, tadbirkorlik bilan shugʻullanishi, bandligini taʼminlash hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida izchil ishlar olib borilayotgani qayd etildi.

Tadbir davomida sohada samarali faoliyat olib borayotgan bir guruh yoshlar yetakchilari tuman hokimligi hamda Davlat xavfsizlik xizmati tuman boʻlimi tomonidan tashakkurnomalar va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Bu eʼtirof yoshlar uchun yanada katta ragʻbat va masʼuliyat ekanligi taʼkidlandi.

Ochiq muloqotning eng muhim jihatlaridan biri — yoshlarning oʻz taklif va tashabbuslari, fikr-mulohazalarini bevosita rahbarlarga yetkazish imkoniyatiga ega boʻlganidir. Yaratilayotgan shart-sharoitlardan samarali foydalanib kelayotgan yosh tadbirkorlar, yosh fermerlar, yosh ijodkorlar soʻzga chiqib, davlat tomonidan koʻrsatilayotgan eʼtibor va qoʻllab-quvvatlashlar uchun minnatdorchilik bildirdilar hamda kelgusidagi rejalarini oʻrtoqlashdilar.

Uchrashuv doirasida tuman Madaniyat boʻlimi xonandalari tomonidan ijro etilgan kuy-qoʻshiqlar tadbirga yanada koʻtarinki, bayramona ruh bagʻishladi.

Tadbir yakunida rahbarlar tomonidan Amudaryo yoshlarining kuch-gʻayrati, tashabbuskorligi va intilishlari kelgusida yana koʻplab yutuqlarga zamin yaratishiga ishonch bildirildi. Mazkur ochiq muloqot yoshlar va rahbarlar oʻrtasidagi oʻzaro ishonchni mustahkamlash, yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini yanada oshirish, ularni yurt taraqqiyotiga daxldorlik ruhida tarbiyalash yoʻlidagi muhim qadamlardan biri boʻldi.  

Charos Arslonova, tuman hokimligining Axborot xizmati rahbari.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda ▶ Tomorqalardan samarali foydalanish aholi daromadini oshirmoqda 13.10.2026 Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi ▶ Amudaryoda yoshlarning kasbiy taʼlimi va bandligi masalalari oʻrganildi 13.10.2026 Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi ▶ Sport ligasi tuman bosqichida texnikum oʻquvchilari gʻoliblari aniqlandi 12.10.2026 Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda ▶ Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash choralari kuchaytirilmoqda 12.10.2026 YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI ▶ YuRT KELAJAGINING IShONChLI POSBONLARI 12.10.2026 YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM ▶ YoShLARNING INNOVATsION GʻOYaLARINI ROʻYoBGA ChIQARISh YOʻLIDA MUHIM QADAM 12.10.2026 Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar ▶ Amudaryoda bandlik, tadbirkorlik va farovonlik sari amaliy qadamlar 05.10.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashining 25-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 05.10.2026 Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda tungi reyd tadbirlari oʻtkazildi 02.10.2026 Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar ▶ Maktabgacha va maktab taʼlimi: islohotlar, yutuqlar va yuksak marralar 01.10.2026 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026