16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 05:57
Jamiyat 👁 385

Vatanparvarlik oyligi davom etmoqda

Vatanparvarlik oyligi davom etmoqda

Mamlakatimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularni milliy-maʼnaviy qadriyatlarga sadoqatli, jasur insonlar qilib kamolga yetkazish bugungi kunning ustuvor vazifalaridan biri hisoblanadi. Ayniqsa, ona Vatanni shunchaki sevish emas, kindik qoni tomgan tabarruk makonni fidoyilik bilan himoya qilish, shu muqaddas makon bilan faxrlanish tuygʻusi bilan yashashga oʻrgatish, ana shunday sadoqatli yoshlar hisobiga milliy armiyamiz tarkibini mustahkamlashga qaratilgan amaliy chora-tadbirlar muhim ahamiyatga ega.

Bu borada Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari va hamkor tashkilotlar tomonidan chegaraoldi hududlarda istiqomat qiluvchi yoshlar oʻrtasida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida olib borilayotgan vatanparvarlik mavzusidagi targʻibot-tashviqot tadbirlari oʻzining ijobiy samarasini bermoqda va kundan-kunga ushbu tadbirlarda qatnashish istagidagi yoshlar qamrovi ortib bormoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-dekabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 34 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni yuqori saviyada oʻtkazish dasturini ijro etish toʻgʻrisida”gi farmoniga koʻra, ayni kunlarda mamlakatimizning barcha hududlarida “Vatanparvarlik oyligi” munosabati bilan yoshlar ishtirokida maʼnaviy-maʼrifiy mavzulardagi uchrashuvlar, Qurolli Kuchlarimizning bugungi qudrati xususidagi muloqot tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Ana shunday tadbirlardan biri yaqinda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy qismi harbiy xizmatchilari va Amudaryo tumani mutasaddi tashkilotlari masʼullari bilan hamkorlikda amalga oshirildi. Tumanning chegaraoldi hududida joylashgan maktab oʻquvchilari ishtirokida oʻtkazilgan “Ochiq eshiklar kuni” tadbirida yuqori sinflar oʻquvchilari, ularning chaqiruvga qadar boshlangʻich tayyorgarlik fani oʻqituvchilari ishtirok etdilar.

Tadbirda maktab oʻquvchilariga Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlari harbiy zobitlari tomonidan Milliy Armiyamizning bugungi qudrati, harbiylar salohiyati, Qurolli Kuchlarining jangovarlik holati toʻgʻrisida qimmatli maʼlumotlar taqdim etildi. Shuningdek, tadbir jarayonida zamonaviy harbiy texnikalar va qurol-aslahalar, xizmat hayvonlaridan harbiy xizmat jarayonida foydalanish toʻgʻrisida koʻrgazmali chiqishlar namoyish qilindi. Ayniqsa, harbiy xizmat jarayonida xizmat itlaridan foydalanish borasidagi koʻrgazmali chiqish yoshlarda katta qiziqish uygʻotdi. Unda xizmat itining turli buyruqlarni benuqson bajarishi, shuningdek, shartli chegara buzuvchini ushlab berishdagi jasorati ona Vatan himoyachisi boʻlish orzusidagi yoshlarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

“Ochiq eshiklar kuni” tadbiri davomida harbiy xizmatchilar bilan maktab oʻquvchilari ishtirokida davra suhbati ham oʻtkazildi. Davra suhbati maktab oʻquvchilari uchun qiziqarli taassurotlarga boy boʻldi. Unda oʻquvchi-yoshlar harbiy xizmat yoʻnalishlari, mamlakatimizdagi oliy hamda oʻrta maxsus harbiy bilim yurtlaridagi mutaxassisliklar, mazkur bilim yurtlariga qabul jarayonlari, Qurolli Kuchlar safida xizmat qilish qonun-qoidalari boʻyicha oʻzlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va barcha savollariga harbiylar tomonidan batafsil javoblar oldilar.

Shuningdek, tadbir davomida yoshlar oʻrtasida sportning arqon tortish yoʻnalishi boʻyicha kuch sinash musobaqalari hamda maktab oʻquvchilari va harbiy xizmatchilari oʻrtasida “Zakovat” intellektual oʻyini tashkillashtirildi. Arqon tortishish musobaqalari hamda “Zakovat” intellektual oʻyinida faollik koʻrsatgan gʻolib jamoaga diplom va esdalik sovgʻalar topshirildi.

“Vatanparvarlik oyligi” doirasidagi bu kabi tadbirlar Qoraqalpogʻiston Respublikasi boʻylab davom etmoqda.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019