16.08.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
16.08.2026, 11:19
Jamiyat 👁 524

“Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida oʻquv-seminari ishtirokchilariga LED lampochkalar tarqatildi

“Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida oʻquv-seminari ishtirokchilariga LED lampochkalar tarqatildi

Ekologik vaziyat bilan bogʻliq muammolarni hal etishga hissa qoʻshish bugungi kunda har bir ongli insonning zimmasidagi eng dolzarb va kechiktirib boʻlmaydigan masʼuliyatli vazifaga aylandi. Butun dunyoda roʻy berayotgan global iqlim oʻzgarishlari bilan bogʻliq ekologik falokatlar, inson omili natijasidagi tabiatga nisbatan shafqatsizlarcha munosabat tufayli sodir boʻlayotgan mislsiz tabiiy yoʻqotishlar har bir ongli insonni oʻylanib ish qilishga daʼvat etadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 62-moddasida: “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda boʻlishga majburdirlar”, deb belgilab qoʻyilgani xalqimiz oldiga nafaqat hozirgi davr insonlari, balki kelgusi avlod taqdirini oʻylab hal etilishi lozim boʻlgan masalalarni koʻndalang qilib qoʻymoqda. Chunki olimlarning hisob-kitoblariga koʻra, yer yuzini oʻrab turgan atmosfera qatlamining 78 foizini azot, 21 foizini kislorod, 1 foizini nafas olishimiz uchun zarur boʻlgan boshqa moddalar tashkil qilar ekan. Agar ana shu muvozanat buzilsa, yer sayyorasi yo olov ichida qoladi, yo inson yashab boʻlmaydigan makonga aylanadi.

Demak, tabiiy resurslardan tejab-tergab, oqilona foydalanish, ekologik muvozanatni meʼyorida ushlab turish, tabiatdan faqat olishni emas, uni boyitib borishni ham har bir inson oʻz burchi deb bilmogʻi joiz.

Bu haqda Amudaryo tumanida faoliyat olib boruvchi “Jayxun ilhomlari” nodavlat notijorat tashkilotining Oliy Majlis huzuridagi Fuqarolik jamiyati institutlarini qoʻllab-quvvatlash jamoat fondi tomonidan moliyalashtirilgan “Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” nomli loyihasi doirasida joriy Amudaryo tumani Mahallalar kengashi bilan hamkorlikda tashkillashtirilgan oʻquv-seminarida atroflicha fikr yuritildi.

Fuqarolar yigʻinlari huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida tashkil qilingan oʻquv seminarida Amudaryo tumani Mahallalar kengashi raisi Alisher Yuldashev soʻzga chiqib, tuman hududidagi ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish ishlariga toʻxtaldi. Shu bilan birga, ekologik vaziyatni sogʻlomlashtirishda bular yetarli emasligini, aholining ekologik madaniyatini yuksaltirish, xonadonlarida energiya tejamkor uskunalardan foydalanish orqali atrof-muhit tozaligini taʼminlash, imkoniyati yetarli oilalar qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan samarali foydalanishlari maqsadga muvofiqligini taʼkidladi.

Shundan soʻng loyiha koordinatorlari tomonidan “Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” grant loyihasini amalga oshirishdan koʻzlangan maqsad va kutilayotgan natijalar xususida batafsil maʼlumotlar taqdim etildi.

Mazkur loyiha doirasida tumanimiz aholisining ekologik savodxonligi va madaniyatini oshirishga qaratilgan amaliy tadbirlar, keng koʻlamli targʻibot-tashviqot ishlari oʻzining ijobiy samarasini berayotgani taʼkidlandi. Xususan, aholi oʻrtasida energiya tejamkor uskunalardan foydalanishning ahamiyati haqidagi bilim va tushunchalarni targʻib qilish hamda energotejamkorlikka chorlash boʻyicha muntazam ravishda targʻibot ishlari olib borilmoqda. Oʻquv-seminari ishtirokchilari bu xususdagi oʻz fikr-mulohazalarini bayon qilishib, taklif va tavsiyalarini bildirdilar.

Oʻquv-seminari davomida aholini elektr energiyasi tejovchi uskunalardan foydalanishga ragʻbatlantirish, shu orqali ekologik vaziyatni yaxshilashga, yashil olamni asrashga, tabiiy resurslardan tejab-tergab oqilona foydalanishga daʼvat etish maqsadida “Ekologik madaniyat — sogʻlom kelajak asosi” loyihasi doirasida oʻquv-seminarining faol ishtirokchilariga energotejamkor LED lampochkalar tarqatildi.

Bundan tashqari seminarda fuqarolar yigʻinlari huzuridagi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish boʻyicha komissiyalar faoliyati samaradorligini yanada yaxshilash maqsadida qator takliflar ilgari surilib, tavsiyalar berildi.

Robiya Yoʻldosheva

🎬 Videogalereya Barchasi →
Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda Bolalar salomatligi nazoratda: gijja kasalliklariga qarshi profilaktika ishlari davom etmoqda 13.08.2026 Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda Mustaqillikning 35 yilligiga munosib tuhfa: Amudaryoda 49 ta oilaga quvonch ulashilmoqda 10.08.2026 Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi Kuydirgi kasalligining oldini olishga qaratilgan maxsus-taktik oʻquv mashqi oʻtkazildi 10.08.2026 Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar Temir yoʻl sohasi faxriylari kasb bayrami munosabati bilan diydorlashdilar 06.08.2026 Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda Qoramon mahallasida elektr infratuzilmasi yangilanmoqda 06.08.2026 Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi Mehnat faxriysi, jamoat arbobi Yangiboy Rajapovning 80 yillik yubileyi nishonlandi 05.08.2026 Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi Amudaryo tumanida gʻoʻza parvarishiga bagʻishlangan koʻrgazmali dala seminari oʻtkazildi 05.08.2026 Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda Amudaryo tumanida obodonlashtirish ishlari jadallik bilan davom etmoqda 05.08.2026 “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi “Inson” IHM xodimlari tomonidan “Yolgʻiz keksa” reyestriga kiritilgan fuqarolarning xonadonlarida hashar tashkil etildi 04.08.2026 Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi Amudaryoda «Ishbilarmon ayol – 2026» koʻrik-tanlovining tuman bosqichi gʻoliblari aniqlandi 04.08.2026 Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida Takroriy ekinlardan moʻl hosil olish yoʻlida 01.08.2026 Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi Amudaryo tumanida Xalqlar doʻstligi kuni keng nishonlandi 01.08.2026 Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi Amudaryo tumanida navbatdagi sayyor qabul: Aholi muammolari joyida oʻrganildi 30.07.2026 Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda Mustaqillik bayrami oldidan keng koʻlamli obodonlashtirish ishlari davom etmoqda 30.07.2026 Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi Prezident qarori ijrosi: Amudaryoda qishloq xoʻjaligi sohasi vakillari ishtirokida seminar boʻlib oʻtdi 30.07.2026 Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi Imkoniyati cheklangan fuqarolar uchun maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 29.07.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining 22-sessiyasi toʻgʻrisida axborot 29.07.2026 Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi Harbiy xizmat – shaxsiy kamolot va mardlik maktabi 24.01.2025 SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR SARHADLARIMIZ DAXLSIZLIGI, ONA VATAN TINChLIGI YOʻLIDA XALQ VA ARMIYa – BIR TAN-U BIR JONDIR 14.01.2025 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning oldini olish mavzusida koʻrsatuv tasvirga olindi 12.05.2024 Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi Grant loyihasi doirasida yomon odatlar, erta turmush va oilaviy ajrimlarning sabab hamda oqibatlari haqida koʻrsatuv tasvirga olindi 15.08.2023 Saylov jarayonidan videolavhalar Saylov jarayonidan videolavhalar 24.10.2021 Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. Caylov uchastkalarida ovoz berish jarayoni yuksak saviyada oʻtmoqda. 24.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 16-oktyabr kungi soni 17.10.2021 "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni "Zamin" informatsion dasturining 2021-yil 9-oktyabr kungi soni 11.10.2021 Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda Nazarxon ovuli oqar suv bilan taʼminlanmoqda 17.07.2021 Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) Amudaryo tumanida Ramazon hayiti keng nishonlandi (video) 14.05.2021 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining birinchi sessiyasi toʻgʻrisida AXBOPOT (+video) 15.01.2020 "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) "Munozara" koʻrsatuvining 20.12.2019 kungi soni (siyosiy partiyalarning tuman Kengashlari ishtirokida) 21.12.2019 XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) XALQAPO NOGIPONLAP KUNI MUNOSABATI BILAN TADBIP OʻTKAZILDI (+Video) 04.12.2019